Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilar bilan bahor haqida suhbat uyushtiriladi. Bahorda tabiat o`zgarishi hawqida o`quvchilar so`zlab beradilar, yaxshi rasm chizadigan o`quvchilarga o`z fikrlarini ram asosida bayon qilish topshirig`i beriladi. Bir nechta o`quvchilar bu shartni bajaradilar.So`ng o`qituvchi tomonidan fikrlar umumlashtiriladi va yangi mavzu e`lon qilinadi. Hamid Olimjonning “Lola” she`ri o`qituvchil tomonidan ifodali qilib o`qib beriladi.
Lola bog`chaga chiqib,
Kechga qadar gul terdi.
Etak-etak to`pladi,
Har kungidan mo`l terdi.
Sochiga gul bo`gladi,
Chakkasiga taqdi gul.
Yelkalaridan tashlab,
Gulga ko`mildi butkul.
So`ngra uyga keldiyu,
Birpas yotib dam oldi.
Kiprgi yumildiyu,
Gul kabi uxlab qoldi.
She`rning har bir misrasi o`qituvchi tomonidan izohlanadi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.
She`r nima haqida?
Sizga she`rning qaysi misralari yoqdi?
Lola qayerda o`ynabdi?
Nima uchun u uxlab qoldi?.
Do'stlaringiz bilan baham: |