Davlat va huquq nazariyasi
Savollarga javoblar:
1.Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting.
Davlat funksiyalari ,maqsad va vazifalarning aloqadorligi.
Davlat oldida uning turli taraqqiy bosqichlarida har xil vazifalar turadi.Ushbu vazifalarni hal yetish uchun davlat funsiyalari bajariladi.
Vazifa- bu jamiyat va davlat oldida turgan oʼz yechimini kutayotgan muammo yoki masala.
Funksiya- davlat faoliyatining yoʼnalishi ijtimoiy muammolarni hal yetish yoʼli.Turli tarixiy vaziyatda davlat oldidagi vazifalar oʼzgaradi.Shunga koʼra davlat funksiyasi oʼzgarishi mumkin.
2.Davlat funktsiyalarini tasniflashga qanday mezonlar asos boʼladi? Fikringizni misollar bilan asoslab bering.
Davlat funktsiyalari asosan quyidagi toʼrt asosiy guruhga
tasniflanishini koʼrsatib oʼtish mumkin:
a) faoliyat doirasi boʼyicha;
Ichki funktsiyalar Tashqi funktsiyalar
b) amal qilishining davomiyligi boʼyicha;
doimiy vaqtinchalik
v) ijtimoiy ahamiyati boʼyicha;
asosiy asosiy boʼlmagan
g) amalga oshirish shakllari boʼyicha.
Huquqni ijod qilish
Huquqni ijro qilish
Huquqni muhofaza qilish
3.Davlat shakli, uning rivojlanishi va oʼzgarishiga taʼsir etuvchi omillarni tushuntirib bering.
Davlat shakli – bu oʼz ichiga davlat boshqaruvi, davlat
tuzilishi va siyosiy (davlat) rejimni qamrab oluvchi siyosiy
hokimiyatni tashkil etish usullari yigʼindisidir.
rivojlanishi va oʼzgarishiga taʼsir etuvchi omillar
– ijtimoiy-iqtisodiy, maʼrifiy-madaniy muhit;
– tarixiy, milliy va diniy anʼanalar, urf-odatlar;
– tabiiy, geografik va iqlimiy shart-sharoitlar;
– siyosiy kuchlarning oʼzaro nisbati;
– jamiyatni gʼoyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi.
4.Demokratik siyosiy rejim turlarini koʼrsating va ularning alohida oʼziga xos jihatlarini yoriting.
Demokratik siyosiy rejim 2 xil amalga oshiriladi
Vakillik demokratiyasida xalq oʼzi saylagan deputatlari orqali davlat
ahamiyatiga molik iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni muhokama qilish,
hal yetish haqida qaror qabul qilish va davlatni idora yetishda qatnashish imkoni-
yatiga yega boʼladi.
Bevosita demokratiyada davlatni idora yetishda xalqning bevosita
ishtiroki taʼminlanadi, yaʼni davlat ahamiyatiga yega boʼlgan masalalarni hal
yetishda umumxalq ovoziga qoʼyish (referendum) ni amalga oshirish mumkin.
Demokratoyaning asosiy xususiyatlari:
1 iqtisodiy faoliyat sohasida shaxsning erkinligi;
2 davlat hokimiyati faoliyatiga xalq tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri
taʼsir qilishning samarali mexanizmlarining mavjudligi;
3 jamiyat hayotiga oid boʼlgan eng muhim masalalar yuzasidan
qarorlarning koʼpchilik tomonidan ozchilikning manfaatlari maksimal
darajada eʼtiborga olingan holda qabul qilinishi;
4 shaxsiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi;
5 shaxsning qonunsizlik va hokimiyatning har xil suiisteʼmol
qilishliklaridan himoyalanganligi;
6 oshkoralik, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va
senzuradan xoli ekanligi;
7 barcha davlat organlari faoliyatining qonuniylik tamoyiliga
asoslanishi;
8 hokimiyat vakolatlarining taqsimlanganligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |