1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet6/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Muhabbat—keng qamrovli mezoniy tushuncha bo’lib, u boshqa barcha axloqiy tushunchalarning javhari, substansiyasi hisoblanadi. Muhabbat bu keng ma’noda shunday oliy tuyg’uki, uning asosida insonlarning o’zaro munosabatida ma’naviy-ruhiy yaqinlashishlari shakllanadi.
Muhabbat insonning biososial mavjudot sifatidagi xususiyatidir. Bunda uning o’z ajdod, zotini davom ettirish bilan bog’liq erotik(yunoncha-erotikos - jinsiy)-tabiiy–biologik his-tuyg’usini hamda o’ziga va o’zgalar munosabatida shakllanadigan ijtimoiy(sosial) his-tuyg’usini ajrata bilmoq zarur. O’zbek tilida erotik his-tuyg’u “sevgi”, “ishq” tushuncha(so’z)larida ifodalanadi.
Insondagi erotik his-tuyg’u ijtimoiy his-tuyg’u izmiga bo’ysungandagina, tana va ruh uyg’unlashib, yuksak his-tuyg’u-muhabbat yuz ko’rsatadi.
Ulug’ bobokalonimiz Ibn Sino “Ishq risolasi” asarida hayvoniy(erotik) hissiyot ongga bo’ysunmaguncha inson sevgini sof ishq-ilohiy, ya’ni yuksak his-tuyg’u--muhabbat darajasiga ko’tarilmasligini ta’kidlaydi.19
Muhabbatning obyekti falsafiy-estetik mazmunga ega bo’lgan, mohiyati Ezgulik bilan anglashiladigan Go’zallikdir, subyekti esa uni idrok etuvchi, baholovchi, undan ma’naviy-ruhiy g’izolanish-lazzatlanish qobilyatiga ega bo’lgan shaxsdir.
Tasavvuf ta’limoti g’oyasi asosini ana shu talqindagi muhabbat tashkil etilganligi uchun u xalqimiz-ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida hozirgacha yashab kelmoqda.
Tasavvuf falsafasida muhabbat(ishq) o’zida ezgulik, haqiqatni mujassamlantiruvchi mutlaq go’zallik timsolidagi Xudoning ilohiy siymosidan ruhiy–ma’naviy g’izolanish(lazzatlanish), bu esa unga yaqinlashish, yetishish yo’li deb talqin qilinadi. Tasavvuf ta’limoti bunday yo’lga kirish insonni zotan, Xudo tomonidan yaratilgan odam zoti siymosida Xudoning sifati—Go’zalligi mujasamlashgandir.
“Tasavvufni lo’nda qilib aytganda,-deb yozadi adabiyotshunos olim N. Komilov, -muhabbat haqidagi ilm deyish mumkin. Chunki tasavvuf ilohiy ma’rifatni egallash, Allohning sifat va usullari orqali Uning zotini bilish va tanishni talab qilar ekan, buni... yashirin bir ichki tuyg’u, botiniy basirat, ya’ni muhabbat vositasida amalga oshirish mumkin deb ta’lim beradi.”20
Muhabbat insonlarning insoniyligini ko’rsatuvchi fazilatdir. Bu haqida Alisher Navoiy shunday yozadi:
Bo’lmasa ishq ikki jahon bo’lmasin,
Ikki jahon demaki, jon bo’lmasin.
Ishqsiz ul tanki, aning joni yo’q,
Husnni netsin kishikim oni yo’q.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2004 yilni mamalakatimizda mehr-muruvvat yili deb belgilanganligida katta axloqiy falsafiy ma’no bordir.
Muhabbatning obyekti ezgulikdir, zotan kishi o’zgalarda mehr-muhabbat his-tuyg’usini tuymasdan ezgulikka qo’l urmaydi. “Ezgulikni nafrat yoki adovat bilan qilib bo’lmaydi, deb yozadi ingliz san’atshunosi Jon Reskin, u faqat muhabbatdan tug’iladi».
3.Uchinchi masala- ezgulik adolat, nomus, vijdon mezoniy tushunchalarining mohiyati muhabbat tushunchasining mazmuni orqali anglashilishiga alohida e’tibor berish zarur. Chunki tom ma’nodagi muhabbatsiz inson ezgulik adolat yo’lini tanlay olmaydi, o’zida nomus, vijdon kabi insoniylik xislatlarnini o’zida shakllantiraolmaydi. Ezgulik mezoniy tushunchasida tarixiy shakllangan axloqiy ideal ya’ni komil inson, mukammal(adolatli) jamiyat haqidagi tasavvur, qarashlar va unga yetishishiga, ro’yobga chiqarishga bo’lgan sa’i-harakatlar ifodalanadi.
Ezgulik kategoriyasining mohiyati Haqiqat, Go’zallik, ya’ni oliy qadriyatlar bo’lib hisoblanuvchi paradigma tamoyillari orqali anglashiladi. Ezgulikka xizmat qilmaydigan har qanday bilim, nazariya qadriyatga, qimmatga ega emas. Bunga istagancha misollar keltirish mumkin. Masalan, qirg’in-barot qurollarini kashf etilishi, ularning takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar va boshqalar.
Ezgulikning oliy qadriyat tarzidagi mohiyati mutlaq mukammallik—Haqiqat, Go’zallik timsoli bo’lgan Xudo sifatlarida namoyon bo’ladi. Shuning uchun barcha dunyoviy dinlarda Xudo insonlarni ezgulikka boshlovchi mukammal zot sifatida talqin qilinadi.
Zardushtlilikda Axuramazda “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” mukammallik xislatlarini o’zida mujassamlashtirgan ana shunday zotdir.
Ezgullik insonlarning ulug’vorlik darajasidagi, ya’ni oddiy o’lchovlar doirasiga sig’maydigan faoliyatlarida namoyon bo’ladi. El-yurt manfaati, maqsadlarini o’zinikidan ustun qo’yadigan va bu yo’lda fidoyilik ko’rsatadigan kishilarning bunyodkorlik, yaratuvchilik, faoliyatlari ezgulik o’lchovi bilan baholaniladi.
Yovuzlik ezgulikning muqobili bo’lib mazkur tushunchada insonning ijtimoiy miqyosidagi tubanlik, pastkash sa’i-harakatlar ifodalanadi. Shunga ko’ra bunday sa’i-harakatlar jamiyat, insoniyatga keltirgan kulfat, talofatlar miqyosi bilan o’lchanadi. Masalan, Hitler, Stalin kabi shaxslarning qilmishlari va bugungi kundagi xalqaro terrorizm homiylarining qilmishlari ana shu tushuncha bilan nomlanadi.
Nima uchun kishilar yovuzlikka qo’l uradilar, yovuzlik kuchlimi yoki ezgulik, degan savollar barcha davrlarda mutafakkirlar, faylasuflarni o’ylantirib kelgan va hozirda ham kun tartibidan tushmagan azaliy va bosh masala hisoblanadi. Nemis faylasufi A. Shopengauerning fikricha, olamda ezgulik ko’proqmi yoki yovuzlik, degan savol xususidagi bahs ortiqchadir. Chunki yovuzlikning mavjudligining o’zi yovuzlik hech qachon barham topmaydi, hech qachon uning bilan birga va keyin ham yashovchi ezgulik bilan bahamti bo’lib baravarlashmaydi. Zotan, “Ming bor huzurlanish bittagina azobga arzimaydi”

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling