1. Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting


Download 68.19 Kb.
bet11/20
Sana04.01.2023
Hajmi68.19 Kb.
#1078245
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi savollarga javoblar 1-38

Davlat tuzilishi shakli orqali davlatning hududiy tarkibi, markaziy va
mahalliy hokimiyat idoralarining o ‘zaro munosabati (nisbati) ifodalanadi.
Davlatlar tuzilishi shakliga ko‘ra, oddiy (unitar) va murakkab (federativ,
konfederativ) turlarga ajratiiadi. Davlat hokimiyatini hududiy nuqtai nazardan tashkil etish va amalga oshirish — murakkab, ko'p tarkibli hodisa boiib, unda davlat tuzilishining muayyan tartibi, davlatning alohida tarkibiy qismlari o'rtasi-dagi bog'lanish va o'zaro aloqadorlik munosabatlari nazarda tutiladi. Bu milliy-
davlat qurilishi, ma’muriy-hududiy tuzilish, iqtisodiy va maxsus hududlarga ajrati-shni ham qamrab oladi.
Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o'rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga boiinadi: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ).Oddiy (unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo'linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta
umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizi miga ega bo'ladi. Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega boiadi. Unitar davlatlar (lotincha “unitas” so'zidan olingan bo`lib — “yagona” , “bir butun” degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat boiib, to ia siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi.Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida davlat belgilariga ega alohida hududiy tuzilmalar, ya’ni, “davlat ichidagi davlatlar” boimaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriyhududiy boiinmalar faqat mahalliy masalalami hal etish huquqiga ega,
markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o'z ta’sirini, yurisdiksiyasini tanho o'tkazadi. Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliya-kredit va soliq siyosati amal qiladi. Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya,Ukraina kabi oddiy tarkibiy tuzili-shga ega davlatlar misol bo'la oladi.Unitar davlatlaming alohida turi boiib, avtonom hududli unitar davlatlar hisoblanadi. Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo`ladi. Avtonom hududli unitar davlatlarga Xitoy (o'z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega — Tibet, Ichki Mo'g'uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Basklar viloyati), Ukraina (Qrim avtonom respublikasi), Daniya
(Farer orollari va Grenlandiya) misol boiadi.

Download 68.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling