1-Ma’ruza. Kirish. Biokimyo va uning tarixi. Tirik mavjudot harakatini o‘ziga xos ko‘rinishi, fanning ahamiyati. Hayot jarayonida, modda almashinishida,- yog‘lar, vitaminlar, oqsillar, uglevodlar, fermentlar ahamiyati


Download 345.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana05.10.2023
Hajmi345.49 Kb.
#1692449
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Маъруза



1-Ma’ruza. Kirish. Biokimyo va uning tarixi. Tirik 
mavjudot harakatini o‘ziga xos ko‘rinishi, fanning ahamiyati. Hayot 
jarayonida, modda almashinishida,- Yog‘lar, vitaminlar, oqsillar, uglevodlar
fermentlar ahamiyati. 
Biokimyo fani, tirik organizmlar tarkibiga kiradigan moddalarning 
kimyoviy tabiatini, sifat o‘zgarishlarini va miqdoriy nisbatlarini, ularda 
boradigan hayotiy jarayonlar asosini tashkil qiluvchi kimyoviy jarayonlarni
o‘rganadi. 
Tirik organizmlar o„zida to„xtovsiz ravishda moddalar va energiya 
almashinuvi protsesslari borishi bilan jonsiz tabiatdan farq qiladi. Ular o„ziga xos 
ajoyib tuzilgan bo„lib, organizmlarda boradigan moddalar almashinuvi 
protsesslarining avtonom boshqarilishi, o„z - o„zini qayta tiklay olishi, tashqi 
muxit ta‟sirlariga javob berishi, ya‟ni tabiatiga ko„ra, holat va hususiyatlarini 
o„zgartirishi kabi hayotning uzluksizligini ta‟minlovchi jarayonlar va hodisalarning 
mujassamlashuvi asosida tashkil topgan. Bu hayotiy jarayonlarning amalga 
oshishida butun mikro va makroorganizmlarda va ularning har bir alohida mayda 
molekulasigacha ma‟lum bir vazifa va funksiyalarni bajaradi. 
Biokimyoning qisqacha tarixi. Biokimyo biologiya va kimyo fanlari 
oralig„idagi bir soha bo„lganligi uchun, u shu ikki fanning ma‟lumotlari va 
g„oyalariga asoslangan. Biokimyo alohida fan sifatida biologiya va kimyo 
fanlarining ma‟lum rivojlanish bosqichlarida paydo bo„lgan. Biokimyo 
to„g„risidagi dastlabki tushuncha fransuz olimi Lavuaze (1743-1794) ning XVIII
asr oxirlarida olib borgan tajribalaridan boshlangan deb hisoblanadi. Uning 
oksidlanish va bu jarayonda kislorodning roli haqidagi klassik tadqiqotlari tanadagi
yonish hodisasining kimyoviy asosini aniqlashga olib keladi. Lavuaze bu 
reaksiyada kislorod yutilib, karbonat angidrid ajralib chiqadi va issiqlik hosil 
bo„ladi degan xulosaga kelgan edi. 
Biokimyoning boshlang„ich tarixi organik kimyoning paydo bo„lishi va 
ximiklarning o„simlik hamda hayvonlardan turli moddalarni ajratib olishdagi 
muvaffaqiyatlari bilan bog„liq. Ma‟lumki bu ishlar Vyoler (1800-1882) tomonidan
tanada azot almashinuvining oxirgi mahsuli siydikchil (mochevina) ni sintez 
qilishdan boshlanadi. Bu muhim kashfiyot tufayli hayvon mahsulotlari tabiatdan 
tashqari qandaydir kuchlar ta‟sirida paydo bo„ladi, deb da‟vo qilib kelgan vitalizm 
nazariyasiga qattiq zarba berildi va shu bilan birga organik kimyo tarixining 
birinchi sahifalari ochildi. Ana shu davrda Libix (1803-1873) barcha
o„simliklarning oziq manbai plastik molik bo„lib oqsil, uglevod, Yog„ va mineral 
moddalardan tashkil topganligini qayd etdi. 
Organik kimyoning bundan keyingi erishgan yutuqlari, hususan, Shevrel 
tomonidan (1786-1889) Yog„lar tuzilishining o„rganilishi, rus olimi A.M. 

Download 345.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling