1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Ona tilim o‘lmaydi (E. Vohidov)
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MAVZU: KITOB - BILIMLAR XAZINASI
Ona tilim o‘lmaydi (E. Vohidov)
Notiq dedi: «Taqdir shul, Bu jahoniy iroda, Tillar yo‘qolur butkul, Bir til qolur dunyoda», «Ey voiz, pastga tushgin, Bu gap chiqdi qaerdan!» Navoiy bilan Pushkin Turib keldi qabrdan. Kim darg‘azab, Kim hayron, Chiqib keldilar qator: Dante, Shiller va Bayron, Firdavsiy, Balzak, Tagor. «Va’zingni qo‘y, birodar, Sen aytganing bo‘lmaydi». Barcha dedi barobar: «Ona tilim o‘lmaydi». - Hey, bu qanday aqida! – Qo‘lida tabarruk jom, Forsiy tili haqida Ruboiy aytdi Xayyom. Ehtirosli, otashdil Beranje so‘rdi nolon: - Nahotki farangi til Yo‘qolgusi bir zamon?! Neruda, Lorka turdi Servantesning yoniga: - Kim qasd etib tig‘ urdi Ona tilim joniga! Fuzuliy yonda: - Ozar – Tili guldek so‘lmaydi. Barcha dedi barobar: «Ona tilim o‘lmaydi». Kamalakdek rango-rang Bo‘lsin deb san’at, tillar, Asrlarga qildik jang, Armon qildik ming yillar, Beqadr bo‘lsa nahot Tillardagi tarovat! Yo‘qoldi bu kun, hayhot, Qabrlarda halovat! «Faust» yondi gurillab, «Xamsa» o‘tga tutashdi. Bir sado jahon bo‘ylab Taraldi, tog‘lar oshdi. Bu sado yangrar hamon, Sira ado bo‘lmaydi. Olam aytar: Hech qachon Ona tilim o‘lmaydi! 6-MAVZU: KITOB - BILIMLAR XAZINASI Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 224-sonli qarori va Toshkent Islom universiteti Ilmiy kengashining 1999-yil 24-sentabrida bo’lib o’tgan 2-sonli bayonnomasi qaroriga asosan universitet qoshida “Manbalar xazinasi” bo’limi o’z faoliyatini boshladi. Bo’lim ajdodlar tomonidan asrlar davomida yaratilgan ilmiy, diniy, ma’naviy merosimiz durdonalarini jamlash, tartibga solish, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish hamda ular asosida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, nashr etish, kataloglar tuzish, ilmiy istefoga kiritish masalalari bilan shug’ullanadi. Hozirgi kunda Manbalar xazinasi fondida turli sohalarga oid 234 ta qo’lyozma, 732 ta eski toshbosma hamda 541 nomdagi 1616 ta zamonaviy nashr kitoblar jami 2582 ta ilmiy adabiyotlar majud. Manbalar xazinasi fondidan universitetning professor-o’qituvchilari, ilmiy xodim, aspirant, magistrant hamda ko’plab talabalariga o’z ilmiy izlanishlari hamda o’quv jarayonidagi faoliyatlarida unumli foydalanishadi. Shuningdek, xazina fondidan universitet qoshidagi malaka oshirish kursi, manbashunoslik, qo’lyozmalarni o’qish to’garagi tinglovchilari, Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti, O’zbekiston Musulmonlar idorasi “Xadichai kubro” nomidagi xotin- qizlar o’rta maxsus bilim yurti va “Ko’kaldosh” o’rta maxsus islom bilim yurti talabalari ham foydalanib kelmoqdalar. Manbalar xazinasiga ko’plab xorijlik nufuzli mehmonlar tashrif buyurishadi. Ulardan ayrimlari bo’lim faoliyati bilan qiziqib, kelajakda Manbalar xazinasi bilan hamkorlik qilish istagini bildirib o’tdilar. Chunki xazinada saqlanayotgan nodir asarlar, jumladan, Hazrati Usmon mushafi, yurtdoshimiz Burhoniddin Marg’iloniyning fiqh sohasiga oid “Hidoya” asari va boshqa turli sohalarga oid qadimiy, nodir qo’lyozma kitoblar ularda katta qiziqish uyg’otishiga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari, keng ommaga tanishtirish maqsadida bo’limda saqlanayotgan ajdodlarimizning qo’lyozma asarlari hamda yangi nashr kitoblar haqidagi ma’lumotlar “O’zbekiston” teleradiokanali “Ma’naviyat”dasturi hamda Toshkent Islom universiteti “Ziyo” studiyasi tomonidan efirga uzatiladigan ma’naviy-ma’rifiy ko’rsatuvlarda namoyish etilmoqda hamda ularning ijodkorlari bilan muntazam hamkorlik o’rnatilgan. Manbalar xazinasida qo’lyozma va eski bosma kitoblarni aholidan qabul qilish hamda baholash bo’yicha maxsus Eksport baholash hay’ati faoliyat olib boradi. Eksport baholash hay’ati tomonidan xazinaga aholidan kelib tushgan kitoblarning nomlari, yozilgan sanasi, ilmiy ahamiyati aniqlanadi va ularga narxlar belgilanadi. Shundan so’ng ushbu narxlar bo’yicha kitoblar aholidan sotib olinadi. Hozirda aholidan qo’lyozma va toshbosma kitoblarni sotib olish ko’lamini kengaytirish, yangi nashr kitoblarning elektron qidiruv dasturini tuzish va amaliyotga tadbiq etish, elchixonalar hamda tegishli davlat muassasalaridan Manbalar xazinasiga kerakli bo’lgan adabiyotlar olishni yo’lga qo’yish, universitetning xalqaro aloqalar bo’limi bilan hamkorlikda jahondagi mavjud qo’lyozma fondlari bilan aloqa o’rnatish borasida rejali ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, qo’lyozma va toshbosma kitoblarni ilmiy nazoratdan o’tkazish, tavsif qilish hamda katalogini tuzish muntazam davom ettirilmoqda. Bo’lim tomonidan 2009-yilda “Qo’lyozmalarning qisqacha katalogi” nashrdan chiqarilgan bo’lib, unda 200 ta qo’lyozma kitob tarkibidagi 400 ga yaqin asarning qisqacha tavsifi ya’ni asarning nomi, muallifi, qisqacha mazmuni, hajmi, qog’ozi, ko’chirilgan davri, xattotning ismi, xat turi va hokazolar haqidagi ma’lumotlar berilgan. 2010-yilda xazinamizga aholidan 40 ga yaqin qo’lyozma va toshbosma asar nusxalari sotib olindi. Shu tariqa xazinani boyitish ishi muntazam olib borilmoqda, bu esa qisqacha katalogni to’ldirib, qayta tuzishga ehtiyoj paydo qildi, ayni vaqtda bo’lim xodimlari bu ishni tugallamoqda. Shuni ham bildirish lozimki, 234 taga yaqin qo’lyozmalarni o’rganish davomida ularning tarkibida 480 taga yaqin asar mavjudligi aniqlandi. Quyida Manbalar xazinasida saqlanayotgan nodir qo’lyozma nusxalar haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tamiz. Usmon mushafi Noyob nusxa 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti rahbariyati tashabbusi bilan O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanayotgan “Usmon mushafining” asl nusxasidan xattot Habibullo Solih tomonidan ko’chirilgan. Mazkur noyob nusxa Qur’oni Karimning uchdan bir qismiga to’g’ri keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, asl nusxada ayrim yemirilib o’chgan oyatlar bu nusxada tiklangan, hatto ayrim sahifalardagi naqshlarning shakli va rangi ham aynan o’z aksini topgan. Ushbu nusxa 353 varaq bo’lib, maxsus tayyorlangan qora siyoh bilan nasxi hijoziy xatida kiyik terisiga ko’chirilgan. Mushafning umumiy vazni 35 kg ni tashkil qilib, o’lchovi 52x68 sm ga teng. Mushafning ustiga yashil charmdan sharqona bezakli tilla suvi yuritilgan naqshinkor muqova ishlangan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling