1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik


Download 41.97 Kb.
bet5/12
Sana06.11.2023
Hajmi41.97 Kb.
#1751926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya

Jayniylik (jaynizm) dinining asoschisi Vardxamana Maxavira (miloddan avvalgi 599-527-yy.) hisoblanadi. U “Jina” (“Muzaffar”) ham deyilgan va jayniylik ana shu so‘zdan kelib chiqqan.

  • Jina (Jayna) ta’limotiga ko‘ra, hech bir jonzotga aziyat bermaslik lozim. U xalqning hokimlarga itoatda bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. Shuningdek, mavjud moddiy dunyo yovuzlikdan iborat. Yovuzlikdan xalos bo‘lish, najot topish hamda abadiy rohat-farog‘atga taqvodor hayot kechirish orqali erishish mumkin, deb ta’lim beradi.

  • Jayniylikning asosiy qoida-tamoyillarini o‘z ichiga olgan 45 ta asar mavjud. Bu asarlar Maxavira tomonidan bitilgan. Jayniylikning eng qadimgi muqaddas kitobi “Acharanga-sutra” deb ataladi va X-XI asrlargacha takomillashtirib kelingan.

  • Bugunga qadar jayniylik ibodatxonalarida turli ma’budlarning haykallari saqlanadi.

    Kalkutta va Dilvara shaharlarida jayniylik ibodatxonalari mavjud. Kahjuro va Obu Ta’d tog‘laridagi ibodatxonalar esa o‘zining bezagi bilan dunyoga mashhur.

    • Hindistonda mavjud bo‘lgan dinlardan yana biri sikxiylikdir. U XVI asrda islom va hinduiylik dinlarining qorishmasi sifatida vujudga kelgan.

    • Sikxiylik (sikxizm) diniga Panjobda guru, ya’ni ustoz Nanak (1469-1539) tomonidan asos solingan.Unga ergashganlar o‘zlarini sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan. “Sikxiylik” atamasi ham shu so‘zdan olingan.

    • Sikxiylikning muqaddas kitobi “Adigrantx” (“Boshlang‘ich kitob) bo‘lib, beshinchi guru Arjun (1581- 1606) tomonidan tuzilgan. U panjob tilida yozilgan bo‘lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh ibodatxonasi hisoblanmish “Oltin Haram”da saqlanadi.

    Sikxiylik ta’limotiga ko‘ra, borliqning yaratuvchisi Xudo guruning ixlosi orqali bilib olinadi. Shuning uchun ham odamlarning Xudoni odam qiyofasida tasvirlashlari
    mumkin emas. Xudoga ishonish va uni sevish – bu odamlarga muhabbatdir. Sikxiylikda bu, muhabbat kastachilikni insonning jamiyatdagi mavqeyini va uning qaysi dinga e’tiqod qilishini hisobga olmaydi, deb qaraladi.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling