1. Hozirgacha eskirmay kelgan, unutilmagan, "otalar so’zi" deb nomlanuvchi janr qaysi? maqollar
Download 142 Kb.
|
5-sinf-adabiyot-fanidan-savol-javoblar-toplamibaxtiyor.uz (1)
Ertaklar
1. Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalar?.. – ertak deyiladi. 2. Ertakka nisbatan yana qanday atamalar qo’llaniladi? – matal, ushuk, varsaki, cho’pchak. 3. “Uch og’a–ini botirlar” ertagida chol o’g’illarini tarbiyalashda 3 narsaga amal qiladi. Bu 3 narsa nima edi? – sog’lom qilib tarbiyalaydi – natijada o’g’illari baquvvat bo’lib o’sadi. Qurol-yaroq bilan tanishtiradi – natijada o’g’illari yarog’ ishlatishga usta bo’lib yetishadi, qo’rqitmay o’stiradi – natijada o’g’illari botir, dovyurak bo’lib yetishadi. 4. “Uch og’a ini botirlar” ertagida chol safarga otlangan o’g’illariga uch harsani uqtiradi. Bular nima edi? – To’g’ri bo’ling – bexavotir bo’lasiz. Maqtanchoq bo’lmang – xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo’lmaysiz. 5. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida tunda poyloqchilik qilgan botirlar kimlar bilan jang qiladi? – To’ng’ich botir sherni o’ldiradi, o’rtancha botir ajdarni yengadi, kenja botir podsho xazinasiga tushmoqchi bo’lgan o’g’rilarni qirib tashlaydi. 6. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida aka uka botirlar dasturxondagi uch narsaga ta’rif beradilar. Bu uch narsa nima edi? – go’sht, shinni, non. 7. To’ti haqidagi hikoya qaysi asar ichida qoliplovchi sifatida keltirilgan? – “Uch o’g’a-ini botirlar” ertagida 8. To’ti necha kunga ruxsat so’radi-yu, necha kunga ruxsat berildi? – 20 kunga, 15 kunga ruxsat berildi. 9. Podsho to’tini necha yil qafasda saqlagan edi? – 3 yil 10. “Susambil” ertagidagi qahramonlarni sanang? – eshak, ho’kiz, xo’roz, kalamushlar, arilar, bo’rilar. 11. Eshak Susambil yurti haqida qachon kimdan eshitgan edi? – Yoshligida onasidan 12. Susambil yurtiga otlangan eshakka birinchi kim duch keladi? – xo’roz 13. Susambilga otlangan eshak va xo’rozga yana kimlar qo’shiladi? – ho’kiz(3), kalamushlar(4), arilar(5). 14. “Susambil” ertagida Susambilga yetib kelgan hayvonlarga bo’rilar qanday ta’rif beradi? – ho’kiz – munkarnakir, arilar – azroil, kalamushlar – go’rkov, xo’roz – so’fi, eshak – eshon. Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling