1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja


Qoyatosh rasmlari yodgorliklari


Download 0.9 Mb.
bet27/52
Sana22.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1793617
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги

Qoyatosh rasmlari yodgorliklari O‘zbekistonning tog‘lik rayonlarida keng tarqalgan. Ular ishlanish texnikasiga ko‘ra ikki turda bo‘ladi: Birinchisi har xil bo‘yoqlar bilan ishlanadi, ikkinchi turida esa, urib– o‘yish yo‘li bilan ishlanadi.
O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda rangli bo‘yoqlar–oxra bilan ishlangan rasmlar juda kam topilgan. Asosan urib–o‘yib, chizish usuli bilan ishlagan rasmlar, ya’ni petrogliflar juda keng tarqalgan.
O‘zbekistonda qoya tosh rasmlarini o‘rganish ishi asosan o‘tgan asrning 30 yillaridan boshlangan. Bu sohada G.V.Parfyonov, A.P.Okladnikov, X.Botirov, M.Xo‘janazarov, Yu.Buryakov va boshqalarning xizmatlari kattadir.
O‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng ajoyib namunalariga Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Qorachorvoqsoy, Ko‘ksaroy, Ilonsoy, Teraklisoy, Tutlisoy, Sho‘rbuloqsoy, Xo‘jakent va boshqalarni kiritish mumkin. Ular jami 100 dan ortiq joydan topilgan.
Mazkur joylardagi qoyatosh suratlarda turli xayvonlarning tasvirlari, odamlarning harakatlari, ov manzaralari aks etgan. Ko‘pincha bu tasvirlarda o‘sha davr odamlarining diniy qarashlari bilan bog‘liq tuchunchalar ask etgan. O‘zbekiston xududidan topilgan eng mashhur yodgorlik Zarautsoy yodgorligi bo‘lib, unda buqa va echkilarni ovlash manzarasi aks etgan. Tadqiqotchilar fikricha, bu manzara mezolit va neolit davrlarining mil.avv. VIII –IVming yilliklarga mansubdir.
Qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar arxeologik yodgorliklarning bir turi sifatida ajdodlarimiz madaniyati tarixini o‘rganishda juda muxim ahamiyat kasb etadi. Qoyatosh rasmlari orqali qadimgi davr kishilarining xo‘jalik xayoti haqida, hayvonlarni ov qilish, qo‘lga o‘rgatish va xonakilashtirish, chorvachilikning vujudga kelishi, uning turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlari qadimgi ota–bobolarimizning g‘oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodini o‘rganishda juda muxim tarixiy manba hisoblanadi. Ma`lumki mezolit davrida bizni Markaziy Osiyo xu dudlaridagi ayrim yodgorliklarda dehqonchilikka o‘tmagan bo‘lsalarda chorvachilikni ilk ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan edi. Neolitga kelib esa, nafaqat chorvachilikka, balki dehqonchilik bilan ham shug‘ullanuvchi jamoalar ham vujudga keldi. Bunday xolat ajdodlarimizni nafaqat moddiy ishlab chiqarishlarida, balki ma`naviy hayotlarida ham katta o‘zga-rishlarga olib keldi. Ammo barcha joylarda ham o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish bir vaqtni o‘zida sodir bo‘lmadi. Balki turli sabablarga ko‘ra taraqqiyotni note^is rivojlanishi oqibatida bir vaqtni o‘zida turli regionlarda turlicha rivojlanish yuzaga keldi. Masalan: Markaziy Osiyoning shimoliy qismida Kaltaminor madaniyatini sohiblari ovchilik, balihchilik va termachilik bilan shug‘ulllangan bo‘lsalar, uning sharqiy qismida Hisor madaniyati odamlari chorvachilik bilan, janubida esa Joyitun madaniyatining odamlari dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Bu uch xil yo‘nalishdagi xo‘jaliklar bir vaqtni o‘zida, ya`ni neolitni o‘zida bo‘lib o‘tgan. Markaziy Osiyo neoliti o‘rta hisobda eradan avvalgi VI-IV ming yillikdan to III ming yillikkacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Neolitga kelib, mezolitga nisbatan jamoalarni turli joylarga o‘rnashuvlari ancha jadal sur`atlar bilan sodir bo‘ladi. Natijada ular turli xildagi neolit davri mada-niyatiga ega bo‘ladilar. Ularni xilma-xilligi mehnat qu-rollarida, xo‘jalik asboblarida, turar joylarida va xo‘ja-lik yuritish usullarida yaqqol ko‘rinadi. Neolitga kelib, aholini soni ham juda sezilarli darajada ko‘payadi. Olimlarimizni taxminiy hisob-kitoblariga qaraganda, agar me-zolitda aholini soni 5,32 mln. bo‘lgan bo‘lsa, neolitga ke-lib ularni dunyo bo‘yicha soni 86,5 mln. ga etadi. Shuni ta`kidlash joizki, garchi neolitga kelib, o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish nisbatan sezilarli darajada bo‘lgan bo‘lsada, hali juda ko‘p joylarda o‘zlashtiruvchi xo‘jalik xukmronlik qilar edi. Ammo shunga qaramay mehnat qurollarini yasashda va ularni turlarini ko‘payishida katta yutuqlarga erishildi. Daraxtlarni qirqish va yog‘ochlarga ishlov berish kabi vazifalarni bajaruvchi bolta, tesha (teslo), iskana (doloto) larni roli oshdi. Shu bilan birga neolit davri davomida mezolitda boshlangan tosh qurollariga ishlov berish usullari tobora takomilla-shib bordi: o‘zaklardan plastinkalarni uchirib olish texni-kasi va ezib ishlov berish (odjimnaya retush’) usulllari rivojlandi. ezib ishlov berish usuli bilan ilgarigidek kamon o‘qlarini irg‘itib sanchishga mo‘ljallangan nayza (drotik) larni, teshishga moslashtirilgan (prokolka) larni va pichoqlarni yasashda davqom etildi. Mikrolitlardan, ya`ni plastinkalarni siniqlaridan geometrik shakldagi moslamalardan va mayda uchirindilardan xanjar hamda nay-za uchlarini yasash ham takomillashdi. Mezolitda paydo bo‘lgan boltalarni silliqlash (shlifovannne) takomillasha-di. Bunday xolatlar, ayniqsa o‘rmonzor xududlarda jadal sur`atlar bilan rivojlanadi. Arxeolog olimlarni o‘tkazgan tajribalari shuni ko‘rsatdiki, boltalarni silliqlash va dasta o‘tqazish uchun teshish kabi jarayonlar uncha ko‘p vaqtni olmagan. XX asrni 70- yillariga qadar arxeologlarni o‘rta-sida bitta boltani dasta o‘tqazish uchun teshish jarayoni shunday uzoq davom etganini, otasini ishini bolasi, xatto nabirasi davom ettirgan degan tushuncha bor edi. Ammo keyingi yillardagi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bitta boltani teshish jarayoniga 2-3 soat vaqt kifoya qilgan, xolos. Chunki neolit davri odamlariga nafaqat „boltalarni sil-liqlash texnikasi, balki ularni parmalash usuli (prosver-lenie) ham ma`lum edi. Boltalarda teshik xosil qilib, ularga dastalarni o‘tkazilishiibtidoiy odamlarga juda kat-ta imkoniyatlar yaratdi. endi ular bu dastali boltalar yor-damida o‘rmonlardan daraxtlarni kesib kelib uylar xatto qayiqlar yasay boshladilar. Qayiqlar odatda yo‘g‘on daraxt-larni tanalarini tosh boltalar yordamida o‘yib yasalgan. Bu jarayon o‘z navbatida katta mehnatni talab qilgan, albatta. Shuning uchun ham ajdodlarimizni bu kabi ishlarni bajarganliklarini ko‘z o‘ngimizga keltirganimizda ular bunday ishlarni bajarish uchun bir necha yillar davomida o‘z vaqtlarini sarflagan bo‘lsalar kerak deb o‘ylaymiz.
Neolitda aholi sonini o‘sishi bilan ularni taraqqiyoti tobora yuksalib, menat qurollarini xillari ham ko‘payib, ana shu turli qurollarni yasash uchun zarur bo‘lgan chaqmoq-toshlarga ehtiyoj kuchaygan. Chunki million yillar davomida mehnat va ov qurollarini yasab tajriba orttirgan ajdodla-rimiz barcha turdagi toshlarni qaysi xil samarali ekanli-gini anglab etganlar. Nafaqat bizni Markaziy Osiyoda, balki er yuzidagi neolit odamlarini hammasi ko‘p xildagi tosh jinslari orasida eng samaraligi chaqmoqtosh (kremen) ekanligiga iqror bo‘lganlar. Er yuzidagi barcha yodgorliklardan topilgan mehnat va ov qurollarini eng sifatlilarini chaqmoqtoshdan yasaganliklari buni guvoxidir. Chaqmoqtoshni bosh-qa tosh jinslaridan asosiy farqi shundaki, undan uchi-rilgan uchirindilarda va plastinkalarda boshqa turdagi tosh jinslariga xos bo‘lmagan o‘tkir qirralar hosil bo‘ladi. Ajdodlarimiz tomonidan uchirib olingan plastinkalardagi o‘tkir qirralar shu qadar nozik va nafiski, ularni o‘tkirligi xozirgi zamon lezviyasiga o‘xshab ketadi. Bunday o‘tkir qirrali mehnat qurollarini faqat chaqmoqtosh jinsidangina qilish mumkin edi. Boshqa tosh jinslarida bunday xususiyat yo‘q edi. Ajdodlarimizga o‘z davrlarida nima zarur edi? Birinchi navbatda yog‘ochlarga, suyaklarga ishlov berish uchun ularni qirqish, kesish, qirish kabi vazifalarni baja-ra oladigan o‘tkir va keskir qirralar kerak edi. Bunday qirralar chaqmoqtosh o‘zaklaridan uchirilgan uchirindilarda va plastinkalardagina bo‘lar edi. Boshqa tosh jinslaridan uchirilgan uchirindi yoki platinkalarda ham qirralar bo‘lar, ammo ular chaqmoqtoshlarnikiga nisbatan qo‘pol va dag‘al bo‘lib, ularni samarasi ancha past darajada edi.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, ajdodlarimiz chaqmoqtoshlarni boshqa tosh jinslariga nisbatan afzalliklarini neolitga kelib emas, balki ancha ilgari must’e davrida ham anglab etganlar. Ammo bu chaqmoqtoshlar qaerlarda bo‘lishini va ularni qanday qilib «ona qorni» dan ajratib olishni uzoq vaqtlar mobaynida bilmaganlar. Chunki chaqmoqtoshlar ajdodlarimizni ko‘zlaridan ancha narida yashirin xolatda edilar. Chaqmoqtoshlar er yuzining turli joylarida turlicha xolatda xar xil qatlamlarda, aniqrog‘i ularni orasida turli xajmda joylashganlar.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling