1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


-MAVZUUNIVERSITETBILANFAXRLANAMAN


Download 0.61 Mb.
bet4/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

2-MAVZUUNIVERSITETBILANFAXRLANAMAN

BerdaqnomidagiQoraqalpoqdavlatuniversitetiT.G.SHevchenkonomidagiQoraqalpoqdavlatpedagogikainstitutiasosida 1976 yilitashkilqilindivakeyinchalikuniversitetgaNukusdavlatuniversitetinomiberildi.
Qoraqalpog‘istonRespublikasiJoqarg‘iKengesining 1992-yili 25-yanvardagi 274-qaroribilanBerdaqnomidagiQoraqalpoqdavlatuniversitetidebqaytanomlandi.
O‘ziningko‘pyilliktarixigaegaQoraqalpoqdavlatuniversitetioldingitayyorgarlikbo‘limi (1934 y.), o‘qituvchilarinstituti (1935 y.), pedagogikainstituti (1944 y.) kabibosqichlarnibosibo‘tganQoraqalpoqdavlatpedagogikainstitutiasosidatashkilqilinib, Respublikamizdagiyetakchioliyo‘quvo‘rnibo‘libhisoblanadi.
Yangidan ochilgan universitetga akademik Ch.Abdirov (1976-1984 yillari) rektor bo‘lib tayinlandi. Undan keyingi davrda akademik M.Nurmuxammedov (1985-1986 yillari), professor K.Mambetovlar (1986-1988 yillari) universitet rektori lavozimlarida ishladilar.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab 2005-yilgacha professor Q.Uteniyazov, professor A.Matchanov (2005-2012 yillari) universitet rektori lavozimida ishladilar. 2013- yildan boshlab universitet rektori lavozimida Murat Jumanov ish olib bormoqda.
Hozirgi vaqtda ma’naviyat va odob-axloq tarbiyaviy ishlari bo‘yicha dotsent B.Matmuratov, o‘quv ishlari bo‘yicha dotsent M.Ibragimov, ilmiy ishlar bo‘yicha professor M.Tagaev, moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha dotsent J.Allanazarov, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan birga ishlash bo‘yicha professor Q.Orazimbetovlar universitet prorektorlari lavozimlarida faoliyat yuritishmoqda.
Universitet respublikamizdagina emas, butun O‘zbekiston bo‘yicha fan, ta’lim va xalq xo‘jaligida yuqori bilimli mutaxassislar tayyorlaydigan bilim maskanlaridan biriga aylandi.
1990 yili Qoraqalpoq davlat universitetining pedagogika fakultetlari bazasida hozirgi Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, Toshkent agrar universiteti Nukus filiali va Toshkent pediatriya institutining Nukus filiallari alohida bo‘linib chiqishdi.
Hozirgi vaqtda universitetimizda 9 fakultet, magistratura bo‘limlari va 41 kafedra bor bo‘lib, 47 bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 20 magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talaba-yoshlarga 700 ga yaqin professor-o‘qituvchi ta’lim bermoqda. O‘qituvchilarimiz tarkibida 3 nafar akademik, 40 nafar fan doktori va professorlar, 242 nafar Fan nomzodlari va dotsentlar bor. Ularning ko‘pgina ilmiy ishlari dunyoga mashhur ilmiy jurnallarda e’lon qilinib, rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy markazlar bilan aloqalarini yanada kuchaytirishmoqda. Natijada, hozirgi vaqtda bir qancha nufuzli xalqaro, davlat loyihalari ustida ish olib borishmoqda. O‘quv jarayoniga respublikaning taniqli olimlari, katta muassasalar bilan ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari ham jalb qilingan.
Universitet boy moddiy-texnik bazaga ega. Olti o‘rinda o‘qish binolari bo‘lib, har bir talaba uchun 13,8kv.m.o‘quv maydoni to‘g‘ri keladi. 3 ta talabalar turar joylari, madaniyat saroyi, sport saroyi, jihozlangan yozgi stadion, sport zallar, kichik tipografiya universitetdagi ta’lim-tarbiya, o‘quv va ilmiy ishlarning sifatli olib borilishi uchun xizmat qilmoqda.
Universitet boy fundamental axborot resurs markaziga ega. Bu yerda 550 o‘rinli 10ta o‘quv zali bor. Kitob fondi 497530 dona kitobni o‘z ichiga oladi.
Qoraqalpoq davlat universiteti o‘zinig uzoq yillik faoliyati davomida ko‘pgina tajribali mutaxassislarni tarbiyalab, xalq xizmatiga yo‘naltirdi. Universitetimizni tamomlab ketgan mutaxassis kadrlarning deyarli hammasi Respublikamizning davlat va ijtimoiy tashkilotlarida mehnat qilishmoqda.
Universitetimiz jamoati keyingi vaqtlari erishgan asosiy muvaffaqiyatlari haqida qisqacha quyidagilarni aytib o‘tishimiz lozim:
- Universitet binolarini to’liq rekonstruksiya qilish, Prezidentimizning 1533-sonli qarori asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2014 yil rejasiga kiritildi;
- Keyingi yillar ichida universitetimizda yangidan etti bakalavr ta’lim yo‘nalishi va uchta magistratura mutaxassisliklari ochilib, neft va gazni qayta ishlash, ximiyaviy, engil sanoat mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari; qurilish, ixtiologiya, elektroenergetika yo‘nalishlariga mutaxassislar tayyorlab berish ko‘lami va sifati ancha rivojlandi;
- Talabalarimiz ichidan keyingi yillari ikki nafar Prezident stipendiyasi, ikki nafar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, «Nihol» davlat mukofoti, Ulug‘bek, Navoiy va Berdaq nomidagi stipendiyalar g‘oliblari bo‘ldi;
- So‘nggi 3 yil davomida universitetimizdan 30 ga yaqin professor-o‘qituvchilar Belgiya, Germaniya, Polsha, Xitoy, Hindiston, Vengriya, AQSH, Latviya, SHvetsiya, Rossiya, Ukraina, Novosibirsk, Portugaliya, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalar o‘quv o‘rinlari va ilmiy markazlarida malakalarini oshirib, xalqaro anjuman, seminar va treninglarda qatnashishdi;
- Keyingi yillari universitet talabalari xalqaro va chet el fondlari stipendiya dastur va tanlovlarida, Slovakiya, CHexiya, Koreya mamlakatlarida bilimlarini oshirib va seminarlarga qatnashib, xalqaro stipendiyalarga ega bo‘lishmoqda;
- Har yili O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv o‘rinlari orasida an’anaga aylangan «YAgonasan sen, muqaddas Vatan» respublika tanlovida universitet «Hurliman» ansambli keyingi to‘rt yil davomida birinchilikni qo‘lga kiritib, Xalq ansambli degan nom oldi;
- Hozirgi kunleri talabalarimiz orasida bir Jahon, to‘rt Osiyo, o‘n besh O‘zbekiston chempionlari va boshqa ko‘pgina sport musobaqalarining g‘oliblari bilim olishmoqda.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling