1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
MENNECHUNSEVAMANO’ZBEKISTONNI
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- MODAL SO’ZLAR
MENNECHUNSEVAMANO’ZBEKISTONNI
MennechunsevamanO‘zbekistonni Tuprog‘inko‘zimgaaylabto‘tiyo. Nechun Vatan Deya er-u osmonni, Muqaddas atayman, atayman tanho. Aslida, dunyoda tanho nima bor, Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo? YOki quyoshimi sevgimga sabab? Axir quyoshli-ku butun Osiyo. Men nechun sevaman O‘zbekistonni? Bog‘larin jannat deb ko‘z-ko‘z etaman, Nechun ardoqlayman tuprog‘ini men O‘paman: «tuprog‘ing bebaho, Vatan» Aslida tuproqni odil tabiat Taqsim aylagan-ku er yuziga teng. Nechun bu tuproq deb yig‘ladi Furqat O, Qashqar tuprog‘i qashshoqmiding sen? Xo‘sh, nechun sevaman O‘zbekistonni, Sababini aytgin desalar menga, SHoirana, go‘zal so‘zlardan oldin Men ta’zim qilaman ona xalqimga, Xalqim, tarix hukmi seni agarda Mangu muzliklarga eltgan bo‘lsaydi, Qorliklarni makon etgan bo‘lsaydi, Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga? Vatanlar, Vatanlar, Mayli, gullasin, Bog‘ unsin mangulik muzda ham ammo Yurtim, seni faqat boyliklarning-chun Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo! A.Oripov MODAL SO’ZLAR Biror modal ma’noni ifodalab qisman so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha oladigan gapga kirish so’z gap bo’lagi yoki butun bir gap vazifasini bajaradigan so’zlar modal so’zlar deyiladi. Modal so’zlar aslida boshqa so’z turkumlaridan o’sib chiqqan bo’ladi. 1.Otdan o’sib chiqqan modal so’z: aftidan, ehtimol, haqiqatdan, darhaqiqat. 2.Sifatdan o’sib chiqqan modal so’zlar: shubhasiz, so’zsiz, tabiiy, bor yo’q 3.Feldan o’sib chiqqan modal so’z: chiqar bo’ldi. 4.Olmoshdan o’sib chiqqan modal so’z:o’z-o’zidan, sizningcha, menimcha, bizningcha. 5.Ravishdan o’sib chiqqan modal so’z: albatta. Modal so’zlar tubandagi ma’nolarni bildiradi: 1.Fikrning aniqligini:albatta, shubhasiz, darhaqiqat. 2.Gumon noaniqligini:ehtimol, balki, aftidan. 3.Maqsad talab shartni:kerak, lozim,darkor. 4.Mavjudlik va tasdiqni:bor, mayli, to’g’ri. 5.Inkorni bildiradi:yo’q. 6.Ma’qullikni bildiradi:durust, bo’pti. 7.Yakunlash va taqidni:demak, xullas,modomiki. 8.Eslatishni:darvoqe, aytmoqchi. 9.Achinish taassufni:afsus, attang.. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling