1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar.
Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Ibtidoiy dinlar. Milliy dinlar: Vedalar va upanishadlar, Xinduiylik, Jaynizm, Yahudiylik, Konfusiylik, Daosizm, sintoizm uning ta’limotlari va marosimlari.
Zardushtiylik dini. Avesto - xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bebaho ma’naviy meros.
TAYANCH SО‘ZLAR: Din, milliy dinlar, Zardushtiylik, Avesto, veda kitobi, upanishadlar, Rigveda, Yahudiylik, Yasht, Axuramazda, Diniy bag‘rikenglik, Mitra, Krishna, Diniy tashkilotlar.
Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
DINSHUNOSLIK FANINING PREDMETI. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham о‘zining о‘rganish obyektiga ega. U dinning paydo bо‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bо‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan о‘rganadi. «Dinshunoslik» dinning paydo bо‘lishi va rivojlanishi tarixini, uning ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta’limotining vujudga kelishi va shakllanishini о‘rgatuvchi fan, ta’limot va о‘kuv predmetidir. U dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bо‘lishidan urug‘-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bо‘lgan davrda yuz bergan jarayonni hamda jamiyat taraqqiyotida din bilan bog‘liq bо‘lgan barcha ijtimoiy, hodisalarni, ma’naviy omillarni - mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, masjid va diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini о‘rganish, taxlil qilishni kо‘zda tutadi.
Fanning maqsadi –talabalrda din haqida ilmiy bilmlar berish, tо‘g‘ri insonparval duyoqarashni shakllantirish, shaxsiy fikrlariga ega bо‘lishini ta’minlash,
Ta’lim berish jarayonida talabalar ilmiy dunyoqarashinni shakllantirish, xolis fikrlashga о‘rgatishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |