«kichkina shahzoda»dan falsafiy fikrlar antuan de Sent-Ekzyuperi
Hamma kattalar ilgari bola bo’lgan. Ammo hammasi ham buni eslay olmaydi
Download 323.1 Kb.
|
Antuan de Sent
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar
Hamma kattalar ilgari bola bo’lgan. Ammo hammasi ham buni eslay olmaydi.
Do’stlarni unutib qo’yish yaxshi emas, chunki har xil do’stlar bor. Odamlar poezdga tezroq, shoshilib chiqishga harakat qilishadi, ammo ular ayni damda nimani qidirayotganliklarini bilmaydilar. Shu sabab ularning halovati yo’q. O’zlarini u yo’ldan bu yo’lga urishadi. Lekin hammasi bekor… Sen o’z harakatlaring bilan yashayapsan, jisming bilan emas… Sen – o’zingni harakatlaringdasan, sendan boshqa sen yo’q. Shunday qat’iy qoida bor: ertalab uyg’ondingmi, yuz–qo’lingni yuv, o’zingni va o’z sayyorangni tartibga keltirib qo’y. – Eng yaxshisi har doim bir vaqtda tashrif buyur, – deya iltimos qildi Tulki. Masalan, agar sen soat 4 da kelsang, men seni kutgunga qadar 3 soat baxtiyorlikni his etaman. Uchrashuv daqiqalari yaqinlashgani sari yanada quvonchga to’laman. Agar sen har xil vaqtda kelsang, seni qaysi payt kelishingni bilmayman, yuragimni kuttirib qo’yaman. Doimo bir hil vaqtda kel, buni an’anaga aylantiraylik… Kattalar hech qachon hech narsani o’z holicha tushunmaydi, shu sababli bolalar nimanidir tushuntirish va uqtirish uchun juda qiynalib ketishadi. Bu esa juda zerikarli… – Sening sayyorangda odamlar bir bog’ga mingta atirgul o’stirashdi… Ammo izlagan narsasiga erisholmaydi… – Ha to’g’ri – tan oldim men. – Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar? – Odamlar qani? – havotirda so’radi kichik shaxzoda, – cho’l–u – biyobonda bir o’zim yolg’iz qoldim… – Odamlar orasida bo’lsang baribir yolg’iz bo’lasan… – deya javob qaytardim. – Odamlar nimadir bilishi yoki o’rganishi uchun vaqt ham yetarli emas. Masalan, ular do’kondan tayyor narsani xarid qilishadi. Ammo haqiqiy do’stlik do’konlarda sotilmaydi. Balki shu sababli odamlar orasida do’stlik tuyg’usi yo’qolib borayotgandir. – Kattalarga: «Men juda chiroyli uy ko’rdim, qizil g’ishtli, derazalari atirshoh bilan o’ralgan, tomlari havorang, juda ajoyib uy…», – deb emas, «Men 100 ming franklik uy ko’rdim», deyishning o’zi kifoya. Shunda ular hammasini tushunadi va «Naqadar ajoyib go’zallik, zo’r uy ekan», deyishadi. Kattalar raqamlarni yaxshi ko’rishadi. Agar ularga yangi do’sting haqida gapirsang, do’stingni ovozi, uni qaysi o’yinni yaxshi ko’rishi, kapalak tutishni bilish–bilmasligi umuman qiziqtirmaydi. Ular darov «Do’sting necha yoshda? Aka – ukalari nechta? Og’irligi qancha? Otasining oyligi qancha?», deb so’rashadi. Savollarga javob olingach, do’stingni tanigandek bo’lishadi. – Agar do’sting bo’lishini istasang, mendan o’rnak ol! – Buning uchun nima qilish kerak? – so’radi kichkina shaxzoda. – Sabr – toqatli bo’lish kerak – javob qaytardi Tulki. – Avvalo, to’g’rimdagi stulga o’tir va birmuncha kut. Men senga ko’z qirim bilan qarayman, sen esa sukut saqla. Faqat har kuni biroz–birozdan yaqin kelaver… O’zinga o’rgatgan odamlar uchun hamisha javobgarsan, buni unutma. – Bir kuni men quyosh botishini 43 marta tomosha qildim. Bilasanmi, agar seni qayg’u bossa, quyosh botishini tomosha qilish qanchalar maroqli… – Demak sen quyosh botishini 43 marta ko’rgan kuning, nimadandir juda ranjigan ekansan–da? Download 323.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling