1. Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting
Download 68.19 Kb.
|
Davlat va huquq nazariyasi savollarga javoblar 1-38
- Bu sahifa navigatsiya:
- : birinchi bosqich
Huquqning sinfiy nazariyasi vakillarining ta’kidlashicha, huquq tabiiy ham, tarixan ham, hatto psixologik holda ham vujudga kelmagan, balki huquq hukmron sinfning manfaatini himoya qilish uchun davlat bilan bir vaqtda unga siyosiy qurol sifatida maydonga chiqqan, deyiladi. Ularning fikricha, huquqning paydo bo‘lishida uchta bosqich mavjud bo‘lgan: birinchi bosqich – odatning mutlaq hukmronligi dav-ri; ikkinchi bosqich – odat bilan huquqning bir vaqtda amalda bo‘lish davri; uchinchi bosqich – huquqning mutlaq hukmronlik davri. Mazkur nazariya vakillari huquqning tezda odat o‘rnini egallamaganligi, balki asta-sekinlik asosida, vaqt o‘tishi bilan odat
huquqqa o‘z o‘rnini bo‘shatib berganligini isbotlashga harakat qilganlar. Sinfiy nazariya vakillari huquqni paydo bo‘lishining asosiy sababi sifatida odat normasiga asosan hamma teng huquqli bo‘lganligini, bu esa iqtisodiy jihatdan hukmron sinfga, ya’ni quldorlarga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli odat normalaridan voz kechilganligi va buning o‘rniga quldorlar tomonidan huquq normalarining shakllantirilganligini ta’kidlaydilar.
Davlatning mohiyatini aniqlash deganda, uning ma’no – mantig‘ini, ichki tabiatini, asl mazmunini, jamiyat hayotida o‘ynaydigan roli va ijtimoiy vazifasini ochish, shu xususiyatlarini anglab yetish tushuniladi. Elitar nazariya. Bu nazariya XX asrda keng tarqaldi. Uning tarafdorlari fikricha, keng xalq ommasi davlat hokimiyatini amalga oshirishga va jamiyatni boshqarishga qodir emas, shu bois davlat hokimiyati jamiyatning yuqori qismiga – elitaga tegishli bo‘lishi lozim. Va har safar hokimiyat tepasida bir elita ikkinchi elitani almashtirib turadi. Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vujudga kelib, 60 – 70-yillarda ancha keng tarqaldi. Uning tarafdorlari orasida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalar bor edi. Umuman olganda ushbu nazariya elitar nazariyasiga juda o‘xshab ketsa-da, zamonaviy voqelikni hisobga olishi bilan ajralib turadi. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatni mutaxassis-boshqaruvchilar, menejerlar idora etishlari lozim (ko‘pincha amalda ham shular boshqarishadi). Aynan ularning o‘zlari jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‘llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga qodir. Markscha nazariya, aniqrog‘i tarixiy – materialistik nazariya davlatning mohiyati masalasiga sinfiy yondashuvni taklif etadi. Uning asosida tarixiy materializm va sinfiy kurash g‘oyasi yotadi. Mazkur ta’limot namoyandalarining isbotlashicha, davlat (siyosiy) hokimiyati iqtisodiy jihatdan hukmron bo‘lgan sinfga tegishli bo‘lib, faqat uning manfaati yo‘lida amalga oshiriladi. Shu sababli davlat mohiyati sinfiy nuqtayi nazardan ta’riflanib, davlat iqtisodda hukmron sinfning siyosiy hokimiyatini ta’minlab, mazlum sinf ustidan amalga oshiriladi, uning qarshiligini bostirish quroli (diktatura) hisoblanadi. Umumfarovonlik davlati nazariyasi. U ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga kelgan bo‘lib, davlatning ijtimoiy hayotga aralashmasligiga oid oldindan mavjud ta’limotga qarshi chiqadi. Bunda nafaqat davlatning huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyati («Tungi qorovul davlati» nazariyasi), balki ijtimoiy hayotga faol ta’sir etishi nazarda tutiladi. Uning mohiyati 30-yillarda D. Keyns tomonidan ta’riflab berilgandi. D. Myurdal, A. Sigu, K. Boulding, V. Mund va boshqalarning asarlarida bu nazariya yanada rivojlantirilgan. Mazkur nazariyaning bosh g‘oyasi shundan iboratki, barcha sinflardan ustun turarkan, davlat aholi barcha qatlamlari manfaatlarini ifodalay boshlaydi, umumfarovonlikni ta’minlaydi.
Jamiyat shakllanishining dastlabki davrida amalda bo‘lgan ijtimoiy normalar quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1) mazmunan sodda va murakkab bo‘lmagan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solgan. Masalan, urug‘doshlar ichida kimga olovni uzatish vazifasining yuklatilishi masalasi yoki ov natijasida qo‘lga kiritilgan o‘ljani qanday taqsimlash ijtimoiy normalar asosida hal qilingan; 2) ijtimoiy normalar asosan odatlar ko‘rinishida bo‘lgan (ya'ni uzoq vaqt davomida ko‘p marotaba qo‘llash natijasida odatga aylangan tarixiy shakllangan xulq-atvor qoidalari); 3) hali yozuv shakllanmaganligi bois yurish-turish qoidalari kishilar xulq-atvorida va ongida mavjud bo‘lgan; 4) jamiyat a'zolari tomonidan amal qilinishi ishontirish va majburlash (urug‘dan quvish) choralari bilan ta'minlangan; 5) qoidalar man etish tavsifi (tabu tizimi)ga ega bo‘lgan, normalarning mazmunida huquq va majburiyatlar qat'iy belgilanmagan va boshqalar. Ijtimoiy normalar bilan jamiyat hayotini tartibga solish insoniyat hayotida eng muhim yutuqlardan biri hisoblanadi. Ularning barcha uchun qat'iy qilib o‘rnatilganligi va unga amal qilishning ta'minlanishi jamiyatni tartibga keltiradi. Ibtidoiy jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy hokimiyat oilaviy munosabatlarga asoslangan, chunki jamiyat tashkil topishining negizini urug‘ (urug‘ jamoasi), ya'ni haqiqiy yoki taxminiy qon-qarindoshlikka, shuningdek umumiy mulk va mehnatga asoslangan kishilarning jamoasi tashkil etgan. Har bir urug‘ alohida xo‘jalik yuritishi, ishlab chiqarish vositalarining egasi bo‘lishi, umumiy mehnat jarayonining tashkilotchisi sifatida namoyon bo‘lgan. Urug‘lar yanada yirik bo‘lgan tuzilmalar – fratriya, qabila, qabilalar ittifoqini tashkil qilgan. Hokimiyat butun jamoa (urug‘ yig‘inlari), shuningdek ibtidoiy jamiyat hayotining muhim masalalarini hal qiluvchi urug‘ vakillari (oqsoqollar, oqsoqollar yig‘ini, harbiy boshliqlar, kohinlar) tomonidan ham amalga oshirilgan. Ijtimoiy hokimiyat va boshqaruv jihatidan ibtidoiy jamiyatning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: – ibtidoiy jamoa tuzumida kishilarning urug‘ yoki qabilaga mansubligi ularning qon-qarindoshligiga qarab aniqlangan; – ijtimoiy hokimiyat to‘laligicha jamiyatning o‘ziga tegishli bo‘lgan, bunda urug‘ uchun eng muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan boshqaruv qarorlari urug‘ a'zolarining umumiy yig‘inida qabul qilingan. Boshqaruv ishlarida urug‘ning barcha katta yoshli a'zolari – erkaklar ham, ayollar ham teng ishtirok etganlar; – ibtidoiy jamoa tuzumida davlatga xos bo‘lgan xususiyatlar (hokimiyat tuzilmalari, armiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa muassasalar) mavjud bo‘lmagan. Ijtimoiy boshqaruv urug‘ oqsoqollari, sarkardalar, umumiy yig‘in doirasida amalga oshirilgan; – ijtimoiy faoliyat ustidan joriy rahbarlikni jamoa tomonidan saylangan urug‘ oqsoqoli amalga oshirgan. Favqulodda muhim ishlarni hal qilish uchun oqsoqollar kengashi chaqirilgan. Oqsoqollar hokimiyati urug‘ning keksa a'zolarining mutlaq obro‘si, chuqur hurmat-e'tibori, tajribasi va aql-zakovatiga asoslangan; – urf-odatlar ibtidoiy jamoa hayotiy faoliyatining qat'iy tartibga bo‘ysunishini ta'minlagan. Urf-odatlar avloddan-avlodga o‘tib borgan. Urf-odatlarga taqiq (tabu), axloq, afsona, marosimlar kirgan; – ijtimoiy normalarga amal qilish asosan ko‘nikmalar va ixtiyoriylik asosida bo‘lib, uni buzgan shaxslarga jamoatchilik ta'siri va boshqa turdagi jazolar qo‘llanilgan (masalan, urug‘- qabiladan haydash). 36 Davlat hokimiyati – ijtimoiy hokimiyatning muhim shakli sifatida Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida undan ajralib chiqqan. O‘z navbatida, “jamiyat” va “davlat” tushunchalari aynan bir tushunchalar emas va ularni, albatta, farqlash lozim. Jamiyat tushunchasi davlat tushunchasidan kengroq, negaki jamiyatda davlatdan boshqa tashkilotlar, ya'ni siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar va boshqa jamoat birlashmalari mavjud bo‘ladi. Davlat jamiyatning faqat siyosiy qismi, uning bir elementidir. Jamiyat bilan davlatning tarixiy davrlari ham farqlanadi. Jamiyat davlatga nisbatan ancha oldin shakllangan va o‘z rivojining boy tarixiga ega. Davlat vujudga kelishi bilan uning jamiyat bilan o‘zaro ta'sirining murakkab va ziddiyatli tarixi boshlanadi. Jamiyatni tashkil etish shakli va boshqaruvchi tizim sifatida davlat ko‘pchilik fuqarolar manfaati yo‘lida muayyan funksiyalarni bajarish, ular o‘rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlarni hal qilish, manfaatlarni muvofiqlashtirish, inqirozli vaziyatlarni hal qilish xususiyatiga ega. Davlatning jamiyat mavjud bo‘lishining bir shakli sifatidagi o‘rnini belgilashda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish lozim: davlat jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan emas; davlat ijtimoiy rivojlanishning mahsuli sifatida vujudga kelgan; davlat tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida shakllangan; davlatning yuzaga kelishiga bir qator omillar, xususan, geografik, diniy, ruhiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar sabab bo‘lgan. 37 Globallashuv jarayoni va davlat funksiyalarining zamonaviy konsepsiyalari Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta'sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investisiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi,zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalarining, ilm-an yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi, sivilizasiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi,ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining ortishi - tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda. I.Karimov Kishilik jamiyati oldida global muammolarning mavjudligi davlatlarning global funksiyalari paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday funksiyalar barcha davlat kuchlarini birlashtirishni, umumlashtirishni talab etadi. Globalizasiyaning davlat funksiyalariga ta'siri: - ichki va tashqi funksiyalarning o‘zaro aloqasi kuchaymoqda, ichki funksiyalar ham tobora xalqaro ahamiyat kasb etmoqda va tashqi olam bilan bog‘liqligi kuchaymoqda va shu tariqa ichki funksiyalarning rivoji ham xalqaro hamjamiyatning manfaatlarini e'tiborga olgan holda amalga oshirilmoqda; - siyosiy funksiyalarga ta'siri: har bir davlatdan demokratik institutlarning rivoji uchun shart-sharoit yaratish talab etilmoqda. Natijada demokratiya va unga bo‘lgan huquq global ahamiyatga ega bo‘lmoqda; - Davlat suvereniteti masalasida – “globalizasiya sharoitida davlat suvereniteti kamayadi” degan mazmundagi qarashlar kuchaymoqda; Suverenitetni yo‘qotmoq – davlatning hududiy yaxlitligini yo‘qotish bilan bir xil. Davlat suvereniteti albatta saqlanishi kerak, faqat har bir davlat umuminsoniy manfaatlarni e'tiborga olgan holda o‘z suverenitetini ma'lum darajada cheklashga rozi bo‘lishi mumkin; Kishilik jamiyati oldida global muammolarning mavjudligi davlatlarning global funksiyalari paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday funksiyalar barcha davlat kuchlarini birlashtirishni, umumlashtirishni talab etadi. 140 Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi. Shu borada ayrim qudratli davlatlar tomonidan muayyan mamlakatlarga, avvalambor, yer osti, yer usti boyliklariga ega bo‘lgan hududlarga nisbatan olib borilayotgan ana shunday g‘arazli siyosatni dunyoning ayrim mintaqalarida tinch hayotning izdan chiqishi, hokimiyat tepasiga aynan o‘sha davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarning kelishi bilan bog‘liq misollarda ko‘rish qiyin emas. I.Karimov - Har bir xalq o‘z qonunlari, odatlari, diniy va boshqa normalari va qadriyatlari asosida yashashga haqli. 1993 yil iyundagi Vena konferensiyasi hujjatida ta'kidlanganidek, “Demokratiya xalqning o‘z siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tuzumlarini erkin o‘z irodasini ifodalash orqali belgilash va o‘z hayotining barcha jabhalarida to‘la ishtirok etishiga asoslanadi”1 ; - Iqtisodiy funksiyaga ta'siri – iqtisodiy integratsiya jarayonlari, bozorlarning xalqaro mazmunga ega bo‘lishi, TNKlarning ta'sirining kuchayishi, davlatlar ustida turadigan tuzilmalarning tashkil etilishi davlatning o‘z iqtisodiy funksiyalarini amalga oshirishi qiyinlashmoqda. 38 Hokimiyatlar bo‘linishi – davlat hokimiyatini tashkil etishning huquqiy shakli sifatida Hokimiyatlar bo‘linishi – davlat hokimiyatini tashkil etishning huquqiy shakli sifatida O‘zbekiston, yosh mustaqil davlatning hokimiyat organlarini yangitdan tashkil etishda, jahonda davlat hokimiyatini tashkil etishning samarali vositasi bo‘lgan hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini asos qilib oldi. Hokimiyat bo‘linishi prinsipining dastlabki huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunining 5- moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi» deyilgan. Bu qoida o‘zining konstitusiyaviy ifodasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11-moddasida topgan bo‘lib, unda «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi», deb mustahkamlab qo‘yilgan. Hozirgi kunda jahondagi barcha demokratik davlatlar hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasini e'tirof etishib, uni davlat hokimiyatini tashkil etishning asosi sifatida qabul qilishgan. Hokimiyatlar bo‘linishi o‘z manbasiga ko‘ra yaxlit va yagona bo‘lgan davlat hokimiyatining uch tarmoqqa - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga – bo‘linishini, har bir hokimiyat tarmog‘i boshqalarga nisbatan mustaqil holda faoliyat yurgizishini taqozo etadi. Ayni paytda, hokimiyatlar bo‘linishi, har bir hokimiyat tarmog‘i boshqasinining o‘z vakolat doirasidan chiqmasligini, boshqa tarmoq vakolati doirasiga o‘tib ketmasligini nazorat ham qilib turadi, shu tariqa hokimiyatning suiiste'mol qilinishini oldi olinadi. 1 Karimov I.A. Ko'rsatilgan asar. 186-b. 2 Xalq so 'z i, 2008. 24-iyun. 3 Q a r a n g : Odilqoriyev X.T. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. — Т ., 2002. 137-b. 4 Qarang: Давлат ва μoіуі назарияси. // Ґ. Бобоев ва Ґ. Одиліориевларнинг умумий oaμdede остида. – T.: 2000. 12–13-bet 5 Qarang: Саидов A., Таджиханов У. Давлат ва μoіуі назарияси. 1-жилд. Давлат назарияси. – T.: 2001, 27-bet 6 “Evrika” – yunoncha “topdim” degan ma’noni anglatadi. Download 68.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling