1-Ma’ruza. Kirish. Biokimyo va uning tarixi. Tirik
mavjudot harakatini o‘ziga xos ko‘rinishi, fanning ahamiyati. Hayot
jarayonida, modda almashinishida,- Yog‘lar, vitaminlar, oqsillar, uglevodlar,
fermentlar ahamiyati.
Biokimyo fani, tirik organizmlar tarkibiga kiradigan moddalarning
kimyoviy tabiatini, sifat o‘zgarishlarini va miqdoriy nisbatlarini, ularda
boradigan hayotiy jarayonlar asosini tashkil qiluvchi kimyoviy jarayonlarni
o‘rganadi.
Tirik organizmlar o„zida to„xtovsiz ravishda moddalar va energiya
almashinuvi protsesslari borishi bilan jonsiz tabiatdan farq qiladi. Ular o„ziga xos
ajoyib tuzilgan bo„lib, organizmlarda boradigan
moddalar almashinuvi
protsesslarining avtonom boshqarilishi, o„z - o„zini qayta tiklay olishi,
tashqi
muxit ta‟sirlariga javob berishi, ya‟ni tabiatiga ko„ra, holat va hususiyatlarini
o„zgartirishi kabi hayotning uzluksizligini ta‟minlovchi jarayonlar va hodisalarning
mujassamlashuvi asosida tashkil topgan. Bu hayotiy
jarayonlarning amalga
oshishida butun mikro va makroorganizmlarda va ularning har bir alohida mayda
molekulasigacha ma‟lum bir vazifa va funksiyalarni bajaradi.
Biokimyoning qisqacha tarixi. Biokimyo biologiya va kimyo fanlari
oralig„idagi bir soha bo„lganligi uchun, u shu ikki fanning ma‟lumotlari va
g„oyalariga asoslangan. Biokimyo alohida fan
sifatida biologiya va kimyo
fanlarining ma‟lum rivojlanish bosqichlarida paydo bo„lgan. Biokimyo
to„g„risidagi dastlabki tushuncha fransuz olimi
Lavuaze (1743-1794) ning XVIII
asr oxirlarida olib borgan tajribalaridan boshlangan deb hisoblanadi.
Uning
oksidlanish va bu jarayonda kislorodning roli haqidagi klassik tadqiqotlari tanadagi
yonish hodisasining kimyoviy asosini aniqlashga olib keladi.
Lavuaze bu
reaksiyada kislorod yutilib, karbonat angidrid ajralib chiqadi va issiqlik hosil
bo„ladi degan xulosaga kelgan edi.
Biokimyoning boshlang„ich tarixi organik kimyoning paydo bo„lishi va
ximiklarning o„simlik hamda hayvonlardan turli moddalarni
ajratib olishdagi
muvaffaqiyatlari bilan bog„liq. Ma‟lumki bu ishlar
Vyoler (1800-1882) tomonidan
tanada azot almashinuvining oxirgi mahsuli siydikchil (mochevina) ni sintez
qilishdan boshlanadi. Bu muhim kashfiyot tufayli hayvon mahsulotlari tabiatdan
tashqari qandaydir kuchlar ta‟sirida paydo bo„ladi, deb da‟vo qilib kelgan
vitalizm
nazariyasiga qattiq zarba berildi va shu bilan birga
organik kimyo tarixining
birinchi sahifalari ochildi. Ana shu davrda
Libix (1803-1873) barcha
o„simliklarning oziq manbai plastik molik bo„lib oqsil, uglevod, Yog„
va mineral
moddalardan tashkil topganligini qayd etdi.
Organik kimyoning bundan keyingi erishgan yutuqlari, hususan,
Shevrel
tomonidan (1786-1889) Yog„lar tuzilishining o„rganilishi, rus olimi
A.M.