1-Ma’ruza. Kirish. Biokimyo va uning tarixi. Tirik mavjudot harakatini o‘ziga xos ko‘rinishi, fanning ahamiyati. Hayot jarayonida, modda almashinishida,- yog‘lar, vitaminlar, oqsillar, uglevodlar, fermentlar ahamiyati


Hozirgi zamon bikimyo fani o‘rganiladigan tadqiqotlarning turiga va


Download 345.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana05.10.2023
Hajmi345.49 Kb.
#1692449
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Маъруза

Hozirgi zamon bikimyo fani o‘rganiladigan tadqiqotlarning turiga va 
olib boriladigan tekshirish ishlarining yo‘nalishiga qarab mustaqil fanlar 
darajasiga ko‘tarilgan quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi. 
Umumiy biokimyo: tirik materiya uchun xos bo„lgan kimyoviy 
birikmalarning organizm hayot faoliyati davomida saqlanishi, o„zgarishning 
umumiy qonuniyatlarini o„rganadi. 
 O‘simliklar biokimyosi o„simliklar organizmni kimyoviy tarkibini va 
ulrada boradigan hayotni ta‟minlovchi biokimyoviy jaryonlarni o„rganadi. 
Meditsina biokimyosi odam organizmining kimyoviy tarkibini va unda 
boradigan moddalar hamda energiya almashinuvini normal va kasallik holatlarida 
o„rganadi.
Hayvonlar biokimyosi hayvonlar organizmining kimyoviy tarkibini va 
ularda boradigan moddalar hamda energiya almashinuvi jarayonlarini o„rganadi. 
Veterinariya biokimyosi hayvonlar organizmida boradigan moddalar va 
energiya almashinuvini ta‟minlovchi biokimyoviy jarayonlarni normal va 
patologik holatlar bilan bog„liq holda o„rganadi. 
Texnik biokimyo eng muhim oziq moddalarning kimyoviy tarkibini, ularni 
tayyorlash va saqlash bilan bog„liq bo„lgan jarayonlarni hamda biokimyoviy 
preparatlar ishlab chiqarish va ularni sanoat miqyosida qo„llash usullarini 
o„rganadi. 
Qiyosiy biokimyo har xil sistematik gruppalarga mansub organizmlarning 
kimyoviy tarkibini va moddalar almashinuvi jarayonlarini solishtirma hamda 
evolyusion usulda o„rganish bilan shug„ullanadi. Keyingi vaqtda bu bo„limdan 
evolyusion biokimyo alohida bo„lib ajralib chiqqan. 
Molekulyar biokimyo biokimyoviy 
protsesslar 
mexanizmi alohida 
molekulalardagi u yoki bu xildagi o„zgarishlar bilan bog„liqligini o„rganadi. 
Radiatsion biokimyo tirik organizmlarda ionlashtiruvchi nurlanish ta‟sirida
sodir bo„ladigan moddalar almashinuvidagi o„zgarishlar va holatlarni hamda 
radiatsiyaga qarshi biokimyoviy kurash usullarini ishlab chiqish yo„llarini 
o„rganadi. 

Download 345.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling