Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashaqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo'lgan talablar


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo’lgan talablar


Download 104.23 Kb.
bet3/7
Sana23.06.2023
Hajmi104.23 Kb.
#1652038
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mengisheva Rushana kurs ishi

2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo’lgan talablar
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilar tashkilotlari hamda ota-onalar jamoasiyordamiga suyangan holda olib boriladi. Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari, ommaviy tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir.
Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi;
Fan to’garaklari;
Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar;
Sport to’garaklari;
San’at yo’nalishidagi to’garaklar.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek, o`qituvchilar jamoasi katta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari, ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish kerak. O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur.
Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir.Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak.
Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan «o’zbek modeli» da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo’lsa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir.
Yuqorida sanab o’tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa, ular asosan 3 ta:
Ezgu niyat, fikr;
Ezgu so’z, xushmuomila;
Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.
Shu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy axloqiy-amaliy o’quv, malaka, ko’nikmalar qurollantira borish, mutaxassislarda xar bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko’rsatadi.
Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri o‘qituvchi va pedagogika mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Chunki o‘qituvchida barcha pedagogik g‘oyalar mujassamlangan bo‘lib, uning faoliyati orqali bu pedagogik g‘oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi. O‘qituvchining ko‘p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e‘tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o‘qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog‘liq: bolalarni o‘qitish, maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil eta bilish, o‘tkazish, ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibot ishlarni olib borish va hakozo. Bularni hammasi o‘qituvchilardan chuqur bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi. Respublikamiz mustaqilligi e‘lon qilingan sana 1991 yil 31 avgust xalqimiz hayotida ulug‘vor voqealardan hisoblanadi. Endi xalqimiz o‘zining boy tarixi, madaniyati, urf-odatlarini o‘rganishi, targ‘ib qilish, o‘zligini tanishi imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu voqyeadan so‘ng ko‘p sonli o‘qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun xormay-tolmay xizmat qila oladigan, buyuk vatan yo‘llarida o‘z jonini ham ayamaydigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi ko‘ndalang qo‘yiladi. Bu vazifa oliy ta‘lim konsepsiyasida alohida ta‘kidlanadi. Shuning uchun bunday ulkan vazifani amalga oshirishda sinf rahbari ham o‘zining beqiyos hissasini qo‘shadi. Sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biri bizning kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodni to‘g‘ri, insonparvarlik ruhida tarbiyalashdan 154 iborat. Tarbiya jarayonida o‘qituvchi va sinf rahbari bir-birini tushunish kerak va sinf rahbari o‘qituvchilarga e‘tiborliroq bo‘lishini taqozo qiladi.
Burch –bu ahloqning asosiy mezonlaridan biri bo‘lib, u ―har bir kishining o‘z vazifasini to‘liq bajarishi va odamlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni ifodalaydi‖. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi tarbiyaviy ishlarni ma‘suliyat, onglilik va vijdon bilan tashkil qilish hamda olib borishdan iboratdir.




Download 104.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling