1. Hozirgacha eskirmay kelgan, unutilmagan, "otalar so’zi" deb nomlanuvchi janr qaysi? maqollar
Download 142 Kb.
|
5-sinf-adabiyot-fanidan-savol-javoblar-toplamibaxtiyor.uz (1)
Antuan de Sent-Ekzyuperi
1. Fransuz adabiyotining namoyandasi Antuan de Sent - Ekzyuperi qachon qayerda tug’ildi? – 1900-yil 29- iyunda Fransiyaning yirik shaharlaridan biri Lionda kambag’allashgan zodagonlar oilasida dunyoga keldi. 2. Antuan de Sent-Ekzyuperi hayotini o’zgartirib yuborgan voqea nima edi? – 1917-yil akasi Fransua bevaqt olamdan o’tadi. Bu voqea Antuanning qalbida chuqur iz qoldirdi. 3. Ekzyuperi qachon Fransiya harbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi? – 1921-yil 4. Ekzyuperining birinchi hikoyasi qachon qanday nom bilan nashr qilinadi? – 1926-yil “Uchuvchi” 5. “Janub chopari” asari qachon yozilgan va kimning qalamiga mansub? – 1929-yil yozilgan, Ekzyuperi qalamiga mansub. 6. “Tungi parvoz” asari qachon yozilgan va kimning qalamiga mansub? – 1931-yil Ekzyuperi 7. Ekzyuperiyning qaysi asari “Femina” mukofotiga sazovor bo’lgan? – 1931–yil “Tungi parvoz” asari 8. Antuan de Sent-Ekzyuperining eng mukammal asari? – 1939-yil yozilgan “Erkaklar zamini” asari 9. Ekzyuperining “Erkaklar zamini” asari qanday mukofotga sazovor bo’lgan? – Bu asar Fransiya Akademiyasi tomonidan eng yaxshi roman uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo’lgan. 10. Ekzyuperining “Harbiy uchuvchi” novellasi qachon yozilgan? – 1942-yil 11. “Kichkina shahzoda” asari kimning qalamida mansub va qachon yozilgan? – Antuan de Sent-Ekzyuperi qalamiga mansub, 1942-yil yaratilgan. 12. Antuan de Sent-Ekzyuperi qachon qanday vafot etdi? – Ekzyuperining samolyotini fashist qiruvchisi urib tushiradi. 1944-yil 31-iyul Fransiya ozodlikka erishishiga atigi 3 hafta qolganda vafot etadi. 13. “Kichkina shahzoda” asari g’oyasi? – Insonlar o’rtasidagi do’stlik, birodarlik, hamdardlik, o’zaro hurmatni ulug’lash, Yovuzlik va Yomonlikka qarshi kurash. 14. Ekzyuperi “Kichkina shahzoda” asari haqida nima degan? – “Men kitobimni shunchaki ermak uchungina o’qilishini aslo istamayman”. 15. Tillarang sochli, qo’ng’iroq tovushli mittigina bolajon qaysi asar qahramoni? – “Kichkina shahzoda” 16. Kichkina shahzoda sayyorasida o’sadigan xavfli daraxt qaysi? – Baobab 17. Yer kichkina shahzoda tashrif buyurgan nechanchi sayyora edi? – 7-sayyora 18. Kichkina shahzoda tashrif buyurgan sayyoralarda kimlar yashar edi? – Birinchisida qirol, ikkinchisida shuhratparast, uchinchisida piyonista, to’rtinchisida korchalon, beshinchisida charog’bon, oltinchisida jug’rofiy olim yashar edi. 19. Kichkina shahzoda Yerda birinchi bo’lib nimaga duch keldi? – ilonga, keyin tulki, yo’l nazoratchisiga 20. Kichkina shahzodaning guli nimadan qo’rqar va nimadan qo’rqmas edi? – yelvizakdan qo’rqardi, yo’lbarsdan qo’rqmas edi.
Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling