1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


- Mavzu. Turg’un mashinalarni boshqarishda va ularga xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik


Download 172.62 Kb.
bet24/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

12 - Mavzu. Turg’un mashinalarni boshqarishda va ularga xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik
470. Yangi o’rnatilayotgan ko’tarish mashinalarining barabanlarida ikkala tomondan arqon diametrining kamida 1,5 balandligida rebordalar bo’lishi kerak. Barabanning arqon o’raladigan yuzasida o’ralish qatlami sonidan qat’iy nazar o’yma spiral ariqchalar bo’lishi kerak.

Barabanda bittadan ortiq arqon o’ralish qatlami bo’lganda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:

a) baraban rebordasi yuqori qatlamdan arqon diametrining 2,5 balandligida chiqib turishi kerak;

b) arqonning pastki qatordagi oxirgi o’ram (yuqori qatorga o’tish joyi) ning chorak qismiga teng uzunlikdagi kritik uchastkasi ustidan kuchaytirilgan kuzatuv olib borilishi (shu joydagi uzilgan simlarni hisobga olish) va har 2 oyda arqon chorak o’ramga surilishi kerak.

471. Arqon teshikdan o’tayotganda uni teshikning o’tkir chetlari deformatsiyalamaydigan tarzda barabanga mahkamlanishi kerak. Arqonning uchini baraban valiga mahkamlash ta’qiqlanadi. Arqon uchlari barabanga unda maxsus ko’zda tutilgan va arqonni kamida uchta nuqtada mahkamlanishini ta’minlaydigan qurilmalar yordamida mahkamlanadi.

Arqon barabanga mahkamlangan joyda uning tarangligini bo’shatish uchun baraban sirtida yog’och yoki pressmassa bilan futerovka qilingan barabanda kamida uchta va friktsion materiallar bilan futerovka qilinmagan barabanda kamida beshta ishqalanish o’rami bo’lishi kerak. Ishqalanish o’ramlaridan tashqari arqonni davriy sinovlardan o’tkazish uchun zahira o’ramlar bo’lishi kerak. Zahira o’ramlar barabanning sirtida ham, uning ichida ham joylashgan bo’lishi mumkin.

Zahira arqon o’ramlarini joylashtirish uchun mo’ljallangan bobinalarda ularni mashina barabaniga nisbatan mahkamlash imkonini beradigan maxsus qurilmalar bo’lishi kerak.

481. SHaxta ko’tarish qurilmalari quyidagi himoya va blokirovka qurilmalari bilan jihozlanishi kerak:

a) elektr dvigatellar zo’riqqanda va taranglik yo’qolganda ishlaydigan maksimal va nulь himoya qurilmasi;

b) simning osilishi va arqonning stvolga bo’shashidan himoyalash qurilmasi;

v) qabul qilish maydonchalarida panjaralar ochiq bo’lganda mashinistga beriladigan «Stop» signalini o’z ichiga olgan va gorizontning qabul qilish maydonchasida kletь bo’lmaganda panjaralarning ochilishiga yo’l qo’ymaydigan stvollarning saqlovchi panjaralari blokirovkasi. Gorizontning qabul qilish maydonchasida kletь bo’lmaganda panjaralarning ochilishiga yo’l qo’ymaydigan blokirovkani joriy etish muddati "Sanoatkontexnazorat" Davlat inspektsiyasining mahalliy organlari bilan kelishilgan holda korxona ma’muriyati tomonidan belgilanadi;

g) idish ortiqcha ko’tarilgandan keyin dvigatelni faqat ortiqcha ko’tarilishni bartaraf etish yo’nalishida qo’shishga yo’l qo’yadigan blokirovka;

d) revers kontaktorlari o’rtasidagi, shuningdek dinamik tormozlanishning yoysimon blokirovkasi;

e) ishchi tormoz dastagi «tormoz» holatida, boshqaruv apparati (kontrolyor) dastagi nulь holatda bo’lmaganda saqlovchi tormozning qo’yib yuborilishiga yo’l qo’ymaydigan blokirovka;

j) stvol kavlashda mahkamlash inshootini paytida va stvol zaboyiga yaqinlashayotganda badьyaning ishchi polkagacha 5 m masofada to’xtashini ta’minlovchi blokirovka;

z) idishning egri bo’shatish uchastkalarda to’xtab qolishidan himoyalovchi qurilma;

i) arqonlarning sirpanishidan himoyalovchi blokirovka.

482. Ko’tarish mashinalari va lebyodkalar mashinistga idishlarning stvoldagi holatini ko’rsatuvchi apparat (indikator) va sekinlashtirishni boshlash lozimligi to’g’risida bildiruvchi avtomat qo’ng’iroq bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Vertikal qazilmagohlarni kavlashda uskunalarni osish uchun mo’ljallangan ko’tarish mashinalari va lebyodkalarga chuqurlik indikatori talab etilmaydi.

483. Har qaysi ko’tarish mashinasi va lebyodkada uzatmani bir-biriga bog’liq bo’lmagan tarzda qo’shadigan ishchi va saqlovchi mexanik tormozlash qurilmalari ko’zda tutilishi kerak. Ko’rsatilgan tormoz turlari bir yoki ikkita uzatma yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Yangi o’rnatilayotgan ko’tarish mashinalari va lebyodkalarda tormozlash ikkita tormoz uzatmasi yordamida bajarilishi kerak. Tormozlar (shu jumladan qo’l tormozlari) mashinist ularni ish joyidan ketmasdan erkin boshqarish imkoniyati ta’minlangan tarzda joylashgan bo’lishi kerak.

484. Kavlash yuk lebyodkalari va qutqaruv zinalarining lebyodkalarida dvigatelь valida yoki oraliq valda manyovr tormozi, saqlovchi tormoz, barabanda xrapovikli to’xtatish moslamasi va saqlovchi tormoz qo’shilgan va stopor qurilma o’rnatilgan holatda elektr dvigatelining yuk tushiriladigan yo’nalishda ishga tushishiga yo’l qo’ymaydigan blokirovka ko’zda tutilgan bo’lishi kerak.

Uskuna va materiallarni tushirish uchun mo’ljallangan qo’l lebyodkalarida tormoz, stoporli xrap qurilmasi va bir juft tishli uzatma qurilmasi bo’lishi kerak.

Jihozlar, yog’och va boshqa materiallarni tushirish va ko’tarish uchun mo’ljallangan yordamchi qazilmalardagi lebyodkalar uchun, shuningdek qiyalar, bremsberglar va ularning 30° gacha nishablikdagi yo’llarini kavlashda bitta tormozdan foydjalanish ruxsat etiladi. Bir nechta ko’tarish qurilmasi joylashgan shaxta stvollarida ularning har birining boshqaruv pulьtida barcha ko’tarish mushinalarini bir vaqtda avariyaviy o’chirish tugmachasi bo’lishi kerak.

485. Ko’tarish mashinasini saqlovchi tormozi yuk yoki prujinalar yordamida amalga oshirilishi kerak. Tormozlash kuchini hosil qilishda ishtirok etuvchi prujinalar soni ulardan biri singanda umumiy tormozlash kuchining 15% dan ortiq miqdorda kamaymasligini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.

Prujina uzatmali yuk-odam ko’tarish qurilmalarida ikkita uzatma bo’lishi shart.

Saqlovchi tormozning ijro organi kolodka (disk) li bo’lishi kerak. Dvigatelь valida yoki oraliq valda tormoz shkivlari faqat ishchi tormozlash uchun o’rnatilishi ruxsat etiladi. Bu holda ijro organ kolodka (disk) li yoki tasmali bo’lishi mumkin.

Saqlovchi tormozning ijro organi arqon o’raladigan organ valida joylashgan va bu organning gardishi bilan mahkamlangan tormoz shkivlariga ta’sir ko’rsatishi kerak. Saqlovchi tormozlash mashinist tomonidan ham, avtomatik tarzda ham amalga oshirilishi kerak. Saqlovchi tormozlash bilan bir vaqtda ko’tarish qurilmasi dvigateli avtomatik tarzda tarmoqdan uzilishi kerak.

Yuk ko’tarish quvvati 10 t gacha va 10 t bo’lgan kavlash lebyodkalarida barabanda yuk uzatgichli va qo’lda tormozdan chiqariladigan tasmali tormoz qo’llanilishi ruxsat etiladi. Stvolda doim yuk ko’tarish va tushirish uchun mo’ljallanmagan yordamchi yuk lebyodkalari uchun qo’l tormozidan foydalanish ruxsat etiladi.

486. Tormozdan tashqari, barabanlar holatini rostlash yoki tormoz qurilmasini ta’mirlash uchun har bir ko’tarish qurilmasida maxsus stopor moslama bo’lishi kerak. Valdan uzoqdan turib ajratiladigan ajratiladigan (ko’tarish idishlarining bir-biriga nisbatan holatini rostlash maqsadida) barabanlardan foydalanilganda ajratiladigan barabanni oldindan stoporlanishini ta’minlovchi blokirovka ko’zda tutilishi kerak.

487. Harakatlanish tezligi 4 m/s dan oshmaydigan va arqon o’raladigan organining diametri 2,5 m dan ortiq bo’lmagan kichik ko’tarish mashinalari uchun, shuningdek arqon o’raladigan organining diametri 3 m gacha bo’lgan ishlab turgan ko’tarish mashinalari uchun, agar ishchi tormozloshda yuk uzatmasi qo’llaniladigan bo’lsa, ishchi tormozni tormozlash ruxsat etiladi. Ishchi tormozning tormoz uzatmasi maksimal statistik momentning kamida 1,5 barobaridagi tormozlanish momentini ta’minlashi kerak. Boshqa barcha holatlarda mexanik uzatmali rostlanadigan ishchi tormoz qo’llanilishi shart.

488. Qiyalik burchagi 30° dan ortiq bo’lgan vertikal va qiya ko’tarishda saqlovchi tormozlanish paytida tormoz momenti mashina uchun hisobiy yukni ko’tarish va tushirishda aylanish statistik momentining kamida 3 barobari miqdorida bo’lishi kerak. Zarur hollarda ishchi tormoz xuddi shu miqdordagi tormoz momentini hosil qilish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Qiyalik burchagi 30° dan kam bo’lganda saqlovchi tormozlanish paytidagi tormoz momenti 7-jadvalda keltirilgan qiymatlarga muvofiq bo’lishi kerak.

Qiyalik burchagi o’zgaruvchan bo’lgan qazilmalar uchun tormoz momenti miqdori ushbu qazilmaning eng katta qiyalik burchagi bo’yicha belgilanadi. Oraliq qiyalik burchaklari uchun 6-jadvalda ko’rsatilmagan koeffitsient qiymati to’g’ri chiziqli interpolyatsiya usuli yordamida aniqlanadi. Kavlash yuk lebyodkalari va qutqaruv narvonlari lebyodkalarining tormoz momenti mashina uchun maksimal hisobiy yukni ko’tarish va tushirishda aylanish statistik momentining kamida 2 barobari miqdorida bo’lishi kerak. Yuk-odam (odam) ko’tarish uchun mo’ljallangan kavlash yuk lebyodkalari va mashinalar uchun tormoz momenti badьyada eng ko’p odam bo’lgan paytga to’g’ri keladigan statistik momentning kamida 3 barobari miqdorida bo’lishi kerak. Ikkita alohida ishchi va saqlovchi tormozlanish uzatmalari mavjud bo’lganda yuzaga keladigan tormoz momentlarining qo’shilishi natijasida yoki birgalikdagi ta’sir paytida hisobiy moment miqdoridan ortiq tormoz momentining hosil bo’lishiga yo’l qo’yilmasligi kerak.

Salt barabanni qayta o’rnatish paytida tormoz qurilmasi bitta tormoz shkivida ko’tarish idishining og’irligi va arqonning bir tarmog’i yuzaga keltiradigan statistik momentning kamida 1,2 barobariga teng tormoz momentini hosil qilishi kerak.

489. Tormozlarni hisoblashda yog’och kolodkalar va tormoz gardishi o’rtasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,35, pressmassa kolodkalar va gardish o’rtasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,3 qabul qilinishi lozim. Mashina montaj qilib bo’lingandan keyin yoki tormoz kolodkalari yangilari bilan almashtirilgandan so’ng tormoz momenti kattaligini aniqlash uchun pressmassa tormoz kolodkalari ishqalanish koeffitsientining haqiqiy qiymati, ushbu pressmassaning oldingi sinov natijalaridan qat’iy nazar, tekshirilishi kerak.

490. Barcha turdagi ko’tarish mashinalari bilan jihozlangan qiyalik burchagi 30° dan ortiq bo’lgan vertikal va qiya qazilmagohlardagi ko’tarish qurilmalari uchun saqlovchi tormoz qo’shilganda mashinaning belgilangan sekinlashish qiymati hisobiy yukni tushirayotganda kamida 1,5 m/s va hisobiy yukni ko’tarayotganda ko’pi bilan 5 m/s bo’lishi ta’minlanishi kerak (bo’sh skiplarni ko’chirayotganda sekinlashishning quyi chegarasi 2,0 m/s bo’lishi kerak).

Ishqalanadigan shkivli qurilmalarda ishchi yoki saqlovchi tormozlanish hosil qiladigan sekinlashish shkivda arqonning sirpanishini yuzaga keltiradigan miqdordan oshmasligi kerak.

Qiyalik burchagi 30° dan kichik bo’lganda hisobiy yukni ko’tarish paytida ishchi yoki saqlovchi tormozlar hosil qiladigan sekinlashish kattaligi 7-jadvalda ko’rsatilgan qiymatdan oshmasligi kerak (idishning arqonda surilishi holati mavjud bo’lmaganda).

Qiyalik burchagi o’zgaruvchan qazilmalar uchun sekinlashish ushbu qazilmadagi eng kichik qiyalik burchagi bo’yicha belgilanadi.

7-jadvalda ko’rsatilmagan oraliq qiyalik burchaklari uchun sekinlashish kattaligi chiziqli interpolyatsiya yordamida aniqlanadi.

Sekin harakatlanadigan kavlash lebyodkalariga ushbu band talablari joriy etilmaydi.



Izoh: Ikki bosqichli tormozlanishni ta’minlovchi tormoz qurilmalari uchun yuqorida ko’rsatilgan barcha sekinlashish kattaliklari birinchi bosqichda hosil qilinishi kerak.

6-jadval


Qiyalik burchagi, gradus

5-15

20

25

30

M tormoz

K = -------------

M stat

1,8

2,0

2,6

3,0

7-jadval


Qiyalik burchagi, gradus

5

10

15

20

25

30

Sekinlashish,

m/s2


1,0

1.8

2,6

3,4

4,2

5,0

491. Tormozning ijro organi kolodkalar katta miqdorda yedirilganda mashinaning tormozdan bo’shab ketishiga yo’l qo’ymaydigan blokirovka bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Yuk uzatmali va ishchi tormozi qo’lda tormozlanadigan ko’tarish mashinalari va lebyodkalarga, shuningdek kavlash yuk lebyodkalariga ushbu talab joriy etilmaydi.

492. Ishlab turgan ko’tarish mashinalari va lebyodkalardagi saqlovchi tormozning salt harakatlanish davomiyligi pnevmatik uzatmali tormozda 0,5 s dan va gidrouzatmali tormozda 0,6 s dan; tormoz qurilmalarining yangi yaratilayotgan konstruktsiyalari uchun 0,3 s dan, kavlash lebyodkalari uchun esa 1,5 s dan oshmasligi kerak.

Saqlovchi tormozning ishga tushish vaqti (salt harakatlanish vaqtini hisobga olgan holda) 0,8 s dan oshmasligi kerak.

Tormozning salt harakatlanishi deganda himoya zanjiri uzilgan paytdan to tormozning ijro organida kuch paydo bo’lgunga qadar o’tadigan vaqt tushuniladi.

Tormozning ishga tushish vaqti deganda himoya zanjiri uzilgan paytdan to statistik kuch miqdoriga teng tormoz kuchi oshish paytigacha o’tadigan vaqt tushuniladi.

493. Ta’sir davomiyligidan qat’iy nazar zanjirning har qanday uzilishi ko’tarish mashinasining saqlovchi tormozlanishini keltirib chiqarishi, uning harakati faqat mashinist yoki xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan to’xtatilishi kerak.

494. Har qaysi ko’tarish mashinasida soz holatda ishlaydigan quyidagi qurilmalar bo’lishi kerak:

a) o’zi yozadigan tezlik o’lchagich (tezligi 3 m/s dan yuqori bo’lgan mashinalar uchun);

b) volьtmetr va ampermetr;

v) tormoz tizimidagi siqilgan havo yoki moy bosimini ko’rsatuvchi manometrlar.

495. Ko’tarish mashinalari mashinistligiga shaxta mashina va mexanizmlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha shaxtada kamida bir yil ishlab chiqarish ish stajiga ega o’rta ma’lumotli, shuningdek shaxtada kamida bir yil ishlab chiqarish stajiga ega maxsus kon-texnik ma’lumotli shaxslar tayinlanadi. Bu shaxslarning barchasi tibbiy ko’rikdan, maxsus o’quvdan o’tishlari va ko’tarish mashinalarini boshqarish huquqini olish uchun tasdiqlangan dastur bo’yicha malaka komissiyasiga imtihon topshirishlari hamda o’quv tugagandan keyin tajribali mashinist rahbarligi ostida ko’tarish mashinasini boshqarish bo’yicha bir oylik stajga ega bo’lishi kerak.

Mashinistlar shaxsan shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi va har yili mukammal tibbiy ko’rikdan va ixtisosi bo’yicha bilimlari tekshiruvidan o’tkaziladilar. Ixtisosi bo’yicha bilimlari tekshiruvi mazkur Qoidalar buzilgan barcha holatlarda o’tkaziladi. Ishdagi uzoq vaqt davom etgan tanaffuslar (ta’til, kasallik va h.) lardan keyin, shuningdek boshqa ko’tarish qurilmasiga ishga o’tganda mashinist instruktaj olishi va boshqa mashinist rahbarligi ostida tekshiruvdan o’tkazilishi kerak. Mashinani mustaqil boshqarishga u faqat shaxta bosh mexanigining yozma ruxsatnomasi berilgandan keyingina qo’yilishi mumkin.

496. Ishchilar smenasini tushirish va ko’tarish paytida qo’lda boshqariladigan ko’tarish qurilmalarida, shuningdek qo’lda boshqarilayotgan yarim avtomatlashtirilgan ko’tarish qurilmalarida smena mashinistidan tashqari ko’tarish mashinasini boshqarish huquqiga ega zahira mashinist ham bo’lishi kerak. U ko’tarish va tushirish jarayonini kuzatishi va normal ko’tarish rejimi buzilganda tegishli choralarni qabul qilishi kerak. Avtomatik tarzda ishlaydigan ko’tarish qurilmasida ishchilar smenasini ko’tarish va tushirish paytida qurilma kletda turgan liftyor tomonidan boshqarilishi kerak.

497. Smenani qabul qilib olayotgan mashinist ishni boshlashdan oldin mashinaning sozligini tekshirishi kerak. Odamlarni ko’tarish va tushirishga kletь salt holda yurgizib ko’rilgandan keyingina ruxsat etiladi. Ko’tarish mashinasini tekshirish natijalarini mashinist «Ko’tarish mashinalari mashinistlarining smenani topshirish-qabul qilish jurnali» ga qayd etishi shart.

Ko’tarish mashinasi mashinisti aniqlangan barcha shikastlar to’g’risida shaxta bosh mexanigiga yoki ko’tarish mashinasidan foydalanish bo’yicha mas’ul shaxsga ma’lum qilishi shart. SHikastlanish sabablari va ularni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan choralar shaxta bosh mexanigi yoki ko’tarish mashinasidan foydalanish bo’yicha mas’ul shaxs tomonidan yuqorida ko’rsatilgan jurnalga qayd etilishi kerak.

498. Ko’tarish mashinasi joylashgan binoda ishchi yoritish tizimidan tashqari umumiy shaxta yoritish tarmog’iga bog’liq bo’lmagan avariya yoritish tizimi ham bo’lishi kerak.

Bunda avariyaviy yoritish uchun barcha turdagi (akkumulyatorli va h.) individual yoritgichlardan foydalanish ruxsat etilmaydi.

499. SHaxta bosh mexanigi yoki bosh mexanikning ko’tarish qurilmalari bo’yicha o’rinbosari kamida har 15 kunda saqlovchi tormozlar va ortiqcha ko’tarilishga qarshi viklyuchatellarning sozligini sekinlashtirilgan tezlikda sun’iy ortiqcha ko’tarilishni hosil qilish yo’li bilan tekshirishi kerak. Tekshirish natijalari «Ko’tarish qurilmasini tekshirish natijalarini qayd etish jurnali» ga qayd etiladi.

500. SHaxta bosh marksheyderi kamida bir yilda bir marta yo’naltiruvchi shkivlarning stvol o’qi va ko’tarish o’qiga nisbatan to’g’ri o’rnatilganligini, shuningdek ularning tarnovlari o’rta tekisligining vertikalligi va aylanish o’qlari gorizontalligini teodolit yordamida tekshirishi kerak.

501. Har qaysi qurilmada quyidagi hujjatlar bo’lishi kerak:

a) ko’tarish mashinasi va reduktorning pasporti;

b) tormoz qurilmasining asosiy o’lchamlar ko’rsatilgan batafsil sxemasi;

v) printsipial elektr ijro sxemasi;

g) parashyut qurilmalarning nazorat qilinadigan o’lchamlar ko’rsatilgan sxemasi;

d) ko’tarish qurilmalari mashinistlari uchun yo’riqnoma;

e) shnurlangan jurnallar: «Ko’tarish qurilmasini tekshirish natijalarini qayd etish jurnali», «Ko’tarish arqonlari va ularning sarfini ko’zdan kechirish natijalarini qayd etish jurnali», «Ko’tarish mashinalari mashinistlarining smenani topshirish-qabul qilish jurnali»;

j) shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan, ko’tarish qurilmalarining sutkalik tekshiruvi hamda ixtisoslashgan tashkilotlar (sozlash brigadalari, zavodlar va h.) tomonidan amalga oshiriladigan taftish qilish va sozlash ishlarini bajarish uchun zarur vaqt ko’rsatilgan ko’tarish ishlari grafigi.

Tormoz qurilmasining sxemasi, parashyut qurilmalarning printsipial elektr ijro sxemasi, shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan ko’tarish qurilmasi mashinistlarining ro’yxati va mashinistlar uchun yo’riqnoma mashina xonasida oyna ostida osib qo’yilishi kerak.

504. SHaxta ko’tarish qurilmasining yangidan o’rnatilayotgan tormoz va saqlovchi qurilmalari (oxirgi vklyuchatellar, tezlikni cheklagichlar, bosim regulyatorlari, parashyut qurilmalar va h.) tegishli vazirlikning bosh yo’riqnomalari, bunday vazirlik bo’lmagan hollarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan institut bilan kelishilishi kerak.

.


Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling