1. Hozirgacha eskirmay kelgan, unutilmagan, "otalar so’zi" deb nomlanuvchi janr qaysi? maqollar
Download 142 Kb.
|
5-sinf-adabiyot-fanidan-savol-javoblar-toplamibaxtiyor.uz (1)
Shukrullo
1. Shukrullo (Yusupov) qachon qayerda tug’ilgan? – 1921-yil Toshkentda tug’ilgan. 2. Asli kasbi emchilik bo’lgan, umr bo’yi xalq tabobati bilan shug’ullangan, G’afur G’ulom bilan yaqindan tanish bo’lgan o’qimishli, ziyoli kishi qaysi ijodkorning otasi edi? – Shukrulloning otasi edi. 3. Shukrulloning birinchi she’ri qachon qanday nom bilan nashr etildi? – 1939-yil “Baxt qonuni” 4. Shukrullo qalamiga mansub asarlar to’plamlarni sanang? – “Birinchi daftar”, “Qalb qo’shiqlari” to’plamlari, “Chollar” dostoni, keyinroq “Hayot ilhomlari”, “Umrim boricha”, “Inson va yaxshilik”, “Inson – inson uchun”, “Ikki qoya”, “Otash va gul”, “26-tongotari”. 5. 70-80-yillarda Shukrulloning qanday to’plamlari nashr etildi? – “Zarralar”, “Suyanchiq”, “Yashagim keladi”, “Sening baxting” to’plamlari nashr etildi. 6. Ushbu she’riy parcha kimning qalamiga mansub? Shukr qil, nolima, tashvishim ko’p deb, Bilasanmi, tashvish tugaydi qachon? Tashvishing mo’l bo’lsa, orzularing ko’p, Orzusiz yashamas hech tirik inson. – Shukrullo 7. “Kafansiz ko’milganlar” xotira-qissasi kimning qalamiga mansub? – Shukrullo 8. “Xatarli yo’l” “To’ydan keyin tomosha”, “Tabassum o’g’rilari”, “O’g’rini qaroqchi urdi”, “Janjal”, “Unsiz faryod” kabi sahna asarlari muallifi kim? – Shukrullo 9. Ustozlari va turli donishmandlar tilidan hikoya qiluvchi “Javohirlar sandig’i” asari kimning qalamiga mansub? – Shukrullo 10. Shukrulloning qaysi asari insoniyat taqdiriga havf solayotgan urushni, atom, vodorod bombalarini, mavjudotni yo’q qilib yuboradigan qirg’in qurollarni yaratuvchi kishilarni qoralaydi? – “Asr bahsi”(1980-yil) 11. Shukrulloning so’nggi yillarda e’lon qilgan asari? – “Tirik ruhlar” romani 12. Birinchi o’zbek yuristi Ubaydulla Xo’jayev hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladigan asar va uning muallifi? – “Tirik ruhlar” Shukrullo 13. Ushbu she’riy parcha qaysi asardan olingan? Bor ekanda yo’q ekan, Bir sayyoh bo’lgan ekan. Ot-ulovsiz yursa ham, Ko’p yurtni ko’rgan ekan. – Shukrulloning “Umr haqida ertak” asaridan 14. “Umr haqida ertak” asari necha qismdan iborat? – 2 qismdan 15. “Umr haqida ertak” rivoyatining 2-qismining mazmuni? – Yillar o’tib bobo bilan nevara katta shaharni ko’rgani yo’lga tushadi. Ular tasodifan sayyoh cholga duch keladilar. Uni o’z uylariga olib keladilar. Sayyoh umri davomida izlagan yurti shu ekanini biladi va shu yerda yashab qoladi.
Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling