1. Kirish. Bug‘ va gaz turbina qurilmalari sхеmalari


-mavzu. Turbina pog‘onalaridagi yo‘qotishlar


Download 40.95 Kb.
bet3/14
Sana24.12.2022
Hajmi40.95 Kb.
#1050929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
bug gaz

3-mavzu. Turbina pog‘onalaridagi yo‘qotishlar.
3.1. Turbina pog‘onalaridagi yo‘qotishlar.
3.2. Ichki yo‘qotishlar. Ishchi kurakchalardan chiqish tezligidagi yo‘qotishlar.
Tashqi yo‘qotishlar.
1. Yo‘qotishlarning guruhlanishi.
Bug‘ turbinalarida sodir bo‘ladigan yo‘qotishlarni ikki guruhga ajratish
mumkin: 1) ichki yo‘qotishlar. Turbinada ishchi jism kengayishida uning holati
o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi; 2) tashqi yo‘qotishlar. Bu yo‘qotishlar
turbinada ishchi jism kengayishida uning holati o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ichki yo‘qotishlarga quyidagilar kiradi: klapanlardagi yo‘qotishlar, soplodagi
yo‘qotishlar, chiquvchi tezlik bilan disk ishqalanishi va ventilyasiyasidagi
yo‘qotishlar, ichki tirqishlar orqali yo‘qotishlar, bug‘ namligi sababli yo‘qotishlar,
chiqish quvuridagi yo‘qotishlar. Tashqi yo‘qotishlarga quyidagilar kiradi: mexanik
yo‘qotishlar, tirqishdagi bug‘ yo‘qotishlar sababli sodir bo‘ladigan yo‘qotishlar.
2. Klapanlardagi yo‘qotishlar.
Turbinaga kiruvchi bug‘ berkituvchi va rostlovchi qurilmalardan o‘tishi kerak.
Bular turbinaning kirish qismida joylashgan stopor(to‘xtatuvchi) va rostlovchi
klapanlardir. Bu qurilmalar turbinaning konstruktiv qismlaridan biri hisoblanadi.
Demak, turbinaga kirishdagi bug‘ holati deganda stopor klapani oldidagi bug‘
holati tushuniladi. Bug‘ stopor va rostlovchi klapanlardan o‘tishida uning bosimida
yo‘qotish sodir bo‘ladi, ya’ni bug‘ drossellanadi. Drossellanganda bug‘ entalpiyasi
o‘zgarmaydi, ho=const. Lekin bu drossellash sababli turbinadagi issiqlik pasayishi
kamayadi, ya’ni drossellanishdan issiqlik yo‘qotilishi sodir bo‘ladi:
O‘rta bosimli turbinalarda drossellash tufayli sodir bo‘ladigan bosim
yo‘qotilishi klapanlar butunlay ochiq bo‘lganida birlamchi bug‘ bosimining 5 % ini
tashkil qilishi mumkin. Zamonaviy bug‘ turbinalarida bu yo‘qotishlar 3% va undan
ham kamroq. Hisob-kitoblar uchun drossellashdagi bosim yo‘qotilishini
quyidagicha qabul qilinadi:

Download 40.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling