Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Buyuk ajdodlarimizdan biri Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ma`lumotlar beriladi. O`quvchilarga Boburning dunyoga kelishi, uning ismi bilan bo`gliq ma`lumotlar, yashagn davri, podshohlik qilgan kezlari, Hindistonga qanday borib qolgani va u yerda barpo qilgan “Boburiylar saltanati” haqida qisqacha ma`lumot berib o`tiladi.Zahiriddin Muhammad Bobur serqirra ijodkor bo`lganligi, uning “Boburnoma ” asari ko`p fanlarni o`z ichiga olganliklari , ya`ni bobomiz bu asari bilan biologiya, geografiya, tarix, adabiyot, tasviriy san`at fanlari rivojiga hissa qo`shganligi aytib o`tiladi.
“Soh va shoir” matni o`qituvchi tomonidan o`qib beriladi, mazmuni tushuntiriladi.
Bobur Mirzo Andijonda tug`ilgan. Uzoq yillar Hindistonda shohlik qilgan. Bizga ko`p kitoblar yozib qoldirgan. Shuning uchun ham uni shoh va shoir deyishadi.
“Boburnoma” kitobida bobomiz o`z boshidan o`tkazgan voqealarni yozgan . Shuningdek, unda tog`lar, gullar, qushlar, hayvonlar haqida ham o`z fikrlarini yozib qoldirgan.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matn o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur qayerda tug`ilgan?
U necha yoshida podshoh bo`lgan?
Bobur Mirzo haqida yana nimalarni bilib oldingiz?
“Boburnoma” kitobida nimalar haqida yozilgan ekan?
Matnning tarbiyaviy tomoni o`quvchilarga singdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |