Antuan de sent-ekzyuperi
Download 53.5 Kb.
|
95 ANTUAN DE SENT-
ANTUAN DE SENT-EKZYUPERI 1. Antuan de Sent-Ekzyuperining tavallud yillari va joyini ko’rsating. * 1900-yilning 29-iyunida Fransiyaning yirik shaharlaridan biri Lionda kambag’allashgan zodagon oilasida 2. Antuan de Sent-Ekzyuperining bolaligi qanday kechadi? * Otasidan erta yetim qolib, Lion yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris maskanida o’tadi. 3. Antuan de Sent-Ekzyuperi yoshligida qanday bola bo’lgan? * Juda sho’x, quvnoq, ziyrak bola bo’lgan 4. Antuan de Sent-Ekzyuperi qayerlarda tahsil oladi? * 1909-1914-yilgacha Antuan va akasi Fransua Man shahridagi kollejda ta’lim olishadi. Birinchi jahon urushi boshlangach, onasi ularni Shveysariyadagi xususiy kollejlardan biriga o’qishga yuboradi 5. Antuan de Sent-Ekzyuperining qalbida chuqur o’zgarish ro’y berishiga hamda ilk bora yashashdan maqsad nima, degan savolga javob axtara boshlashga undagan voqea nima edi ? 1917-yilda akasi Fransua bevaqt olamdan o’tgach 6. Antuan de Sent-Ekzyuperi qachon Nafis sn’at akademiyasining arxitektura fakultetini tark etadi va buning sababi nima edi? * Antuan de Sent-Ekzyuperini insonning hayotdagi o’rni haqidagi fikrlar uni also tar k etmasdi, zero Antuan o’z hayotini aniq bir sohaga bag’ishlamoqchi, insoniyatga chinakam naf keltiradigan ishga qo’l urmoqchi bo’lib, 1921-yili ushbu fakultetni tark etib, Fransiya arbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi 7. Antuan de Sent-Ekzyuperi uchun 1928-yili nega hal qiluvchi yil bo’ladi? * Chunki u shu yili « Latoko-Eyr » havo kompaniyasiga ishga kirib , o’zi sevgan mashg’ulot bilan shug’ullana bshlaydi va o’zining « Uchuvchi » » nomli birinchi hikoyasini e’lon qiladi 8. Antuan de Sent-Ekzyuperining faoliyati haqida nimalarni bilasiz? * U Yevropaning, Afrika va Lotin Amerikasining turli burchaklariga uchib, yuk va yo’lovchilarni tashir edi. Keyinchalik u G’arbiy Saxara (Hozirgi Mavritaniya)ning Kap-Jubi shahri aeroportining boshlig’I, so’ngra bir fransuz aviakompaniyasining Argentinadagi bo’limi boshig’I bo’lib ishladi 9. Antuan de Sent-Ekzyuperi o’zining bo’sh vaqtlarini nimaga bag’ishlardi? * Adabiyot, musiqa va ixtirochilikka 10. Antuan de Sent-Ekzyuperining qaysi asari nufuzli “Femina” mukofotiga sazovor bo’lgan? * 1931-yilda yozilgan “Tungi parvoz” romani 11. Antuan de Sent-Ekzyuperining “Janub chopari” nechanchi yilda yaratilgan? * 1929-yilda 12. Antuan de Sent-Ekzyuperi qaysi asarida zamon va insonlar haqidagi fikrlarini bayon qiladi va u qanda mukofotga sazovor bo’ladi? * Eng mukammal asari 1939-yilda yozilgan “Erkaklar zamini” bo’lib, u Fransiya Akademiyasi tomonidan eng yaaxshi roman uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo’ladi 13. Qanday tarixiy voqea sababli Antuan de Sent-Ekzyuperi AQSHdan boshpana topishga majbur bo’ladi? * Fashistlar Germaniyasi Fransiyaga hujum qilgan birinchi kundanoq Antuan de Sent-Ekzyuperi harbiy havo kuchlariga xizmatga qaytgan va urush frontlarida razvedka uchishlari bilan shug’ullangan. Fransiya urushda mag’lubiyatga uchragach, AQSHda boshpana topadi 14. Antuan de Sent-Ekzyuperining ‘Harbiy uchuvchi” asari qaysi janrda va qachon yozlgan? * Novella janrida 1942-yilda yaratilgan 15. Antuan de Sent-Ekzyuperining 1943-yilda yozilgan mashhur falsafiy ertagini toping. * “Kichkina shahzoda” 16. Nega 1944-yil 31-iyul Antuan de Sent-Ekzyuperi uchun so’nggi parvoz sanaldi? * Chunki 1943-yilda u yana Fansiyaning Shimoliy Afrikadagi mustamlaka o’lkalarida fashistlarga qarshi kurashadi. Jangda uning samoloyotini fashist qiruvchilari urib tushirishadi. 17. Antuan de Sent-Ekzyuperini mashhur qilgan omil nimada? * Ijodidagi samimiyat, insonlarga mehr, nozik did. 18. Antuan de Sent-Ekzyuperining eng kichik asarlaridan birini ayting. * “Kichkina shahzoda” 19. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida qanday g’oyalar ilgari suriladi? * Inson hayotning ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o’rtasidagi do’stlik, hamdardlik va o’zaro hurmat munosabatlari, Yovuzlik va Yomonlikka qarshi kurash g’oyalari aks ettirilgan 20. Kim qaysi asar xususida quyidagi fikrlarini keltiradi? “ Men kitobimning shunchaki ermak uchungina o’qilishini also istamayman” * Antuan de Sent-Ekzyuperi « Kichkina shahzoda » asari xususida 21. “Abdullajon” filmining rjissori kim? * O’zbek kinopejissori Zulfiqor Musoqov 22. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asaridagi bolaga kim Kichkina shahzoda deb nom qo’yadi? * Muallif 23. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asaridagi Kichkina shazodaning aytishicha, uning sayyorasida qanday daraxtning urug’I ko’p? * Baobab 24. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida Kichkina shahzoda har tongni qanday qarshilaydi? * Baobab ko’chatlarini yulib, sayyorasini tozalash bilan 25. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida Kichkina shahzoda Yer sayyorasida kimlar bilan uchrashadi? * Ilon, tulki, gul bekat nazoratchisi, savdogar 26. “Agar qachonlardir Afrikaga, sahroga borib qolsangiz, bu joyni tanishingiz oson bo’ladi. Mabodo shu yerdan o’tar b’lsangiz, o’tinib so’rayman mana shu yulduz ostida bir nafas to’xtang! Bordi-yu shu payt tillarang sochli bir bola yoningizga kelib, qo’ng’iroqdek tovush bilan kula boshlasa, birorta savolingizga javob bermasa, o’ylaymanki, kimga duch kelganingizni albatta sezsangiz kerak. O’shanda sizdan o’tinib s’rayman, dardli yupanch berish esingizdan chiqmasin: uning qaytib kelganing zudik bilan menga xabar qiling” Ushbu parcha qaysi asardan olingan? * Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asaridan 27. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida uchuvchidan boshqa barcha qahramonlari qanday xaraktetga ega? * Ramziy xaraterga 28. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida ateriodlarning 325, 326, 327 kabi raqam berilib alohida nomlanishining asosiy sababi nimada? * Chunki ular aslida odamlarga xoz bo’lgan fazilat va nuqsonlar 29. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asaridagi Kichkina shahzoda qiyofasida qanday kuch namoyondir? * Ezgulik qudrati namoyon 30. Antuan de Sent-Ekzyuperining xotirasiga qayerda mashhur haykal o’rnatilgan va uning ko’rinishini ifodalang. * Fransiyada Lion shahrining markazida ko’kka bo’y cho’zgan baland oq marmar ustida adib o’tiribdi, uning yelkasiga qo’lini qo’ygancha Kichkina shahzoda turibdi. Ular bu yuksaklik uzra hamon suhbat qurayotgandek. 31. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adib asarini kimga bag’ishlaydi va bolalardan kechirim so’rar ekan qanday sabablarni keltiradi? * Do’sti Leon VERTga – bir paytlar yosh bola bo’lgan bolaga bag’ishlaydi; chunki u adibning eng yaxshi do’sti bo’lgan, ikkinchidan, u dunyodagi hamma narsani, hatto bolalarga atab chiqarilgan kitobchalarni ham tushunadi. Uchinchidan u Fransiyada yashaydi, u yerda hozir hamma yoq sovuq, ocharchilik, do’sti esa taskin-tasalliga benihoya muhtoj ekanligini aytadi 32. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asardagi rasmlar muallifi kim? * Antuan de Sent-Ekzyuperining o’zi 33. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adib necha yoshligida suda o’rmonlar haqida hikoya qiluvchi qanday kitobni o’qiydi va unda qanday surat berilgan edi? * Olti yasharligida “Bo’lgan voqealar” degan kitobda bahaybat bo’g’ma ilonnig bir yirtqich hayvonni tiriklay yutayotgani aks etirilgan edi 34. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adib ko’rgan “Bo’lgan voqealar” kitobida bo’g’ma ilon tasviri tushirilgan suratning ostiga qanday izoh yozilgan edi? * “Ilon o’ljasini chaynab o’tirmay but-butunicha yutib yuboradi. Shundan keyin u joyidan qimirlayolmay qoladi va to o’ljasini hazm qilib bo’lgunicha yarim yil dong qotib uxlaydi” degan izoh bor edi 35. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adibning 1-raqamli rasmi nima edi? * Filni tiriklay yutib yuborgan bo’g’ma ilon surati edi 36. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » ertagida adib 1-raqamli rasmini kattalarga ko’rsatganida ular qanday javob berishadi? * U ijodini ko’rsatib, qo’rqinchli emasmi, deya so’raganida ular: “Shlyapaning nimasi qo’rqinchli ekan?” deyishadi. 37. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adibning 2-raqamli rasmining paydo bo’lishiga sabab nima edi? * Chunki u chizgan rasmga tushunmay noto’g’ri izoh berishganida u kattalar tushunsn deya ilonning ichki ko’rinishi bilan 2-marta chizadi 38. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adibga kattalar ilonning tashqi va ichki ko’rinishlarini chizgandan ko’ra nima bilan shug’ullanishni maslahat berishadi? * Jug’rofiya, tarix, arifmetika va husnixat bilan shug’ullanishni 39. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adib necha yoshida rassomlikning porloq istiqbolidan voz kechishga majbur bo’ladi? * Olti yashar paytida 40. “Kattalar hech qachon o’zlaricha biron narsani tushuna olmaydilar, ularga hadeb hijjalab tushuntirib beraverish esa oxir-oqibat bolalarning ham joniga tegib ketadi” Ushbu parcha qaysi asardan olingan? * Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asaridan 41. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adib rassomchilikdan voz kechib, qaysi kasbni tanlaydi? * Uchuvchlikni 42. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adib umri davomida turli-tuman jiddiy odamlarni uchratganligini, kattalar orasida uzoq yashaganligini, ularni yaqindan ko’rganligini va fikri qanday o’zgarganligini aytadi? * Ular haqidagi fikri yaxshi tomonga o’zgarmaganligini aytadi 43. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida nega adib 1-raqamli rasmini asrab yurar edi? * Chunki u kattalar orasida boshqalardan ko’ra aqlli va farosatliroq biror kishini uchratganida unga 1-raqamli rasmini ko’rsatmoqchi edi 44. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adib kattala uni tushunishvermagach, ularning tushunchalariga moslashib, nimalar xususida gaplashishni maqul topadi? * Brij va golf o’yinlari haqida, siyosat va bo’yinbog’lar xususida 45. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adib necha yil muqaddam samolyotida qayerga tushib qoladi? * Olti yil muqaddam samolyotining motori buzilib, Sahroyi Kabirga tushib qoladi 46. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asaridahuvillab yotgan sahroda, qum ustida uzala tushib tunni o’tkazgan adibni tong-saharda uyg’otgan narsa nima edi? * “Iltimos, menga q’zichoq chizib ber! Degan kimningdir qo’ng’iroqdek ovozi 47. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida nega adib sahroda unga duch kelgan g’aroyib bir bolakayni suratini chizganida unga o’xshamaganida o’zini aybdor hisoblamaydi? * Chunki olti yashar paytida kattala unga sendan rassom chiqmaydi, deya rosa miyasiga quyishgandi-da 48. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida g’aroyib bolakay qo’zichoq rasmini adibdan chizib berishni so’raganida u nimaning rasmini chizib beradi? * O’zi bilgan o’sha eski ikki suratdan biri bo’lgan bo’g’ma ilonning tashqi ko’rinishini chizib beradi 49. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida g’aroyib bolakayga chizib berilgan qanday rasmlarni qaysi vaj bilan qaytaradi? * Adibning birinchi rasmidan keyingi suratini qo’zichoqni juda oriq deydi. Keyingisini qo’chqor, undan keyingisisni esa juda qari deb qaytaradi 50. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida adibning qaysi rasmidan so’ng bolakay gul-gul yashnab ketadi? * Qo’zichoq ichida deya bir qutichani chizib bergach 51. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida Kichkina shahzodaning sirli tashrifi haqida qayerdan bilib olsa bo’ladi? * Samolyotni bu qanaqa narsa? Deya so’raganida,adib uchishni bilishini aytganida “…sen ham osmondan tushib kelibsan-da. Xo’sh qaysi sayyoradan kelding?” deganidan 52. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida Kichkina shahzodaning yashaydigan joyi judayam kichkina ekanligi qaysi suhbatdan oydinlashdi? * Adib agar u aqlli bola bo’lsa, arqon va qoziq berishini, shunda qo’zichog’I biror yqqa qochib ketmasligini aytadi. Ammo Kichkina shahzoda unga javoban uning sayyorasi juda ham kichikligini aytadi 53. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarining nechanchi bobida gulg’uncha haqida bahs yuritiladi? * 8-bobida 54. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asaridagi Kichkin a shahzoda sayyorasida qanday gullaro’sishardi? * Hammavaqt oddiygina, behasham gullar o’sardi. Ular kambarg, beozorgina bo’lib, nihoyatda kam joyni egallar, ertalab ochilib, oqshom chog’I so’lib qolar edi. 55. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida Kichkina shahzodani hayratga solib o’sayotgan gul qayerdan paydo bo’lgan edi? * Shamolda uchib kelgan urug’dan 56. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida gulni ko’rgan Kichkina shahzoda dastlab uni nima deb qo’rqdi? * Baobabning yangi xili bo’lishidan 57. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida nega gul yuz ochishini paysalga solar edi? * U yashil gumbaz ichra pinhon o’tirgancha o’ziga oro berar, qunt bilan rang tanlar, gulbarg liboslarini nozik badaniga bir-bir o’lchab ko’rardi – yorug’ olamga allaqanday lolaqizg’aldoqqa o’xshab, hurpaygan-to’zg’igan holda diydor ko’rsatishni sira-sira istamasdi. 58. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida Kichkina shahzoda g’unchaning kamtarlik bobida namuna bo’lolmasligini uning qaysi xatti-harakatidan payqadi? * Kichkina shahzoda gulg’unchaga chiryli ekanligini aytganida u “ ha , balki bilgandirsiz, men quysh bilan birga tug’ilganman-da” deganida 59. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida nega Kichkina shahzoda gulg’uchanin ko’zachada muzdek buloq suvidan keltirib sug’oradi? Chunki gulg’uncha nonushta s’ragan edi-da 60. Antuan de Sent-Ekzyuperining « Kichkina shahzoda » asarida gulg’uncha ning “Men o’t emasman-ku” degan e’tiroziga nima sabab bo’ldi? * Gul poyasidagi to’rtta tikanni ko’rib, yo’lbarsdan qo’rqmasligini aytganida Kichkina shahzoda uning sayyorasida yo’lbars yo’ligini hamda yo’lbarslar o’t yemasligini aytishganda tir, o’ynayotir shamolda gir-gir. Havasingiz kelyaptimi ularga? Yog’a, buar also barg emas.Ular avtobus, tramvaylar derazasidan qurbon qilinayotgan, o’z taqdiri haqida hali ‘ylay omagan shirinlik, ichimliklarning gudor qg’ozlari. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling