Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashaqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo'lgan talablar
Download 104.23 Kb.
|
Mengisheva Rushana kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA I.KIRISH……………………………………………………………………….…3 II.ASOSIY QISM ………………………………………………………………..4
- III.XULOSA……………………………………………………………………...31 IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………..33 KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI KURS ISHI Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashaqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo'lgan talablar Bajardi: Mengisheva Rushana Ilmiy rahbar: Tursunova Malika TOSHKENT-2021 MUNDARIJA I.KIRISH……………………………………………………………………….…3 II.ASOSIY QISM ………………………………………………………………..4 1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni va mohiyati..…4 2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo’lgan talablar………………………………………………………....15 3.Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari.…………………………………………………………………………...19 4.Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayoni…………………………………………….26 III.XULOSA……………………………………………………………………...31 IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………..33 KIRISH Sinfdan tashqari ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o`quvchilar o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy ishlardan iboratdir. Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunining II bob 17-moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim” ni tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarni tashkil etishlari mumkin”. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi. Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar bo`yicha darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina maqsadga muvofiq ravishda hal qilish mumkin. Download 104.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling