Umumiy guruh bolib ishlash
Umumiy guruh bolib ishlash
Bajardi :
Tekshirdi:
Reja:
Barcha tashqi xissiyotlarni shakllantirish.
Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali xali to’liq shakllanmagan
barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat,
intellekt va iroda to’liq rivojlanmagan bo’ladi.
Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo’lish.
Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so’z boyliklarini
oshirish.
Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda,
o’z-o’ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlantirish.
Barcha tashqi xissiyotlarni shakllantirish
Mashg’ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkil eta bilish kerak. Bu
bolalar oldiga qo’yilgan aqliy vazifaga bog’liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish zarur-
ligi ko’rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart emas,
balki hamma bolalarni e`tibor bilan eshitib o’tirishga o’rgatish kerak, zarurat tug’ilsagina
takrorlash mumkin. Bog’chadagi bolalar o’qish, yozishni bilmaganlari uchun o’tilgan
materialni qaytarib mustaxkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni
mustahkamlash uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydalanadi.
Tashqi xissiyotlarni tarbiyalash orqali to’liq shakllanmagan
barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak
Mashg’ulotda tarbiyachining bolalarga qo’yadigan talabi ularning yoshi va
imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo’lib
mashg’ulot o’tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg’ulot o’tkazganda
ikkinchi guruh bolalariga enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg’ulot paytida hamma
bolalarning faol qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to’g’ri javob berishlarini,
tayyorlanishi kerak bo’lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar (agar
bunga zarurat bo’lsa), mashg’ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik
usullar ko’rsatiladi. Mashg’ulot jarayonini bayon etib yozishda mashg’ulotning boshi va
oxirida (yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o’tishda) bolalarni uyushtirishni
alohida ajratib ko’rsatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |