Sana:
Mavzu: Yaxshilik . STO`
Darsning maqsadlari:
Ta'limiy maqsad: «Yaxshilik» hikoyasini o'qish.
Tarbiyaviy maqsad: «Yaxshilik» hikoyasini o'qish orqali o'quvchilarda yaxshilik qilish haqida tasavvur hosil qilish, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, kamtarinlikka o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: matnni rollarga bo'lib o'qish ko'nikmasini shakllantirish,
Dars turi: Aralash
Dars metodi: suhbat, savol- javob, ro'llarga bo'lib o'qish.
Dars jihozi: mavzuga oid ko`rgazmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun darslikning 19-20-sahifasida berilgan bo`lim yuzasidan savol va topshiriqlarni bajaramiz.
Boshqotirma.
Munajjim bobomiz. (Ulug`bek) 2 Dunyoga kelishni bildirgan so`z. (tug`ilgan) 3. Vatanimiz nomi (O`zbekiston) 4 va 5 . Ikkinchi dars mavzusi (Buyuklar Vatani)
Rebus bajarilganda (Oy ona emish, Bolasi yulduz) misrasi kelib chiqadi.
„Qish“ she`ridagi so`zlardan foydalanib katakchalar to`ldiriladi: qish, piyma, chanalar, bo`ron, qor.
Savol va topshiriqlar bajariladi:
Buyuk ajdodlarimiz haqida nimalarni bilasiz?
„Vatan- bu…“ she`rini yoddan aytib bering.
Shoir „Ota rozi- Vatan rozi“ deganda nimani nazarda tutgan?
Qishda diyorimiz tabiatida qanday o`zgarishlar bo`ladi?
Shamol va quyosh bahsidan qanday xulosa chiqardingiz?
O`quvchilarning javoblari o`qituvchitomonidan to`ldirib boriladi va bo`lim yuzasidan xulosa qilinadi.
O’qituvchi bolalar yordamida yaxshilikning turli ko’rinishlarini xattaxtaga yozadilar va ularga izoh beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |