«kichkina shahzoda»dan falsafiy fikrlar antuan de Sent-Ekzyuperi


Download 323.1 Kb.
bet1/4
Sana02.04.2023
Hajmi323.1 Kb.
#1319468
  1   2   3   4
Bog'liq
Antuan de Sent


Antuan de Sent–Ekzyuperi qalamiga mansub, yoshu kattaning ko’nglidan birdek joy olgan afsonaviy «Kichkina shaxzoda» ertak-qissa ilk marotaba 1943 yil 6 aprel kuni N`yu-Yorkda chop etilgan edi va bu asar hozirgi kunga qadar dunyoning 180 dan ortiq tilga tarjima qilindi.
Alohida sayyorada atirgul bilan birga yashaydigan tilla sochli bola haqidagi ushbu asarni o’qimagan yoki u haqda eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Ushbu asarni o’qigani ancha bo’lgan yoki umuman mutolaa qilmaganlar uchun, ushbu asardan sevgi va do’stlik haqidagi eng yaxshi fikrlarni taqdim etishni ixtiyor etdik.
Kurs ishini yozish jarayonida asosan quyidagi vazifalarni hal etmoqchimiz: - fransuz gumanizm uslubning asosiy tamoyilarini aniqlash;
fransuz gumanizm ruhidagi asar matnida insonparvarlik yo‘rig‘idagi tasviriy vositalarning o‘rnini aniqlash; Biz ijodi holda batafsil to`xtamoqchi bo`lganimiz - Antuan de Sent Ekzyuperi (1900-1944) nafaqat fransuz adabiyotida, balki XX asr jahon adabiy jarayonida alohida o`rin tutuvchi yozuvchilardan sanaladi. Sent-Ekzyuperi ijodi haqida fikr yuritishdan avval yozuvchining adabiyotdagi o`ziga xos o`rni nima bilan belgilanishi haqidagi masalaga to`xtash lozim bo`ladi. G`arb va rus adabiyotshunoslari yozuvchining o`ziga xosligini ijodkor professional uchuvchi bo`lganligi va birinchilardan bo`lib o`z kasbini asarlarining asosiy manbai, mavzusiga aylantirganligi bilan belgilaydilar. Yozuvchi ijodi haqidagi ko`plab tadqiqotlarda u gumanizm kuychisi, pastifizm g`oyalarining targ`ibotchisi sifatida talqin etilgan.


«KICHKINA SHAHZODA»DAN FALSAFIY FIKRLAR
Antuan de Sent-Ekzyuperi

Antuan de Sent–Ekzyuperi 1900 yilda Fransiyaning Lion shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. Yoshlik chog‘larida juda sho‘x, o‘ta qiziquvchan bo‘lib, o‘choqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida Man shahrida kollejda, keyin Shveysariyada va Parijtsa o‘qigan. 12 yoshida mashhur fransuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. 1919 yilda Antuan Parijdagi San’at maktabining arxitektura bo‘limiga o‘qishga kirib, ikki yildan so‘ng, 1921 yilda armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). 1926 yilda Antuan de Sent-Ekzyuperi “Latekaer” aviakompaniyasiga ishga qabul qilinadi. Antuan de Sent–Ekzyuperi 1944 yil 31 iyunda bazaga qaytib kelmaydi. Uning qachon va qayerda halok bo‘lganligi so‘nggi kunlargacha sir bo‘lib keldi. 2004 yilning bahorida Atlantika okeanining Ispaniya qirg‘oqlariga yaqin joyda “Layting — 38” ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan.
Antuan de Sent–Ekzyuperidan “Janubiy pochtachi” (1928), “Kichkina shahzoda” (1942), “Tungi uchish” (1931), “Bashar sayyorasi” (1939), “Harbiy uchuvchi” (1942) va tugallanmay qolgan “Qal’a” kabi asarlar qolgan.
Yozuvchi qalamiga mansub, yoshu kattaning ko‘nglidan birdek joy olgan afsonaviy “Kichkina shahzoda” ertak-qissasi ilk marotaba 1943 yil 6 aprel kuni Nyu-Yorkda chop etilgan edi va bu asar hozirgi kunga qadar dunyoning 180 dan ortiq tilga tarjima qilindi.


Download 323.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling