1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sahih Muslim
Al-Hidoya
“Al-Hidoya” asari shayxul islom Burhoniddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul-Jalil al-Farg’oniy al-Marg’iloniy (1123-1197/1711-1782) ning qalamiga mansub bo’lib, hanafiy mazhabi bo’yicha yozilgan muhim fiqhiy manbalardan biri sifatida Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya hamda Misr Arab Respublikasi kabi mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu asar muhim ilmiy ahamiyatga ega bo’lgani bois undan “muxtasar” ya’ni “qisqartirilgan” asarlar yaratilgan va unga ko’plab sharh va hoshiyalar yozilgan. Toshkent Islom universiteti Manbalar xazinasida “Al-Hidoya”ning qo’lyozmalaridan biri 48-raqam ostida saqlanmoqda. U arab tilida. Ushbu qo’lyozma nusxa 2003 yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Toshkent Islom universiteti Manbalar xazinasiga tuhfa qilingan. “Hidoya”ning ushbu nusxasi XIII asrga oid bo’lib, qadimiy va to’liq saqlangan nodir qo’lyozmalar qatoriga kiradi. Qo’lyozma qalin sharq qog’oziga mayda nasx xatida qora siyoh bilan ko’chirilgan bo’lib, asarning dastlabki sahifasiga “Din, haq va millat hujjati bo’lgan shayxul islom Burhoniddin Marg’iloniyning hanafiy fiqhiga oid al-Hidoya asari mazmunidagi yozuv bitilgan”.Qo’lyozmadagi kitob, fasl nomlari qizil siyoh bilan ajratib ko’rsatilgan.Asosiy matn jadvalga olingan. Shuningdek, qo’lyozmaning ko’pgina sahifalari hoshiyasida turli kotiblar tomonidan yozilgan sharhlar, ayrim tushunarsiz so’zlarga berilgan izohlar va to’ldirishlar mavjud. Sahifalar poygirlar bilan belgilangan. Asar 406 varaqdan iborat, har bir sahifaga 25 qatordan matn joylashtirilgan. Matn o’lchami12x17,5sm. Asar o’lchami17,5x28. Sahih Muslim “Al-Jome’ as-sahih” asari imom Muslim ibn al-Hajjoj al-Qushariy an-Naysaburiy (821-875) qalamiga mansub bo’lib, “Sihoh sitta” ya’ni “Oltita ishonchli to’plam” tarkibiga kirgan mo’tabar manbalardan biri hisoblanadi. U “Sahih Muslim” nomi bilan ham mashhur bo’lib, imom Muslimning ilmiy merosi hamda Movarounnahr hadis ilmi tarixini o’rganishda muhim manbadir. Toshkent Islom universiteti Manbalar xazinasida ushbu asarning qo’lyozma nusxalaridan biri 192-raqam bilan qayd qilingan.Mazkur qo’lyozma «Sahih Muslim» asarining birinchi qismidir.Asarning daslabki ikki sahifasi zarhal naqsh bilan bezatilgan. Qo’lyozmaning muqaddimasi 5 bobdan iborat, asosiy qism imon, tahorat, namoz va boshqa jami 20 ta kitobni o’z ichiga olgan. Qo’lyozmaning matni tilla suvi yuritilgan jadvalga olingan. Bob nomlari, اخبرناحديث،حدثنى،حدثناkabi so’zlar qizil hamda siyoh rang bilan yozilgan. Qo’lyozma «Qul ozod qilishning fazilati» bobi bilan tugatilgan. Qo’lyozmaning 330 varag’i oqish rangli qo’qon qog’ozi, qolgan qismi to’q rangli qo’qon qog’ozidan iborat.Asarning xotimasidagi yozuvga ko’ra ushbu qo’lyozma Hoji Yorbek nomi bilan mashhur bo’lgan Yormuhammad nomli shaxsga taqdim etilgan.Qo’lyozmada uning ko’chirilgan sanasi ko’rsatilmagan, lekin ko’chirilgan qog’ozi, xatining uslubi, siyohi, uning umumiy holatiga ko’ra XVII asrga oid deb hisoblash mumkin.Qo’lyozma suls xatida qora siyoh bilan ko’chirilgan.Uni xattotlik san’atining nodir namunasi sifatida baholash mumkin. Qo’lyozmani o’rganish va tavsiflash natijasida ma’lum bo’ladiki, u qimmatbaho qo’lyozma asarlardan hisoblanadi. Sahifalari poygirlangan (sahifa matni tugagandan keyin navbatdagi sahifaning ilk so’zi). Muqovasi yashil rangli qalin kartondan ishlangan, dastaki (muqova chetidagi charm qoplama) va tayakisi (ikki muqovani bir-biri bilan bog’lovchi charm xom ashyo) to’q qizil ranglidir. Muqovaning har tarafiga ikkitadan to’q binafsha rangli kichik va bittadan katta qizil rangli sahhof tamg’alari bosilgan. Asar 426 varaqdan iborat, har bir sahifaga 21 qatorli matn joylashtirilgan. Matn o’lchami 13,5x20 sm. Asar o’lchami 23x32,5 sm. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling