1-илова O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Korxonadagi xodimlarga oylik maosh hisoblash va ishga qabul qilish tartiblari


Download 1.3 Mb.
bet6/10
Sana09.05.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1449480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
zafar xisobot (3)

3.2 Korxonadagi xodimlarga oylik maosh hisoblash va ishga qabul qilish tartiblari

Yillik mehnat taʻtili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga asosan yuritiladi. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5290-son “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (bundan buyon matnda Farmon deb yuritiladi) muvofiq 2018-yildan boshlab rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanganligi va yillik mehnat taʻtili muddati ushbu kunlarga kamaytirilishini hisobga olgan holda yillik mehnat taʻtili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash, shuningdek foydalanilmagan mehnat taʻtili uchun pullik kompensatsiya toʻlovini (bundan buyon matnda pullik kompensatsiya deb yuritiladi) hisoblab chiqish tartibini belgilaydi.


Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnomaning talablari budjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qoʻllanilishi majburiy hisoblanadi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno.
Budjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun ushbu Yoʻriqnomaning talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.
2. Ushbu Yoʻriqnomaning talablari ijtimoiy taʻtillarga (homiladorlik va tugʻish, bolalarni parvarishlash, oʻqish bilan bogʻliq va ijodiy taʻtillarga), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 135-moddasi birinchi qismiga muvofiq belgilanadigan yillik uzaytiriladigan asosiy taʻtillarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Oʻrtacha ish haqi miqdorini hisoblab chiqishda qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallarini (davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallarni) hisoblashdagi barcha toʻlovlar hisobga olinadi.
Mehnat taʻtili vaqtida xodimning saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash va pullik kompensatsiyani hisoblab chiqish
Mehnatga vaqtbay haq toʻlashda oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqish
4. Oʻrtacha ish haqi hisob-kitob kunida belgilangan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) kelib chiqib:
tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan xodimlar uchun — mehnat taʻtili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 12 oy uchun olingan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarning oʻn ikkidan bir qismiga;
tashkilotda tegishli ravishda 6 oydan 11 oygacha ishlagan xodimlar uchun — mehnat taʻtili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 6 va undan ortiq oylar uchun olingan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarning oltidan bir qismiga (tegishli ravishda yettidan bir qismiga, sakkizdan bir qismiga, toʻqqizdan bir qismiga, oʻndan bir qismiga, oʻn birdan bir qismiga) oshirilgan holda hisoblab chiqiladi.
1-misol. Xodimga 7 oy ishlagandan keyin mehnat taʻtili berilgan. Xodimning hisob-kitob kunidagi tarif stavkasi 850 ming soʻmni tashkil etdi. Butun ishlangan davrda u 1 mln. 500 ming soʻm miqdorda mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlar olgan. Mehnat taʻtili haqini hisoblab chiqish uchun xodimning oʻrtacha ish haqi quyidagini tashkil etadi: 850 ming soʻm + (1 mln. 500 ming soʻm : 7) = 1 mln 64 ming soʻm.
Xodimlarning oʻrtacha ish haqlari ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda tarif stavkasi (lavozim maoshi) asosida aniqlanadi.
Hisoblash kuniga toʻgʻri keladigan ish haqi boʻlmagan xodimlar (masalan, vaqtinchalik ish boʻlmaganligi uchun ish haqi saqlanmagan holda taʻtilda boʻlganlar, bola parvarishida boʻlganlar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlganlar) yoki xodimning oʻrtacha ish haqi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanganda, oʻrtacha daromad ushbu davrdan oldingi oʻtgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida hisoblanadi.
5. Oʻrtacha ish haqini aniqlashda mukofotlar va tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq hisoblangan boshqa toʻlovlar ular hisoblangan davrdan qatʻi nazar ular hisoblangan oy boʻyicha hisobga olinadi.
2-misol. Joriy yilning iyul oyida taʻtil olgan xodimga birinchi yarim yillik uchun mukofot avgustda hisoblangan. Mazkur mukofot joriy yil uchun mehnat taʻtili haqini hisob-kitob qilishda hisobga olinmaydi, keyingi taʻtilni hisob-kitob qilishda hisobga olinadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida”gi qarori bilan mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti belgilangan xodimlarning tarif stavkasi (lavozim maoshi) mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi.
3-misol. Xodimga u ishlagan yil (12 oy) uchun mehnat taʻtili berilgan. Xodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi) hisob-kitob kunida 850 ming soʻmni tashkil etadi. Shuningdek, 40% miqdorda mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti belgilangan. Butun ishlagan davrida 3 mln. soʻm miqdorda mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlar olgan. Mehnat taʻtili haqini hisob-kitob qilish uchun xodimning oʻrtacha ish haqi quyidagicha hisoblanadi: 850 ming soʻm * 1,4 + (3 mln. soʻm : 12) = 1 mln. 440 ming soʻm.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling