“G’ozlar” o’yini


Download 276.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.05.2023
Hajmi276.21 Kb.
#1421096
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Go’daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning axamiyati



Go’daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan 
emotsional muloqotning axamiyati(Emotsional 
deprivatsiyasining salbiy oqibatlari). 
Reja: 
1.Go’daklik davrida psixik rivojlanishi 
2. Kattalar bilan emotsional muloqot 
3. Emotsional deprivatsiyasining salbiy oqibatlari 
 
 
Normal sharoitda bolaning dunyoga kelishi onaning farzandi tug’ilishiga psixologik 
jixatdan tayyor bo’lishidir. 
Go’daklik davri: (0-1 yosh): Inson o’zining mavjudligi jixatidan uch yo’nalishda talыin 
etiladi. Bu bolalik tizim, ijtimoiy borliы hamda shaxs sifatidir.. 
Bola tashыi muxitga moslashishiga maolum darajada tayyor bo’lgan nerv sistemasi 
bilan tug’iladi. Go’daklik inson hayotidagi organik ijtiyojlarni (kislorodga, ovыatga, 
issiыga) ыondirishga nisbatan yo’naltirilgan hatti –xarakatlarning tug’ma, instinktiv 
shakllari sof holda ko’zatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga hos bo’lgan hatti –
xarakatlar, yangi tajribalarini etallash uchun beыiyos imkoniyatlarini borligi go’daklik 
yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir. Agar organik ehtiyojlar kerakli darajada 
ыondirib borilsa, ular o’zining asosiy bo’lish ahamiyatini yo’ыotadi: to’g’ri rejim va 
tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo’ladigan taassurotga, xarakatga, 
muloыotga nisbatan yangi hil ixtiyojlar yuzaga keladi. Bola tug’ilishning birinchi 
xaftasidanoы ko’rish va eshitish sezgilari jadal rivojlanadi. Bola xarakatlanayotgan 
narsani kuzata boshlaydi. U tovushlarga, jumladan kattalarning toshuvlariga etibor bera 
boshlaydi. Yangi tug’ilgan chaыaloыning miya og’irligi kattalar miyasining 4/1 
ыismiga tug’ri keladi, nerv xujayralar soni esa xuddi kattalarniki kabi bo’lib, lekin ular 
yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi.


Ilk go’daklik bu bolaning ximoyasiz, kamxarakat, xarakat holatidan juda jadal 
ravishda rivojlanadigan, ыuvnoы bolaga aylanish davridir. U juda tez kattalar bilan 
munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o’rganadi. U 
atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni ыo’li bilan ushlab ularni qandayligini 
bilishga intiladi, tovushlarga eotibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni 
o’zi yaratishga xarakat qiladi. U o’z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional 
munosabatga kirishadi. Go’dak yoshi dagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy 
jixatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofdagi xodisalarga juda kam 
reaktsiyasi bo’lgan boladan, faol ko’ra oladigan, eshita oladigan, xarakatlana oladigan, 
yordamga chaqira oladigan, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi. 
Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan qilinadigan emotsional 
munosabat bilan bog’liq bo’lib bola kayfiyatining yaxshi bo’lishiga to’g’ridan-to’g’ri 
taosir ko’rsatadi. 4-5 oylikdan boshlab bola o’z yaqinlarini begonalardan ajrata 
boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy 
yetakchi faoliyati bo’lib uning psixik taraqqiyotining asosi bo’lib hisoblanadi. 
Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo’lishi uning o’ziga nisbatan diqqatning 
qaratilishiga o’rganib qolishi, o’yinchoqlarga nisbatan qiziqishining pasayishiga olib 
kelishi mumkin. Tarbiyaning to’g’ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo’ladigan 
muomala-munosabatini predmetlar, o’yinchoqlar bilan munosabatiga almashinishiga 
olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti –xarakatlari bolaning 
kelgusi psixik rivoji uchun asos bo’ladi. Kattalarning bolaga qilgan emotsional 
munosabati asosida ularning gaplariga bolaning diqqat qilishi javob qaytarishga xarakat 
qilishi baozi, so’zlarni yodida saqlab qolib emotsiya bildirishi diqqat, xotira, nutq va 
boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo’ladi. Ikki oylik vaqtidan boshlab 
bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab esa predmetlarning shaklini
ajratishi layoqati yuzaga kela boshlaydi. 
Go’dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o’z onasining yuzini va ovozini yaxshi 
biladi.2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli 
xarakatlar bilan javob qaytaradi.3-4 oyligidan boshlab esa, bolalar yaqinlariga o’z 
xarakatlari bilan ko’rish, eshitish yoki gapirishni xoxlayotganligini ko’rsatadilar. 8 


oylikdan boshlab esa, bola begona muxit va begona qo’lga tushsa o’z xavotirini yig’isi 
orqali nomoyon etadi bu xavotir esa 14-18 oylikga borib asta –sekinlik bilan kamaya 
boshlaydi. 
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan ushlay olish xarakatlarining shakllantirish ularda 
predmetlarning shakli va kattaligini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi.Bir 
yoshga yaqin bolada atrof muxitni bilishga qiziqishga va rivojlangan bilish faolligi 
ko’zga tashlanadi.

Download 276.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling