Mavzu: Korrelyatsiya nazariyasi elementlari. Reja
Mavzu: Korrelyatsiya nazariyasi elementlari. Mavzu: Korrelyatsiya nazariyasi elementlari. Reja:
Funksional, statistik va korrelyasion bog`lanishlar.
Regressiya to`g`ri chizig`i tenglamalarini tuzish, tanlanma korrelyatsiya koeffitsiyenti va uni hisoblash.
Dinamik qatorlar.
Korrelyatsiya nazariyasini ikki asosiy masalasi. Regressiya to‘g‘ri chizig‘i tenglamalarini tuzish. Korrelyatsya nazariyasining birinchi masalasi karrelyatsion bog‘lanishning formasini aniqlash, ya`ni regressiya funksiyasining ko‘rinishini topishdan iborat. Regressiya funksiyasining ko‘rinishini chiziqli, rvadratik, ko‘rsatgichli, logarifmik va h.k. bo‘lishi mumkin. Regressiya funksiyasi chiziqli bo‘lgan korrelyatsion bog‘lanishga chiziqli korrelyatsion bog‘lanish deyiladi. Regressiya funksiyasi chiziqli bo‘lmasa, bunday korrelyatsion bog‘lanishga nochiziqli korrelyatsion bog‘lanish deyiladi. Korrelyatsya nazariyasining ikkinchi masalasi karrelyatsion bog‘lanichning zichligini (kuchini) aniqlachdan iborat. Y miqdorning X miqdordan karrelyatsion boq‘liqligining zichligi Y miqdor qiymatlarining shartli o‘rtacha qiymat atrofida tarqoqligining kattaligi bo‘yicha baholanadi. Tarqoqlik ko‘p bo‘lganda karrelyatsion bog‘lnish kuchsiz, aksincha tarqoqlik kam bo‘lsa, karrelyatsion bog‘lanish kuchli bo‘ladi. X miqdor qiymatlarining shartli o‘rtacha qiymat atrofida tarqoqligining kattaligi bo‘yicha baholanadi. Chiziqli karrelyatsion bog‘lanish regressiya to‘g‘ri chizig‘i ko‘rinishda izlanadi. Bu yerda - regressiya koeffisiyenti deyiladi. va b larning qiymati eng kichik kvadratlar metodiga asosan yig‘indi minimal bo‘ladigan qilib , formulalar bilan aniqlanadi. Bu yerda xi, yi – lar X va Y miqdorlarning kuzatilayotgan (tanlanma) qiymatlari bo‘lib, Yi – esa topilayotgan regressiya funksiyasi orqali hisoblanadigan Y miqdorning aniq (nazariy) qiymatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |