Tekshirishda t mezondan foydalaniladi. Buning uchun xar bir parametrga mos


Download 341.02 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi341.02 Kb.
#1055486
Bog'liq
Regressiyaning chiziqli tenglamasi parametrlarining mohiyatli ekanligini tekshirishda t


  1. Regressiyaning chiziqli tenglamasi parametrlarining mohiyatli ekanligini tekshirishda t - mezondan foydalaniladi. Buning uchun xar bir parametrga mos kelgan t ning xaqiqiy qiymatlari quyidagi formulalar bilan xisoblanadi:

ta0
a0 ,

ta1
a1 X


Mezonning nazariy qiymati (tjadv) Styudent taqsimoti jadvalidan aniqlanadi. Agar biror parametr uchun txaq  tjadv bo‘lsa, u xolda shu parametr qabul qilingan daraja bilan moxiyatli xisoblanadi. Sotsial-iqtisodiy tekshirishlarda ko‘pincha moxiyatlilik darajasi qilib 0.05 olinadi, ya’ni =0,05. Bu xolda ko‘rsatkichlarning moxiyatli bo‘lish extimoli R = 1 -  ga teng.
Bog‘lanish zichligini xarakterlovchi ko‘rsatgichlarga sifat jihatdan baxo berish uchun Cheddok shkalalari ishlatiladi.



Bog‘lanish zichligi

0,1-0,3

0,3-0,5

0,5-0,7

0,7-0,9

0,9-0,99

Bog‘lanish kuchi

Bo‘sh

o‘rtamiyona

sezilarli

yuqori

Juda ham yuqori

Ilmiy tadqiqotlarda keng tarkalgan ekonometrik tenglamalar - bu ishlab chiqarish funksiyasidir. Ishlab chiqarish funksiyalarini qurishdan maqsad - ishlab

chiqarish jarayonini natijalariga omillarning ta’siri darajasi va xarakteristikalarini aniqlash, miqdoriy baholashdir.
Ishlab chiqarish funksiyalar bo‘yicha prognozlash uchun ketma-ket bir nechta bosqichlardan o‘tish lozim:

  1. Berilgan ma’lumotlar asosida korrelyatsion tahlil o‘tkaziladi:

  1. xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentlar matritsasi hisoblanadi;

  2. juft korrelyatsiya koeffitsiyentlari matritsasi hisoblanadi.

  1. Korrelyatsion tahlil natijasida tanlangan omillar asosida regressiya tenglamasi quriladi;

  2. Qurilgan tenglama quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:

a) Fisher mezoni; b) Styudent mezoni; v) Darbin-Uotson mezoni;
g) Ko‘plik korrelyatsiya koeffitsiyenti; d) Determinatsiya koeffitsiyenti;
e) approksimatsiya xatoligi.

  1. Qurilgan tenglama mezonlarga mos kelsa, keyin asosiy ko‘rsatkich tenglama asosida prognoz davri hisoblanadi.

  2. Ishlab chiqarish funksiyasini asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

  1. o‘rtacha unumdorlik omillari;

  2. chegaraviy unumdorlik omillari;

v) resurslar bo‘yicha elastiklik koeffitsiyentlari;
g) resurslarga talab;
d) resurslarni almashtirish chegaralari.
Ekonometrik model prognozlash ob’ektining barcha mavjud omillarini o‘zaro bog‘lanishini ifodalovchi regressiya tenglamalar tizimlari orqali aks ettiradi. Ekonometrik modellar ko‘p hollarda ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish va tahlil qilishda qo‘llaniladi. Olingan ekonometrik modellarni tekshirishda turli xil mezonlar: Fisherning F-mezoni, Styudentning t-mezoni, Darbin-Uotson mezonlaridan foydalaniladi. Omillararo bog‘lanishni faqatgina bitta ishlab chiqarish funksiyasi orqali qarab chiqmasdan, ularni ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida tahlil etish mumkin.
Ekonometrik tenglamalar tizimida prognoz vaqtiga bir ko‘rsatkich aniqlanib, uni natijasi orqali qolgan asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin.



Download 341.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling