1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


Tez va ravon yozishga o'rgatish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/51
Sana08.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#238259
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
Bog'liq
1-mavzu husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. Husnixatga

Tez va ravon yozishga o'rgatish. 
Harflarni bir hil balandlikda va kenglikda yozishga o'rgatish bilan birga, tez 
va ravon, tekis qilib yozish chiroyli yozuvning muhim shartlaridan biridir. 
Chiroyli  va  tez  yozishning  assoiy  siri  uning  bir  xil  o'lchamdagi  ravon 
harakatidir. 


Bir  maromda  harakat  qilib  yozish,  har  bir  harf  va  uning  elementlari  bir  xil 
balandlikda va qiyalikda bo'lish alohida go'zallik kashf etadi. 
Ammo o'quvchilar bunday malakalarga tezda erisha olmaydilar. Yozuvning 
ravon bo'lishi, uning tezligi bilan bog'liqdir. 
Masalan,  endigina  yozuv  mashqini  boshlagan  olti  yoshli  o'quvchi  bir 
minutda  4-6  harfni  yozishi  mumkin.  Bu  davrda  tez  yozish  malakasini  sanoq-
ohang  usulida  olib  borilsa,  tezlik  yanada  bir  maromda  davom  etishi  mumkin. 
Yozuvning  tezligini  oshirib  borishda  bolalarning  qo'l  harakati  bir  maromda 
bo'lishga  alohida  e'tibor  berish.  Barmoqlarning  charchab  qolishiga  yo'q 
qo'ymaslik  kerak.  Agar  o'quvchilarni  charchatib  qo'ymasdan  sanoq-ohang 
usulida  asta-sekin  yozuv  tezligini  oshirib  borilsa,  u  bolalarda  katta  qiziqish 
uyg'otib, yaxshi samaralar berishi mumkin. 
Yozuvning tezligi o'quvchining imloni qay darajada bilishiga bog'liqdir, agar 
o'quvchi so'zlarni yaxshi o'qisa, xatolarga yo'l qo'ymasa, tez va to'g'ri yozadi. 
Yozuvning tezligi bola yuqori sinfga ko'chgan sari orta boradi. Agar 6 yoshli 
o'quvchi o'quv yilining oxiriga  kelib 7-9 har yoza  oladi. 2-sinf o'quvchisi  o'quv 
yilining oxirida 23-25 harf yozishi, 3-sinf o'quvchisi o'quv yilining oxirida 32-35 
harf, 4-sinf o'quvchisi esa minutiga 40-45 harfni yozishi mumkin. 
Yozma ishlarning turli shakllarda (ko'chirib yozish, aytib turib yozdirish bilan 
yoki yoddan yozish) bu tezlik bir oz ortiq va kamroq bo'lishi mumikin. 
Yozuv  tezligining  oshirishning  yana  bir  imkoniyati  ko'proq  qo'l  harakatiga 
bog'liqdir.  Buning  uchun  qal  barmoq  muskullarining  harakatini  o'stiruvchi 


hamda tez va ravon yozishga o'rgatadigan turli mashqlarni bajartirish kerak. 
Masalan,  maktabga  ilk  bor  qadam  qo'ygan  o'quvchilar  uchun  quyidagi 
o'xshash shakllarni chizdirib yoki havoda mashq qildirish mumkin. 
1.       Dam olmasdan va qo'l harakatini uzmasdan o'ngdan chapga, chapdan 
o'nggga qildirish: 
Bulardan   tashaqari,   har   bir   harf   elementlarini   mashq   qildirish uchun shu 
elementga mos mashqlar tanlab yozdirish mumkin. 1-2 sinf o'quvchilariga esa 
quyidagi mashqlar beriladi:1. Soat strelkasi bo'yicha barmoq va panja 
muskullarini o'stiruvchi 
mashqlar: 2. Barmoq muskullarining harakatini o'stirish uchun 
yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga harakat qildirish. 
2. 
Tugunchakdagi ipni chuvalatib yozish va so'rash shakllari. 
3. 
Barmoq va qo'l muskularini o'stiruvchilar: 
Bunday mashqlar qo'l harakatini uzmay yoziladigan harflarni mashq qilish uchun 
yordam beradi. 
4.  Soat  strelkasi  bo'yicha  va  unga  qarshi  barmoq  va  qal  muskullarini 
o'stiruvchi mashqlar: 
Yuqorida  ko'rsatib  o'tilgan  mashqlardan  o'z  o'rnida  unumli  foydalanilsa, 
yaxshi natijalar beradi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling