1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


-MA`RUZA  Mavzu: Gen injenerligi mohiyati va tarixi. Klonlash uchun DNK manbalari


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

6-MA`RUZA 
Mavzu: Gen injenerligi mohiyati va tarixi. Klonlash uchun DNK manbalari
.
 
Reja: 
1. Gen injenerligi mohiyati va tarixi;
2. Klonlash uchun DNK manbalari. 
3. Biotexnologiya obyektlariga quyiladigan talablar. 
Biotexnologik jarayonlarni muvofiqlashtirish tirik organizmlar ishtirokida o’tadi, 
bunda asosiy e’tibor ularning genetik xususiyatlarini yaxshilashga qaratiladi. Buning uchun 
an’anaviy usullarda sun’iy mutagenez metodlaridan ya’ni irsiyatga turli xil fizik va kimyoviy 
faktorlar ta’sir ettirib mutatsiyalar hosil qilish kabilardan foydalaniladi. Bugungi kunda 
rekombinant DNK texnologiyasiga asoslangan yangidan-yangi metodlarning ishlab chiqilishi 
va amaliyotda qo’llanilishi bu sohada ulkan o’zgarishlarga olib keldi. Genetik 
materiallarning modifikatsiyasi har xil usullarda ( in vivo va in vitro ) sharoitlarda amalga 
oshiriladi, shunga ko’ra u ikki yo’nalish genetik muhandislik va hujayra muhandisligi ga 
bo’linadi.
Gen muhandisligi – biotexnologiyaning tez rivojlanib borayotgan yo’nalishlaridan biri 
bo’lib, molekular biologiya, genetika, biokimyo fanlarining uzviyligida vujudga kelgan va 
turli xil organizmlarda genetik manipulyatsiyalar olib borish imkonini beradi. 
Birinchi marotaba F.Misher 1869 yilda nuklein kislotalar haqida xabar qilgan bo’lsa, 
1944 yilga kelib O.T.Everi va uning hamkasblari aynan DNK irsiy axborotlarni saqlashda 
xizmat qilishini isbotlashdi. Ular tozalangan dezoksiribozali kislota yordamida kasallik 
chaqirmaydigan pnevmokkok shtammini kasallik chaqiradigan shtamiga transformatsiyasini 
o’rgandilar. 1953 yilda D.Uotson va F.Kriklar DNK strukturasining modelini yaratishgan 
bo’lsa, 1966 yilda M.Nirenberg, S.Ochao, X.Mattei va N.Koranalar genetik kod tripletlarini 
aniqlashdi va nuklein kislotalar metabolizmida ishtirok etadigan fermentlarni (ligaza va 
restriktazalar) ajratib olishdi.
1-jadval. 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling