1. Hozirgacha eskirmay kelgan, unutilmagan, "otalar so’zi" deb nomlanuvchi janr qaysi? maqollar
Download 142 Kb.
|
5-sinf-adabiyot-fanidan-savol-javoblar-toplamibaxtiyor.uz (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsud Qoriyev
Mirtemir
1. Ko’lu tog’lik, Bog’-u rog’lik o’zbek elim Momo yurti, Bobo yurti, chambilbelim, Zar-u gavhar – yaltiroq tosh, Nedir olmos, Sen biz uchun ham non, ham osh, Mangu meros. Ushbu parcha kimning qalamiga mansub? – Mirtemir 2. Mirtemir qachon va qayerda tug’ilgan? – 1910-yil Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida 3. Mirtemirning birinchi she’ri qaysi va qachon e’lon qilingan? – “Tanburim ovozi” 1926-yil (16 yoshida) 4. Mirtemirning birinchi she’riy to’plami qachon va qanday nom bilan e’lon qilingan? – 1928-yil “Shu’lalar qo’ynida” 5. “Zafar”, “Tong”, “Qaynashlar” to’plamlari kimning ijod mahsuli? – Mirtemir 6. Qirg’iz xalq eposi “Manas”, qoraqalpoq xalq dostoni “Qirq qiz”ni kim o’zbekchaga o’girgan? – Mirtemir 7. “Bong”, “Poytaxt”, “O’ch”, “Surat”, “Qoraqalpoq daftari”, “Tingla hayot”, “Izlaganim”, “Tog’day tayanchim”, “Yodgorlik” to’plamlari kimning qalamiga mansub? – Mirtemir 8. Mirtemirning umrining oxirida so’nggi yillardagi eng sara she’rlarini jamlab tuzgan she’riy to’plami? – “Yodgorlik” 9. Mirtemir qachon vafot etdi? – 1978-yil 24-yanvarda 10. “Bulut”, “Shudring”, “Baliq ovi”, “Qishlog’im” she’rlari kimning qalamiga mansub? – Mirtemir 11. Mirtemir bir she’rida “qo’li qardoqlim” deya kimga murojaat qilgan? – qishlog’iga 12. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan? Yoramazon aytar edik ba’zi kez, Shom payti, chang–tutun qishloq ko’chasi, Pul oshimi, to’qoch – olib chiqar tez, Tonggacha jaranglar oydin kechasi. – Mirtemir 13. Mirtemirning qaysi she’rida mehmondo’stlik ulug’langan, yaxshi so’zi “sarimoyga o’xshagan odamlar” tasvirlangan? – “Qishlog’im”
1. Maqsud Qoriyev qachon va qayerda tug’ilgan? – 1926-yil Toshkentda tug’ilgan. 2. 1947-yil Toshkent yuridik institutini tamomlab keyinchalik nomzodlik disseratsiyasini himoya qilgan adib kim? – M. Qoriyev 3. M. Qoriyev asarlarini sanang. – “Oydin kechalar”(1968),”Jiyda gullaganda” (1970), “Oy tutilgan sana” (1971), “Qiz uzatib borganda” (1972), “Afrosiyob go’zali”(1974), “Turnalar baland uchadi” (1976), “Oydin” (1979) 4. M. Qoriyev roman janriga qachon o’tdi? – 1980-yillarda 5. M. Qoriyevning tarixiy asarlarini sanang. – “Spitamen”(1985), “Ibn Sino”(1995),”G’aznaviylar” 6. M. Qoriyevning qaysi asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan? – “Qaldirg’ochlar bahorda keladi” hikoyasi va “Qiz uzatib borganda” qissasi asosida 7. Jurnalistika sohasidagi xizmatlari uchun “Oltin qalam”mukofoti bilan taqdirlangan adib? – M. Qoriyev 8. “Qaldirg’ochlar bahorda keladi”hikoyasida qaysi davr voqealari tasvirlangan? – 1966 -yil 26-aprel kuni Toshkenda yuz bergan zilziladan keyingi voqealar 9. “Qaldirg’ochlar bahorda keladi” hikoyasi qahramoni qizchaning ismi? – Nodira
Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling