1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet84/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

49-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Yadro energiyasi haqida tushuncha
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga yadro energiyasi, yadroning bog’lanish energiyasi, yadroning zanjir reaksiyasi haqida ilmiy va nazariy tushunchalarni hosil qilish
b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, kasbga yo’llash
d) O’quvchilarning izlanuvchanligini oshirish, fanga qiziqtirish, dunyoqarashini rivojlantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: suhbat, savol – javob
Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash (4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

3. Yangi mavzu bayoni:
Hozirgi kunda yadro energiyasidan foydalanib ishlaydigan elektr stansiyalari (AES), suv osti kemalari, muzyorar kemalar ishlab turibdi. Xo’sh bu energiya qanday hosil qilinadi?
1938 – yilda nemis olimlari O. Gran va F. Shtrassman uran yadrosi neytron ta’sirida ikki bo’lakka ajralishini ixtiro qiladilar. Bo’linish reaksiyasi ikkita muhim xossa bilan bog’liq ekan.
Birinchidan yadro bo’linganda ancha katta energiya ajraladi. Bu energiyani yadro energiyasi deyiladi.
Ikkinchidan, har bir yadro bo’linganda 2 -3 ta qo’shimcha neytron ajralib chiqadi. Ajralgan energiyani o’lchashlar shuni ko’rsatdiki, bir dona 23592 U yadrosi bo’linganda undan ~3,2· 10-11 J energiya ajraladi. Bu energiyani boshqa yoqilg’ilar bilan solishtirilganda farqi juda katta chiqadi. Masalan, 2g 23592U uran parchalanganda 4 tonna benzin yonganda chiqadigan energiyaga teng miqdorda energiya ajraladi.
Bitta uran yadrosi parchalanganda undan qo’shimcha ravishda chiqqan 2 – 3 ta neytronning har biri yana boshqa yadrolarga urilib, ularni ham parchalaydi. Bunday jarayonni zanjir reaksiya deyiladi. Bu jarayon tezlashib borib, natijada qisqa muddatda katta energiya ajraladi. Bunga portlash deyiladi. Atom bombasining ishlashi shunga asoslangan.

Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling