1. Hozirgacha eskirmay kelgan, unutilmagan, "otalar so’zi" deb nomlanuvchi janr qaysi? maqollar
Download 142 Kb.
|
5-sinf-adabiyot-fanidan-savol-javoblar-toplamibaxtiyor.uz (1)
5-sinfadabiyot 1. Hozirgacha eskirmay kelgan, unutilmagan, “otalar so’zi” deb nomlanuvchi janr qaysi? – maqollar 2. “Folklor” atamasi ilk bor qachon kim tomonidan qo’llangan? – XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846-yilda qo’llangan. 3. “Folklor” atamasining ma’nosi? – “xalq donoligi”, “xalq donishmandligi” 4. Ertak qahramoni Sohibjamol aytgan topishmoqning javobi? – uzoq yerda o’t ko’yur – bo’ri ko’zi, sassiq soyda ut hurar – baqa, chorbog’imda juft chinor – ota-ona, eshigimda qo’sh munguz – og’a-ini, qora tolim butoqsiz – soch. Topishmoqni topgan yigit malikaga uylanadi. 5. Xalq og’zaki ijodi janrlarini sanang. – qo’shiq, ertak, afsona, rivoyat, mif, lof, lapar, latifa, tez aytish, topishmoq, maqol, matal, terma, doston, alla, kelinsalom, yor-yor. 6. Epik turga mansub janrlar? – hikoya, qissa, roman, ertak, afsona, rivoyat, asotir, latifa. 7. Lirik turga mansub janrlarni sanang. – g’azal, ruboiy, tuyuq, fard, musallas... 8. Dramatik turga mansub janrlar? – drama, tragediya, komediya, tragikomediya, pyesa, intermediya... 9. Liro-epik turga mansub janrlar? – doston, poema, ballada. 10. “Muhaddis” so’zining ma’nosi? – “hadis aytuvchi” 11. Qur’oni Karimdan keyingi eng muhim qo’llanma? – hadislar 12. “Sahih va nosahih” so’zlarining ma’nosi? – “ishonchli”, “ishonchsiz”. 13. Hadislar kimning so’zlari va kimlardan yig’ilgan? – Payg’ambarimizning so’zlari, roviylardan yig’ilgan. 14. Roviylar deb kimlar aytilgan? – Payg’ambarimizning so’zlari – hadislarni aytuvchilar. Ular 2 xil bo’lgan: sahobalar va tobeinlar. 15. Sahobalar kimlar? – Payg’ambarimizni ko’rgan va u kishi bilan suhbatda bo’lganlar – sahobalar. 16. Tobeinlar kimlar? – Payg’ambarimizni emas, sahobalarni ko’rgan va ulardan eshitganlarini aytuvchilar. 17. Hadislar necha qismdan iborat bo’lgan? – Ikki qismdan, ya’ni sanad va matndan. 18. Sanad nima? – Sanad payg’ambarimiz so’zlarining qachon va qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligining hujjati. 19. Matn nima? – Matn – hadisning mazmuni.
Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling