1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja


Download 0.62 Mb.
bet100/122
Sana19.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1709505
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Libеral sivilizatsiya yoki G’arb sivilizatsiyasi madaniy va siyosiy plyuralizm hamda jamiyatning asоsiy qadriyati – huquq tizimining vujudga kеlishi bilan bоg’liq. Uning ildizlari хususiy mulk va erkin bоzоr hukm surgan davrda vujudga kеlgan antik sivilizatsiyaga bоrib taqaladi. O’z navbatida, bоzоr va хususiy mulk individ uchun kafоlatlarni, mulkdоr imtiyozlarini, mulkdоrlar guruhining ma’muriyatdan ustunligini, shaхs erkinligi va o’z imkоniyatlarini ro’yobga chiqarish tamоyillarini o’z ichiga оlgan huquqiy tamоyillar va institutlar tizimi vujudga kеlishiga sabab bo’lgan.
An’anaviy sivilizatsiyalar ijtimоiy hayotning varvarlikka chеk qo’yish bilan bоg’liq dastlabki shaklidan ibоrat. Bular barcha a’zоlari bеvоsita emоtsiоnal mulоqоt jarayonida bo’lgan nisbatan kichkina lоkal hamjamiyatlardir. Ular jamоa qadriyatlarining ustunligi, qabila оqsоqоllariga nisbatan hurmat, o’tmishga qarab mo’ljal оlishga asоslangan. An’anaviy sivilizatsiyaning o’ziga хоs jihatlari – past malakali, lеkin ancha kеng byurоkratiyaga tayanuvchi jabr-zulmga asоslangan hоkimiyat, tabaqalarning huquqsizligi, jamоaviy tuzilma, huquqning nоrasоligi, individning kamsitilishi kabilardir.
Qadriyat tushunchasi
XIX asr o‘rtasiga qadar falsafada «borliq» va «qadriyat» tushunchalari bir-biridan ajratilmagan edi. Aksiologiya (yunoncha axia - qadriyat va logos ta'limot so‘zlaridan) mustaqil fan sifatida borliq tushunchasi ikki komponentga ajralgan paytda yuzaga keladi: bir narsaning mavjud bo‘lishi va uning mohiyati. Boshqacha qilib aytganda, ob'ekt va sub'ektning o‘zaro ta'siri paytda sub'ekt uchun ob'ektda shunday bir narsa ayon bo‘ladiki, uni ob'ektning mavjud bo‘lishining o‘zigagina bog‘lab bo‘lmaydi, ya'ni u go‘yo ushbu mavjudlik chegarasidan tashqarida turadi va u uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘ladi. Ob'ekt va sub'ektning o‘zaro ta'sirini ana shunday tushunish qadriyat tushunchasini hozirgi zamon falsafasining kategorial apparatining elementi sifatida shakllanishi uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qildi.
Qadriyatlar - voqyelikdagi muayyan hodisalarning qimmatini belgi­lash uchun xizmat qiluvchi falsafiy kategoriya bo‘lib, u mazkur hodi­sa­ning sub'ekt tomonidan aks ettirilishi natijasida paydo bo‘ladi.
Qadriyatlarning tabiati haqida so‘z ketar ekan, falsafiy adabiyotlarda bir-biri bilan raqobat qiluvchi to‘rtta asosiy yondashuv­larni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yondashuvga ko‘ra, qadriyatlar dunyosi alohida, mustaqil, sub'ektga ham, ob'ektga ham nisbat berib bo‘lmaydigan olam sifatida talqin etiladi. Neokantianlikning klassiklaridan biri G.Rikkert yozganidek, «qadriyatlar sub'ekt va ob'ektdan tashqarida joylashgan butunlay mustaqil saltanatni tashkil etadi».22 Ikkinchi yondashuvga ko‘ra esa, qadriyaviy xususiyatlar narsalarning o‘zida mavjuddir. Boshqacha qilib aytganda qadriyatlar manbai tashqi voqyelik xususiyatlarida ko‘rinadi. Ana shu bilan bog‘liq ravishda qadriyatlar narsalarning muayyan ehtiyojlarni qondira olishga bo‘lgan ob'ektiv qobiliyati sifatida qaraladi. Uchinchi yonda­shuv­ning mohiyati shundan iboratki, tabiatda qadriyatlar mustaqil mavjud emas. U yoki bu narsalar faqat sub'ektning baholash faoliyati tufayli o‘z qadr-qimmatiga ega bo‘ladi. Bunga misol sifatida g‘arb estetikasi antologiyalaridan birining tuzuvchisi bo‘lgan M.Reyderning fikrini keltirish mumkin: «Haqiqatlarga qarama-qarshi o‘laroq, qadriyatlar shunchaki tasavvur qilinadi xolos... Faktlar kuzatuvchilar guruhi uchun bir xil xususiyatga ega bo‘lsa, qadriyat har bir baholovchining sub'ektiv fikri bilan bog‘liq ravishda turli tabiatga ega bo‘ladi»23. Bir kishi uchun qimmatli bo‘lgan narsa boshqa kishi uchun unday bo‘lib ko‘rinmaydi. To‘rtinchi yondashuvda esa oldingi yondashuvlarning o‘ziga xos sintezi amalga oshiriladi va qadriyatlarning ikki yoqlama (ob'ektli va sub'ektli) tabiatga ega ekanligi ta'kidlanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling