1. Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting


Download 68.19 Kb.
bet13/20
Sana04.01.2023
Hajmi68.19 Kb.
#1078245
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi savollarga javoblar 1-38

Milliy federatsiyalarda subyektlar, ularda yashovchi millatlar mustaqilligi asosida tuziladi. Qoidaga ko'ra, milliy federatsiya mustahkam tuzilma bo'lib hisoblanadi. Milliy federatsiyaning asosiy xususiyatiga ko'ra, federatsiya subyektlari — milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalaridan iborat bo'lib, ular asosan subyektlaming ixtiyoriylik prinsipiga muvofiq birlashadilar. Katta va kichik millatlar suvereniteti kafolatlanadi hamda oliy davlat idoralari federatsiya subyektlarining vakillaridan tashkil etiladi. Mazkur federatsiyaga birlashgan barcha millatlar o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega bo'ladilar. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (Serbiya va
Chernogoriyaning ittifoqi edi), Chexoslovakiya (1993-yilda Chexiya va Slovaki-yaga ajralib ketgan) ittifoqlari milliy federatsiyalarga misol bo'la oladi.Milliy-hududiy federatsiyalar federatsiyalarning alohida turi hisoblanib, ittifoqni shakllantirish asosida ham milliy, ham hududiy prinsip yotadi. Milliy-hududiy federatsiyalarga: Rossiya Federatsiyasi (72 subyekt, ularda yashovchi millatlar, xususan subyektda ko'pchilikni tashkil etmaydigan millatlar asosida tashkil topgan hamda asosan rus aholisi istiqomat qiladigan 57 subyekt — hududiy tuzilmadan iborat); Germaniya (aholisi, o'tmishda nemis millatiga yaqin bo'lgan aholidan iborat 16 hududiy tuzilma — yerlardan iborat).Davlat tuzilish shaklining yana bir turi — bu konfederatsiyadir.
Konfederatsiya bir necha davlatlaming ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo'yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo'lmaydi. Konfederatsiya bu to'la mustaqil davlatlaming ayrim sohalar bo'yicha tuzadigan ko'ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan
so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o ‘tishi, yoxud qo'shilib unitar davlat bo'lib ketishi ham mumkin. Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida davlatlaming yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo'lsa, konfederatsiya mustaqil davlatlaming cheklangan sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya subyektlari birlashish jarayonida o'z mustaqilligini saqlab qoladi, federasiya subyektlari esa o'z suvereni-tetini federatsiya idoralari ixtiyoriga topshiradilar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa, konfederatsiya taraflarning o'zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim asosida birlashadi. Konfederatsiya muvaqqat, beqaror tuzilma. Odatda, u mustaqil davlatlaming federatsiyaga birlashishida yoki federatsiyaning mustaqil davlatlarga bo'linib ketishida oraliq bosqich hisoblanadi. Masalan, Shveytsariya 1815—1848-yillarda federasiyaga birlashdi, Sene Gambiya 1982-yilda Senegal va Gambiyani birlashtirishga urinishdan so'ng 1989-yilda mustaqil davlatlarga bo'linib ketdi. Konfederatsiyani tashkil etgan davlatlar o'rtasidagi munosabatning kuchsizligi uning barqaror emasligidan dalolat beradi. Uning tarkibiy qismlarida davlat suvereniteti va boshqa davlatchilik belgilari — mustaqil armiya, fuqarolik, qonunchilik,sudlov organlari tizimiga egaligi kabilarda namoyon bo'ladi.Konfederatsiyada yagona umumiy oliy davlat hokimiyati organlari yo'q yoki ular bo'lgan taqdirda ham nomigagina vakolatlarga ega.Konfederatsiya tarkibidan xohlagan subyekt, istagan vaqtda erkin chiqib ketish huquqiga ega.
Konfederatsiyaning o'ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
1) konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil davlatlaming ittifoqi;
2) barqaror bo'lmagan siyosiy tuzilma;
3) yagona hududning bo'lmasligi;
4) yagona fuqarolikning o'matilmasligi;
5) konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;
6) konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo'llamaslik huquqiga egaligi;
7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalami hal etish kirishi;
8) konfederatsiya byudjeti uning a ’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning 15 ta davlatini birlashtirgan Yevropa ittifoqi davlat-larining hamdo'stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi konfederatsiya emas.

17.Давлат ҳокимиятининг бўлиниши принципида ижро ҳокимиятининг тутган ўрнини кўрсатиб беринг.


Download 68.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling