1-Ma’ruza. Kirish. Biokimyo va uning tarixi. Tirik mavjudot harakatini o‘ziga xos ko‘rinishi, fanning ahamiyati. Hayot jarayonida, modda almashinishida,- yog‘lar, vitaminlar, oqsillar, uglevodlar, fermentlar ahamiyati


Download 345.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana05.10.2023
Hajmi345.49 Kb.
#1692449
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Маъруза

Palladin (1859-1922), Keylin (1887-1963) va Teorell ishlari asosida hujayraning 
oksidlanish jarayonlari haqidagi dastlabki nazariyalar maydonga keldi. Shu davrda 
birinchi biokimyo kafedralari tashkil etilib darslar o„tilgan. Darsliklar va jurnallar 
nashr qilina boshlangan. Keyingi yillarda biokimyoning tez suratlar bilan jadal 
taraqqiy etishiga shu davrdagi tadqiqot ishlarini olib borish uchun bir qator
apparatlar va yangi usullarning kashf etilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo„ldi. 
Bular qatorida to„qimalarning nafas olishini tekshirish uchun Barkfort – 
Vargburgning 
qimmatli 
monometrlik 
apparati, 
Svedbergning 
ultratsentrifugasi, Tizeliusning elektroforez apparati va keyinroq izotoplar 
usuli  hamda 1908 yilda rus olimi Svet kashf etgan xromatografiya usulining 
modifikatsiyasi-qog„oz xromatografiyasining biologik va kimyoviy tekshirishlar 
uchun tatbiq qilinishi muhim o„rnini egalladi. 
Hozirgi zamon biokimyosi Meyergof va Xillning qisqaruvchi muskullarda 
sut (laktat) kislota hosil bo„lishi bilan kislorod yutilishi va issiqlik ajralishi 
orasidagi korrelyasiyani aniqlashdan boshlangan deb hisoblanadi. Glikoliz hamda 
achish jarayonlari uglevodlarning muskullar va mikroorganizmlarda o„tadigan 
anaerob (kislorodsiz) sharoitda parchalanishidan iborot bir xil jarayonning o„zi 
ekanligini va ularning oraliq bosqichlarini aniqlanishi hujayra metabolizmi 
(moddalar almashinuvi) tushinishda yangi saxifa bo„ldi. 
Hozirgi zamon biokimyosining yaratilishida hujayra nafas olishining 
fermentlari va kofaktorlari (ferment faoliyatida ishtirok etadigan qo„shimcha 
moddalar) kashf etilishi, har bir oksidlanish reaksiyasi vodorod hamda elektron 
tashishni o„z ichiga oladigan bir qancha bosqichlaridan iborat va shu tufayli 
hujayra energiyani kichik ulushlarda ajratish hususiyatiga ega bo„ladi, degan fikrni 
ilgari surilishi ham muhim o„rin tutadi. Aerob (kislorodli) sharoitda ADF 
(adinozindifosfat) ning ATF (adinozintrifosfat)ga aylanishi va Lipman tomonidan 


ATF terminal (oxirgi) pirofosfat bog„larining energiya saqlovchi rezervuar ekanligi 
aniqladi. 

Download 345.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling