1-Ma’ruza. Kirish. Biokimyo va uning tarixi. Tirik mavjudot harakatini o‘ziga xos ko‘rinishi, fanning ahamiyati. Hayot jarayonida, modda almashinishida,- yog‘lar, vitaminlar, oqsillar, uglevodlar, fermentlar ahamiyati


Butlerov (1828-1886) va nemis olimi Emil Fisher (1852-1919) ning uglevodlar, Kossel


Download 345.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana05.10.2023
Hajmi345.49 Kb.
#1692449
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Маъруза

Butlerov (1828-1886) va nemis olimi Emil Fisher (1852-1919) ning uglevodlar,
Kossel (1853-1927) va Fisherning nukleoproteidlar hamda oqsillar ustidagi ishlari 
oziq moddalar va hujayralarning tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon berdi. XIX 
asrning ikkinchi yarmida o„simliklar va hayvonlar fiziologiyasini o„rganishda ham 
katta muvaffaqiyatlarga erishildi: natijada fiziologik tadqiqotlarda organizmlarning 


kimyoviy tarkibiy qismlari va ulardagi kimyoviy jarayonlarni tekshirish ishlari 
jarayonlari kengayib borgan. Fransuz olimi Lui Paster (1882-1895) achish 
jarayoning tabiatini, I.P. Pavlov (1849-1936) hayvonlar oziqlanishining 
fiziologiyasini, K.A. Timiryazev (1843- 1920) o„simliklardagi fotosintez 
jarayonini o„rganishi bunga misol bo„ladi. Byuxner (1860-1917) achish bilan 
bog„liq xodisalarni tekshirib, hayot jarayonlarining xaqiqiy tezlatuvchilari – 
hujayraning katalizatorlari bo„lgan fermentlar (enzimlar) to„g„risida hozirgi 
zamon konsepsiyasini yaratdi. Ovqatlanish va ovqat moddalar tarkibidagi 
qandaydir noma‟lum omillarning etishmasligi bilan bog„liq kasalliklarni tekshirish 
asosida vitaminlar xaqidagi ta‟limot paydo bo„lgan.
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida fizik kimyoning asosiy tushunchalari 
- elektrolitik dissotsiatsiya, vodorod ionlari konsentratsiyasi – pH, oqsillarning 
kolloid tabiati, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularning biologik hodisalarga 
tatbiqi xaqida asosiy ma‟lumotlar olindi. Shu yillarda viruslar va ularning 
nukleoproteid tarkibi, ichki sekretsiya bezlari hamda ularning moddalar 
almashiniuvini boshqarishda asosiy rol o„ynaydigan gormon nomli biologik faol 
kimyoviy mahsulotlari aniqlana boshlandi.
Varburg (1883-1970), Viland (1877-1957), A.N. Bax (1857-1946), V.N. 

Download 345.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling