Yangi mavzu bayoni:
Multimedia ilovasida berilgan boshqotirma o`quvchilar tomonidan yechiladi va “Non isi” so`z birikmasi hosil qilinadi.va bu yangi mavzuning sarlavhasi ekanligi aytiladi.
“Non isi” rivoyati namoyish etiladi va eshittiriladi. So`ng o`qituvchi tomonidan o`qib beriladi. Matnda ushragan notanish so`zlar ustida lug`at ishi o`tkaziladi.
Isi- hidi
Xushbo`y- yoqimli hid
Boshlari qotibdi- javob topishga qiynalibdilar
Murojaat qilish- yuzlanish, so`rash
Istayotgan edim- xahlayotgan edi.
Hikoya mazmuni o`quvchilar ko`rganlari asosida qayta hikoya qiladilar. O`quvchilarga “Siz nonning qanday turlarini bilasiz? ” savoli beriladi. Ular javob berganlaridan so`ng non turlarining suratlari ko`rsatiladi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.
Husayn Boyqaro nimani keltirishni buyurdi?
Vazirlar kimga murojaat qilishdi?
Navoiy vazirlarga qanday maslahat berdi?
Multimedia ilova asosida Navoiy haqida topishmoq beriladi. O`quvchilar javobni topgach, bu kasb haqida ma`lumot beriladi va nonning tayyorlanishi haqida lavha ko`rsatiladi.
Matnning tarbiyaviy tomoni o`quvchilarga singdiriladi. Nonni uvol qilmaslik, nonning ushog`ini yerga tashlamaslik haqida aytib o`tishadi.
Keksalik- donishmandlik. – maqolining mazmuni yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |