Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga alla kuyi eshittiriladi.
Bolajonlar aytingchi kuy sizga qanday ta`sir qildi?
Kuy eshitgan insonning holati qanday bo`lar ekan?
Bu kuyni eshitgan ayrim insonlar, hatto yig`lagan ham ekanlar.
Qanday qilib deysizmi? Keling , buni darsligimizdagi “Ona allasi” rivoyati bilan tanishib , bilib olamiz.
“Ona allasi’ rivoyatini o`qituivchi ifodali o`qib beradi. O`quvchilar matn mazmunini tushunganliklarini bilish maqsadida savollar beriladi.
- qadim zamonda kim bo`lgan ekan?
Ular nima qilishni buyuribdi?
Oxiri kimni keltiribdilar?
Onaxon nima aytishni boshlabdi?
Podshoh kuyni eshitib nima qilibdi?
Bu kuy unga kimni eslatibdi?
So`ng o`qituvchi o`quvchilarga “Bo`lishi mumkin emas” o`yinini o`ynatadi.
Lug`at ishi o`tkaziladi:
Kuy- ohang, murod- maqsad, armon- ushalmagan orzu.
Dam olish daqiqasida “Ona allasi’ qo`shig`i eshuittiriladi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun o`quvchilar bilan “Bu meniki” o`yini o`ynaladi. O`qituvchi 1-qator o`quvchilariga matnning bir nechta garlarini tarqatma holida tarqatadi.2-3-qatoir o`quvchilari matndan ayrim so`z birikmalarini o`qiydilar. Shunda 1-qatordagi o`quvchilar “Bu- meniki” deb javob berishlari lozim.
Matn yuzasida savol-javoblar o`tkaziladi, “Zanjir’ usulida o`quvchilarga o`qittiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |