1. Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting


Download 68.19 Kb.
bet14/20
Sana04.01.2023
Hajmi68.19 Kb.
#1078245
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi savollarga javoblar 1-38

Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshligʻi (prezident) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. I. e. h. mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi.
OʻzRda hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi. U iqtiso-diyotning , ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni taʼminlaydi. Mahalliy I. e. h. organlari OʻzR qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I. e. H. ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi
18.Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash orqali uning mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.
Davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi (mohiyati) – bu
hokimiyat har uchala tarmog‘ining muvozanatini, tengligini hamda
ularning o‘zaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi ta'sir
etishini ta'minlovchi tizimdir. Ayni paytda ushbu organlar
vakolatlari shundayki, ular bir-biridan xoli harakat qila olmaydi va
davlat hokimiyati uch mustaqil tarmoq kooperatsiyasi jarayonida amalga
oshiriladi.
Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi prinsipi mazmunini
tavsiflochi quyidagi jihatlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
• demokratik davlatlarda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud tarmoqlari o‘zaro yagona davlat mexanizmi bilan
chambarchas bog‘lanibgina qolmay, balki ular nisbatan mustaqil hamdir;
• qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funksiyalarini amalga
oshiruvchi davlat organlari o‘rtasida hokimiyatlarning muayyan nisbati
mavjud bo‘ladi hamda cheklovlar va muvozanat tizimi amal qiladi.
Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi prinsipi davlat va
huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra
yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo‘ysunmaydigan qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linadi (ular bilan bir
qatorda ba'zan ta'sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham
ajratiladi). Ushbu prinsipning vazifasi davlat hokimiyati
to‘laligicha bir shaxs yoki organ qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan
iborat. Zero, hokimiyatning to‘liq bir shaxs yoki organ qo‘lida
jamlanishi demokratiya va inson huquq hamda erkinliklariga bevosita
xavf tug‘diradi, avtoritar tuzum o‘rnatilishiga olib keladi.
19.Huquq prinsipi tushunchasi va turlarini izohlang. Mazkur prinsiplarning huquqning shakllanishidagi ta'sirini misollar yordamida izohlang.

Huquq prinsiplari – bu huquqning ijtimoiy munosabatlarni


tartibga soluvchi vosita sifatidagi mohiyatini ifodalovchi boshlang‘ich
normativ asoslar, eng asosiy qarashlar, g‘oyalar va qoidalardir.
Umumhuquqiy prinsiplar huquq tizimining barcha sohalariga
tegishli bo‘lib, jumladan adolatlilik, fuqarolarning qonun oldida
huquqiy jihatdan tengligi, insonparvarlik, qonuniylik,
demokratizm, huquq va majburiyatlar birligi kabilarni ko‘rsatib
o‘tish mumkin;
Sohalararo prinsiplar huquq tizimining ikki yoki undan
ortiq sohalariga oid bo‘lib, ular quyidagilar: javobgarlikning
muqarrarligi, oshkoralik, fuqarolik prosessual va jinoiy-
prosessual huquqdagi tortishuvlilik tamoyili va boshqalar;
Sohaviy prinsiplar huquq tizimining muayyan bir sohasi
mazmun-mohiyatining rahbariy qoidasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Masalan, mulkiy munosabatlarda tomonlarning tengligi (fuqarolik
huquqi); jinoyat jarayoni huquqida aybsizlik prezumpsiyasi va
boshqalar.

21.Huquqiy ong tushunchasi va uning funksiyalari.

Huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib,
kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa
huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his-tuyg‘ular,
tasavvurlar yig‘indisidir.
Huquqiy ongning funksiyalari deganda shaxsning huquqiy
doirada ijtimoiy faol yurish-turishiga ta'sir etuvchi asosiy
yo‘nalishlar tushuniladi.
Huquqiy ongning huquqiy tartibga solish mexanizmidagi
maqsadlariga ko‘ra uning funksiyalarini quyidagicha tasniflash
mumkin: bilish funksiyasi, baholash funksiyasi, huquqiy
modellashtirish (bashorat qilish) funksiyasi, tartibga solish
funksiyasi, g‘oyaviy-tarbiyaviy funksiya va boshqalar.

22.Huquqiy madaniyat tushunchasi va darajalarini muhokama qiling.


Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi,
huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilishi va unga
rioya qilishidir. Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining
uzviy tarkibiy qismidir. Shu bois huquqiy madaniyat deganda
jamiyatning huquqiy hayoti, uning huquqiy voqeligi, normativ-huquqiy
hujjatlar, huquqiy ong rivojida erishilganlik darajasini
ifodalovchi ma'naviy-axloqiy va huquqiy qadriyatlar tizimi hamda
unga muvofiq tarzda qaror topadigan qonunga itoatgo‘ylik va
mamlakatda huquqiy-tartibot muhitini o‘rnatish uchun ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishning amalga oshirilishi tushuniladi.

Odatdagi daraja huquqiy madaniyat kishilarning kundalik hayoti


doirasi bilan chegaralanadi. Kishilar undan o‘z kundalik faoliyatida
sub'ektiv huquqlarni ro‘yobga chiqarish, zimmalariga yuklatilgan
vazifalarni bajarishda foydalanadi.
Kasbiy darajadagi huquqiy madaniyat yuridik faoliyat bilan
o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida doimiy
shug‘ullanuvchi shaxslarga xosdir. Mazkur daraja huquqni bilish va
huquqiy muammolar, huquqiy faoliyatning maqsad va vazifalarini
tushunish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi.
Nazariy daraja – bu nafaqat huquqni bilish, balki uning teran
xossalari va qadriyatlari, amal qilish mexanizmi, huquqning
samaradorligiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni tushunishning yuksak
darajasidir.

23.Ҳуқуқий нигилизм ва ҳуқуқий идеализм тушунчаларини ёритинг ҳамда уларни атрофлича муҳокама этинг.

huquqiy nigilizm jamiyat huquqiy taraqqiyotining tizimli va
maqsadga muvofiq rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘diruvchi hamda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuksalishiga to‘siq bo‘luvchi
salbiy hodisalardan biridir.
Nigilizm (lotincha “nihil” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “hech
narsa”, “inkor” degan ma'noni anglatadi). Huquqiy nigilizm
shaxslarning, ijtimoiy guruhlarning muayyan huquqiy qadriyatlarga,
normalarga, belgilangan tartib-qoidalarga salbiy munosabatini,
mensimaslik va ishonchsizlik kayfiyatini ifodalaydi.
Huquqiy nigilizm quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
nazariy shakl (olimlar, mutafakkirlar, siyosatshunoslar
tomonidan muayyan manbalarda huquqni inkor qilinishi);
amaliy shakl (faol va sust (passiv)).
Huquqiy idealizm – huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta'sir
ko‘rsatish imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuborilishi bilan
ajralib turadigan huquqiy ong holatidir.
Huquqiy nigilizm holatida qonunlar nazar-pisand qilinmaydi,
ular ochiq-oydin buziladi, ijro etilmaydi, qadrlanmaydi, izzat-
hurmat qilinmaydi. Huquqiy idealizmda, aksincha, qonunlarga barcha
muammolarni bir zumda hal qilishga qodir mo‘'jizakor kuchga ega
bo‘lgan hujjat sifatida qaraladi.

24.Huquqiy psixologiya va huquqiy mafkura – huquqiy ongning tarkibiy qismi sifatida. Fikringizni amaliy misollar bilan asoslang.

Huquqiy ruhiyat (psixologiya) – bu alohida ijtimoiy guruh,
shaxs yoki butun jamiyatda stixiyali ravishda vujudga keladigan
huquqiy tuyg‘ular, hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlar yig‘indisidan
iborat bo‘lgan huquqiy ongning tarkibiy elementi. Huquqiy ruhiyat
jamiyatdagi mavjud huquqiy muhitning bevosita ta'siri ostida
vujudga keladi va huquqiy ongning boshlang‘ich pog‘onasi hisoblanadi.
Shaxs huquqiy ongining aynan shu darajasidan huquqiy reallikni
anglash, u bilan dastlabki tanishuvi boshlanadi.
Huquqiy mafkura – bu muayyan ijtimoiy guruhlarning,
jamiyatning huquqiy qarashlari, g‘oyalari, tasavvurlari va
talablarining ilmiy tizimlashtirilgan ifodasidir. Huquqiy
mafkura g‘oyalar, konsepsiyalar, huquqiy tamoyillar, huquqni
rivojlantirish istiqbollarini baholash, huquqiy aktlarni qabul
qilishning maqsadlari, vazifalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.


25.

Ҳуқуқий тарбия тушунчаси ва унинг воситаларини тушунтиринг. Унинг жамият ҳаётидаги тутган ўрнини ёритиб беринг.

Huquqiy tarbiya – fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi muhim ijtimoiy fao-liyatdir. Tarbiya jarayonlarining yo‘nalishlarini farqlashda qo‘llaniladigan muhim mezonlardan biri – ong shakllarining turlicha ekanligi. Chunki, alohida olingan tar-biya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hamma tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko‘rinishlarini qamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya – siyosiy ongni; ma’naviy tarbiya –ma’naviy ongni; estetik tarbiya – estetik ongni qamrab oladi va


h.k. Huquqiy tarbiya ongning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan huquqiy ong bilan bog‘-liq. Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi. Birinchisi – tarbiyalanuvchilarga ma’-lum miqdordagi huquqiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakaning berilishi. Ikkinchisi –
tarbiyalanuvchilarda huquqiy g‘oyalar, hissiyotlar, e’tiqodni shakllantirish. Shu va-zifalardan kelib chiqib, huquqiy tarbiyada fuqarolar huquqiy ongini shakllantirish quyidagicha kechadi:
– birinchidan, asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularning mazmunini va mohi-yatini to‘g‘ri tushunish;
– ikkinchidan, huquqni, qonunlarni, qonuniylik va huquqiy tartibotni chuqur hurmat qilish;
– uchinchidan, huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo‘llay olish;
– to‘rtinchidan, o‘z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilan moslashtirish;
– beshinchidan, huquqiy normalarni har qanday buzishlarga nisbatan qat’iy muro-sasizlik ko‘nikmasini hosil qilish.
Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. Shu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruh-lar) huquqiy ongining shakllanishi ro‘y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilar-ning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yi-ladi. Ularning shaxsiy e’tiqodidan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo‘lgan hurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o‘zagini tashkil etadi.
Demak, huquqiy tarbiya – shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga ko‘rsatiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan, boshqariladigan, oldindan rejalash-tiriladigan va maxsus ishlab chiqilgan huquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta’sir jarayonidir.Mustaqil davlatimiz rivojlanishining istiqboli har tomonlama bilimli, yuqori malakali yoshlar qo‘lidadir. Buning uchun yoshlar yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari, huquqni puxta bilishlari lozim. Bozor iqtisodiga o‘tish hamda huquqiy demokratik davlat qurish qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, aholini huquqiy jihatdan tarbiyalash va uning huquqiy ongini rivojlantirishga
bog‘liqdir. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-iyun-da «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish, hu-quqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganishni yaxshilash haqida»gi farmoni katta ahamiyatga ega. Mazkur farmon asosida 1997-yil 22-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Huquqiy ma’rifat targ‘iboti markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetka-zib berishni yo‘lga qo‘yishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Yuqoridagi qarorga aso-san Toshkent Davlat yuridik instituti huzurida Respublika huquqiy ma’rifat targ‘i-boti markazi va uning joylardagi mintaqaviy bo‘limlari tashkil etildi. Bu markaz ol-diga yoshlarni tarbiyalashda, huquqiy ongini rivojlantirishda huquqiy ta’limni ku-chaytirish va bu jarayonni metodika jihatdan ta’minlash, aholi o‘rtasida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish, ommabop huquqiy adabiyotlar va darsliklarni tayyorlash hamda boshqa ko‘pgina vazifalar qo‘yilgan. Buning natijasida huquqiy madaniyat-ni yuksaltirish davlat siyosatining ustun yo‘nalishi bo‘lganligi bois bir qator amaliy ishlar qilindi. Yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirishda televidenie, radio va matbuotning o‘rni o‘ta muhimdir. Bu o‘rinda Adliya vazirligi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralarning «Huquq va burch»yuridik jurnali, «Inson va qonun» huquqiy gazetasi, «Postda» gazetasi, «Fuqarolik jamiyati» va «Advokat» jurnallari va boshqa nashrlar aholi huquqiy ongining o‘sishiga muhim hissa qo‘shmoqda.


26.

Ҳуқуқнинг белгиларини аниқлаш орқали унинг ҳуқуқий табиатига баҳо беринг.

Huquq ta’riflarining ko‘pligiga ijobiy hodisa sifatida qarash kerak, chunki u huquq-qa asrlar osha nazar tashlash, uni nafaqat turg‘un holatda, balki (dinamikada) rivojlanish holatida ham ko‘rish imkonini beradi. Biroq bu hodisa kamchiliklardan ham xoli emas. Asosiy kamchilik ta’riflardagi farqlar tug‘diradigan qiyinchiliklar,
huquqni bilish va undan amalda foydalanishda yagona, izchil jarayonning yo‘qligi bilan bog‘liq. Huquq tushunchasiga ta’riflar ko‘pligidan kelib chiquvchi qiyinchilik-larni bartaraf etishning bir necha yo‘llari mavjud. Shunday yo‘llardan biri huquq tushunchasining turli zamonlarda taklif qilingan ayrim ta’riflari asosida «barcha zamonlar» va «hayotning barcha holatlari» uchun yaroqli bo‘lgan umumiy ta’rifni ishlab chiqishdan iborat, ya’ni huquqning eng muhim belgilari va jihatlarini aniq-lash va ko‘rib chiqish lozim. Bu yerda, eng avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatidagi huquqning belgilari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Huquqqa turli yondashuvlarning tahlili uning quyidagi muhim xususiyatlari va belgilarini qayd etish imkonini beradi:
1. Huquq – normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi. Boshqa har qanday tizim singari u ham bir tartibli, o‘zaro uzviy bog‘langan va o‘zaro ta’sirga kirishuvchi qismlardan tashkil topadi. Tizimning ayrim tarkibiy qismlari o‘rtasida yuzaga keluvchi aloqalar yagona maqsadlarga erishishga qaratilishi lozim. Har qanday normalar (xulq-atvor qoidalari) tizimi zamirida obyektiv va subyektiv omillar yotadi. Obyektiv omillar orasida muayyan mamlakatda huquqiy normalar tizimi vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratuvchi iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy, mafkuraviy va boshqa omillar alohida o‘rin egallaydi. Ayrim normalar ham, ularning tizimi ham amalda o‘z-o‘zidan, muayyan shaxslarning xohishi yoki ko‘rsatmasiga binoan vujudga kelmaydi, ular jamiyat va davlat hayotining obyek-tiv ehtiyojlari ta’sirida vujuda keladi. Normalar tizimining vujudga kelish va faoliyat ko‘rsatish jarayoni obyektiv omillar bilan bir qatorda subyektiv omillar ham mavj-ud bo‘lishini nazarda tutadi. Bu yerda muayyan mamlakatda ilmiy asoslangan hu-quqiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, qonunchilik ishlari rejalarini tay-yorlash va bajarish, davlat organlarining huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqni muhofaza qilish faoliyati jarayonida yuristlarning faol ishtiroki to‘g‘risida ham gap bormoqda.
2. Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma’qullangan normalar tizimi. Ja-honda turli ijtimoiy normalar tizimlari juda ham ko‘p. Biroq faqat huquqiy norma-lar tizimigina davlat tomonidan yaratiladi. Huquq normalarini o‘rnatar ekan, davlat bevosita o‘z vakolatli organlari orqali ish ko‘radi. Huquqiy normalar tizimining davlat tomonidan o‘rnatilganligi va ma’qullanganligi ularning davlatga to‘la bog‘liqligini va unga bo‘ysunishini anglatadimi? Bu masalaga ikki xil yonda-shuv mavjud. Birinchi yondashuvga ko‘ra, huquq normalariga «davlat talablari» sifatida qaraladi. Bunda davlat huquq manbayi sifatida ta’riflanadi. Davlat hokimi-yati huquqqa tobe emas, balki undan ustun bo‘lib qoladi. Shunday qilib, davlatga birlamchi, huquqqa ikkilamchi hodisa sifatida qaraladi.Ikkinchi yondashuvga ko‘ra, davlat, davlat hokimiyati huquqiy xususiyat kasb etadi. Davlat hokimiyati zamirida fakt emas, balki huquq yotishi kerak. Davlat, garchi u huquqiy hujjatlar qabul qilsada, huquqning manbayi bo‘lishi mumkin emas. Chunki, davlat hokimiyatining o‘zi huquqdan kelib chiqadi, ya’ni uning vakolatlari huquq vositasida rasmiylash-tiriladi. Davlat huquqdan emas, balki huquq davlatdan ustun turadi, uni muvoza-natga soladi va chegaralaydi. Bundan tashqari, davlat va huquq o‘zaro munosa-batlari xususiyatiga nisbatan boshqacha yondashuvlar ham mavjud. Bu yonda-shuvlar murakkabligi, har xilligi va ziddiyatliligiga qaramay, ularning aksariyat huquq normalari davlatning huquq ijodkorligi faoliyati bilan belgilanadi, davlat tomonidan qabul qilinadi yoki tasdiqlanadi, degan asosiy fikrga asoslanadi.
3. Huquq – umummajburiy xususiyatga ega normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi. Umummajburiylik (ya’ni, normativlik) huquq normalarida ifodalangan talablar jamiyatning barcha a’zolari tomonidan bajarilishi shartligini anglatadi. U
huquq normasi bilan birga yuzaga keladi, u bilan birga rivojlanadi va huquq normasi ifodalangan hujjat bekor qilinishi bilan bir vaqtda barham topadi. Umum-majburiylik nafaqat oddiy fuqarolar, mansabdor shaxslar, turli nodavlat organlari va tashkilotlari, balki davlatning o‘ziga nisbatan ham tatbiq etiladi. Basharti, huquqiy davlat, agar u og‘izda emas, balki amalda ma’rifatli va huquqiy bo‘lsa, u muqarrar tarzda o‘zini va o‘z organlarini huquq normalari talablarining umummaj-buriyligi bilan cheklaydi, o‘z faoliyatini qonun talablariga qat’iy muvofiq tarzda tashkil etadi va bu talablar ular ifodalangan normalar bilan birga belgilangan tartibda o‘zgartirilmagunicha yoki bekor qilinmagunicha ularga rioya qiladi.
4. Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va ta’minlanadi. Huquq normalari-da ifodalangan talablar buzilgan hollarda davlat majburlovi qo‘llaniladi. Davlat o‘zi qabul qilgan yoki tasdiqlagan hujjatlarga befarqlik bilan qaray olmaydi, u mazkur hujjatlarni amalga oshirishga katta kuch-g‘ayrat sarflaydi, ularni muhofaza qiladi va bajarilishini kafolatlaydi. Bunda keng qo‘llaniladigan usullardan biri-ishontirish, ikkinchisi – davlatning jismoniy va ruhiy majburlovi hisoblanadi. Jismoniy majbur-lov deganda, huquq bilan nazarda tutiladigan, huquqiy tartibotni saqlash uchun jismoniy kuch va vositalar qo‘llanishidan iborat bo‘lgan zaruriy chora-tadbirlar tushuniladi. Ruhiy majburlov deganda, shaxs bo‘ysunmagan holda qo‘llanishi
qonun bilan nazarda tutilgan choralarga yo‘liqishdan qo‘rqish birinchi o‘rinda turadi. Aynan qo‘rquv fuqarolarni o‘z xulq-atvorini huquq-qonun talablariga moslashtirishga ruhan majbur etadi. Davlat ishontirish va majburlovdan huquq normalarining qo‘llanilishini ta’minlash uchungina foydalanadi. Boshqa barcha
hollarda undan foydalanishning ehtimol tutilgan imkoniyatigina muttasil saqlanadi.


27.

Ҳуқуқ нормасининг таркибий элементлари бўлган гипотеза, диспозиция ва санкция тушунчаларини ёритиб беринг.

Huquq normasi o‘z ichki tuzilishiga ega, ya’ni huquq normasi mazmunan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Ta’kidlash lozim-ki, adabiyotlarda huquqiy normaning tuzilishi masalasida turlicha yondashuvlar mavjud. Lekin ko‘pchilik mualliflar huquqiy normani uch element (unsur)dan


iborat, degan fikrni ma’qullaydilar. Shunday qilib, huquqiy norma quyidagi uch element (unsur)dan iborat:
1) gipoteza; 2) dispozitsiya; 3) sanksiya.

Download 68.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling