1-Ma’ruza. Kirish. Biokimyo va uning tarixi. Tirik mavjudot harakatini o‘ziga xos ko‘rinishi, fanning ahamiyati. Hayot jarayonida, modda almashinishida,- yog‘lar, vitaminlar, oqsillar, uglevodlar, fermentlar ahamiyati


Download 345.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana05.10.2023
Hajmi345.49 Kb.
#1692449
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Маъруза

Kvant biokimyosi tirik organizmlarda eng katta biologik ahamiyatga ega 
bo„lgan moddalarning xossalari, hususiyatlarini, funksiyalari va o„zgarish 
yo„llarini, ularning elektron xarakteristikasini kvant kimyosining hisoblash yo„li 
bilan o„rganadi.
Biokimyoviy 
genetika 
irsiyatning 
kimyoviy 
asoslarini, 
makromolekulalarning spetsifik biosintezi orqali irsiyatning nasldan-naslga o„tish 
yo„llarini o„rganadi. 
Kosmik biokimyo odamzod tomonidan kosmik fazoning o„zlashtirilishi bilan 
bog„liq bo„lgan biokimyoviy muammolarni o„rganadi. 
Biokimyo fani hozirgi rivojlanish darajasida qator oziq ovqat sanoati 
maxsulotlarida kechadigan turli xildagi biokimyoviy jarayonlarini, biologik
texnologik, biotexnologik, meditsina, qishloq xo„jaligi, chorvachilikning va 
mikrobiologiya sanoatining muhim fundamental masalalarini hal qilishga qodir.


Hozirgi zamon biokimyosi hayot kechirish jarayonida asos bo„luvchi 
moddalar va kimyoviy reaksiyalarini tadqiqot qilish bilan shug„ullanadi. Oziq-
ovqat va mikrobiologik sanoatda, qishloq xo„jaligida, har - xil qishloq xo„jalik
mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda biokimyoviy jarayonlar katta ahamiyatga 
ega. Hamma oziq-ovqat sanoati qishloq xo‘jaligi maxulotlarini qayta ishlaydi. 
Shuning uchun ham sanoat mutaxassislari biokimyo fanining asoslarini 
egallashlari shart. Yana biokimyo fanining ahamiyati shundaki, uning yutuqlariga, 
nazariyalariga 
asoslangan 
holda, 
oziq-ovqat 
texnologik 
jarayonlarini 
takomillashtirish, yangi ratsional tizma va xomashyoni yangicha, chiqindisiz qayta 
ishlashga erishish mumkin. 
Shunday qilib, biokimyo oziq-ovqat texnologiyasini nazariy asosi bo„lib,
barcha kimyoviy bilimlarni umumlashtirib ixtisos texnologik fanlarni o„qishga 
asos yaratadi. Biokimyo kursida talabalar tirik organizmlarning (o„simlik, 
hayvon) 
kimyoviy 
tarkibini 
tuzilishini, 
moddalar 
almashinishi 
asosiy 
yunalishlarini, oziq-ovqat xomashyosini saqlash va qayta ishlash sanoatidagi 
biokimyoviy jarayonlarni taxlil qilib va tartibga solish usullarini o„rganadilar. 
Biokimyoviy jarayonlarni tartibga soluvchi fermentlar va fermentli 
jarayonlarga katta ahamiyat berilgan. Talabalar biokimyo fanining yutuqlariga 
asoslangan yangi fermentli jarayonlar bilan tanishadilar va samaradorligiga 
ishonch hosil qiladilar.
Biokimyo kursi tirik organizmlarning hayot faoliyatini ta‟minlovchi 
strukturasi va modda almashinish jarayonini ta‟minlovchi mexanizm asoslari bilan 
tanishtiradi. Bu fan hayotning molekulyar asoslarini va tirik organizmning o„z 
oldida turgan amaliy ahamiyatga ega bo„lgan modda almashinish jarayonlarining 
echish yo„llari bilan tanishtirib ximiklar, texnologlar, fiziklar shu muhim bo„lgan 
jarayonlarning tabiatdagi hal qilish yo„llarini ko„rsatadi. Shunday qilib biokimyo 
tirik organizmlarning molekulyar mantizidir. 

Download 345.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling