1-ma’ruza. Elektrodinamikaga kirish. Reja


Nisbiylik nazariyasi va uning elektrodinamika qonunlarini yangicha tushinishga


Download 247.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.11.2021
Hajmi247.06 Kb.
#172094
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza

Nisbiylik nazariyasi va uning elektrodinamika qonunlarini yangicha tushinishga 

ko’rsatgan ta’siri 

 

1905-yilga  kelib  A.Eynshteyn  tomonidan  nisbiylik  nazariyasi  (aniqrog’i  xususiy 



nisbiylik nazariyasi) yaratilgandan so’ng, elektrodinamika qonunlariga butunlay yangicha qarash 

shakllana boshladi. Chunki bu nazariyaning asosiy ta’limoti bir qator fizik kattaliklarni nisbiyligini 

e’tirof etish orqali, tabiat qonunlarining (jumladan elektrodinamika qonunlarining xam) ob’ektiv, 

absolyut xarakterga ega ekanligini ta’kidlashdan iborat edi. Bu ma’noda nisbiylik nazariyasi bilan 

elektrodinamika  bir-birlariga  juda  yaqin  fanlar  ekanligi  tajribada  tasdiqlanadi.  Chunki  Nyuton 

mexanikasi qonunlari nisbiylik nazariyasi talablariga javob bera olmay unga tuzatishlar kiritilishi 

zarurati  tug’ilgan  bo’lsa,  elektrodinamikaning  eng  asosiy  tenglamalari  xisoblanuvchi  Maksvell 

tenglamalari birinchi invariant tenglamalar ekanligi ma’lum bo’ladiki, endi bu nazariyaga ko’ra 

“tinchlik” yoki “xarakatsizlik” nisbiy tushincha. Demak, bir jismni “tinch” xarakatsiz, deb xech 

qachon absolyut formada tasdiqlash mumkin emas. Chunki bir jismga nisbatan “tinch” turgan jism, 

ikkinchisiga nisbatan ma’lum tezlik bilan xarakterlanayotgan bo’lishi mumkin. Bu kuzatuvchini 

qayerda turganiga bog’liq. Shu tasdiqni elektr zaryadlariga (zaryadlangan zarralar) nisbatan xam 

to’laligicha  tadbiq  qilsa  bo’ladi.  Shunga  ko’ra  bir  sanoq  sistemasiga  nisbatan  “tinch”  turgan 



zaryadlangan zarra boshqa sistemaga nisbatan xarakatda bo’lsa u xolda bir vaqtning o’zida bunday 

zarra  xam  elektr  xam  magnit  maydonlarini  xosil  qilishi  mumkin.  Umuman  aytganda  tabiatda 

elektromagnit maydon yoki to’lqinlar mavjud ekanligi ob’ektiv reallik bo’lib qoladi. Shuni avval 

Maksvell nazariy yo’l bilan bashorat qilgan bo’lsa (1860 yillarda), 1888-yilda nemis fizigi G. Gers 

tajriba yo’li bilan isbotlagan edi. 

 

Shunday qilib tabiatda yagona elektromagnit maydongina mavjudligi, elektr va magnit 



maydonlari esa faqat sanoq sistemalarini sun’iy tanlash yo’li bilangina aloxida-aloxida qaralishi 

mumkinligi aniqlandi. 

 

Nisbiylik  nazariyasi  yaratilgunga  qadar  elektromagnit  to’lqinlar  (yorug’lik  to’lqinlari 



xam  shu  to’lqinlarning  ko’zga  ko’rinuvchi  to’lqin  uzunligiga  ega  bo’lgan  qismi  ekanligi 

elektrodinamikada isbotlanadi), tovush to’lqinlaridan xossalri jixatidan keskin farq qilib, muxitsiz 

joyda xam tarqala olishligini ya’ni elektromagnit to’lqinlarini tashish uchun vositachilarning xojati 

yo’qligini  isbotladi.  Buning  oqibatida  Maykelson  tajribasining  (efir  shamolini  ta’sirini  sezish 

maqsadida o’tkazilgan) natijasini juda oson tushintiriladi. “Efir shamolini ta’sirini sezish mumkin 

emasligini  sababi”-degan  edi  Eynshteyn,  efirning  o’zining  yo’qligida.  “Men  narsalarni  efirga 

nisbatan xarakati to’g’risida emas, balki ularni bir-birlariga nisbatan xarakati xaqidagina muloxaza 

yuritishim mumkin xolos”-deb davom etgan edi asrimizning eng buyuk fizigi. 

 

Nisibiylik nazariyasining elektrodinamika qonunlarini yangicha tushinishga ko’rsatgan 



yana  bir  ta’siri  shundan  iboratki,  u  elektromagnit  to’lqinlarning  tarqalish  tezligini  yuqori 

chegarasini belgilab berdi. Bu nazariyaning postulatlariga ko’ra yorug’lik (elektromagnit to’lqin) 

tezligi, uni chiqaruvchi manba tezligiga bog’liq emas va uning vakuumdagi tezligi eng katta tezlik 

bo’lib (taxminan 300000 km/s), xech qanday moddiy (ya’ni massaga ega bo’lgan) jism shunday 

katta  tezlik  bilan  xarakatlanishi  mumkin  emas.  Bu  postulatning  to’g’riligi  bilvosita  tajribada 

tasdiqlanadi. 

 

1902-yilda  nemis  nazariyotchi  fizigi  A.  Zommerfeld  vakuumda  yorug’lik  tezligidan 



katta tezlik bilan xarakatlanuvchi elektronning nurlanishiga doir ish qilib ajoyib natijalarni olgan 

edi. Lekin oradan uch yil o’tib yaratilgan nisbiylik nazariyasi yuqoridagi postulati bilan elektronni 

bunday  katta  tezlik  bilan  xarakatlanishi  mumkin  emasligini  ma’lum  qildi.  Natijada 

Zommerfeldning bu ishi to 1937-yilga qadar esga olinmadi. 

 

Nisbiylik  nazariyasi  vakuumdagina  moddiy  jismning  yorug’lik  tezligidan  katta  tezlik 



bilan xarakatlanishi mumkin emas, deb uqtiradi xolos. Muxitda esa moddiy jism masalan: elektron 

yorug’likning  shu  muxitdagi  tezligidan  (bu  tezlik  faza  tezligi  deyilib  u 




Download 247.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling