Pisa 5 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dastur bo‘lib, Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan yilda bir marta o‘tkaziladi


Download 19.96 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi19.96 Kb.
#1569254
Bog'liq
PISA


PISA- 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dasturni umumiy o’rta ta’lim tizimida tadbiq etish bo’yicha
MA’LUMOTNOMA
PISA — 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dastur bo‘lib, Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim
sifati o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda baholanadi. Ushbu xalqaro dastur 1997 yili ishlab chiqilib, 2000 yilda ilk marotaba amaliyotda qo‘llangan. Dastur ko‘magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi. Bu tadqiqotlarning natijasi dunyo bo‘yicha katta qiziqish bilan kuzatib kelinadi. Shu bois yildan-yilga uning ahamiyati va qamrovi oshib boryapti. Misol uchun, 2000 yilda dastur testlarida 32 davlatdan 265000 nafar o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 2 barobarga oshishi, ya’ni 78 davlatdan 540000 nafardan ziyod o‘quvchi qatnashishi kutilmoqda. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o‘quvchilar soni mamlakatdagi jami 15 yoshli bolalarning 2 foizi miqdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test sinovlari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda yetakchi xalqaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi
.Ta‘lim jarayonida o‘tkaziladigan treninglarda nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirishga yetarli e‘tibor berilishi kerak. Bundan tashqari ta‘limda har bir darsning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Dars o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o‘quvchilar mustaqil erkin fikrlay oladilar, irodalari tarbiyalanadi. Bugungi kunda maktablarda interfaol o‘yinlar orqali dars o‘tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o‘yinlar asosida o‘tilishi o‘quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish va kuchli bo‘lishlarini ta’minlaydi. O‘yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o‘quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi.

Metodbirlashma rahbari : Yo.Xaitov
Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling