1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
Bilib oling
III. Nazariy ma’lumot. So‘zlar asl ma’nosidan tashqari, ko‘chma ma’niham anglatadi. So‘zlar ko‘chma ma’nada qo‘llanganda, narsa va hodisalarni atabgina qolmay, o‘sha narsa va hodisalarni tasvirlash vazifasini bajaradi. Ko‘chma ma’no tildagi so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosi negizida vujudga keladi. Ko‘chma ma’noli so‘zlar ilmiy va rasmiy iщ uslubidan tashqari, barcha usullarda qo‘llaniladi. Ko‘chma ma’noli so‘zlar tabiat manzaralarini chizishda, qahramonlarning ichki dunyosini ruhiy holatini ochishda, lirik chekinishlarda keng qo‘llaniladi. Ma’no kuchishining metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi usullari mavjud. Narsa va hodisalar orasidagi nisbiy uxshashlik asosida ma’no ko‘chishi metaforadir. Masalan, oltin tanga va oltin boshoq birikmalaridagi oltin so‘zi o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Bu esa o‘xshashlik (belgi) asosda ko‘chgan. Metafora ko‘proq odamning tana a’zolari nomlariga (bosh, yuz, burun, og‘iz, quloq, til, oyoq, qo‘ltiq); kiyim qismlariga (etak, yoqa; hayvon, parranda, yoki hasharatlarning biror a’zosi nomiga (qanat, dum) kabilarga o‘xshatilib hosil qilinadi. Bunday o‘xshatishlar – day, - dek qo‘shimchalari va xudi, go‘yo, misoli, singari, kabi, yanglig‘ kabi yordamchi so‘zlari vositasida ham yuzaga keladi. Masalan, qushday, bulbul yanglig‘ va boshqalar. Metonimiyada biror narsa xususiyati yoki voqea-hodisaning nomini aytganda. SHularga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkinchisi anglashiladi. Masalan: Fuzuliyni oldim qo‘limga(X.O). Metonimiya turli holatlarga ko‘ra ruyobga chiqadi: o‘ringa munosabatiga ko‘ra: bir choyrak ichdim (choy); vaqtga ko‘ra; unga kirdi (yosh); Navoiyni o‘qidim (asar) kabi. Sinekdoxada qism bilan butun munosabati asosida ma’no ko‘chishi yuz beradi. Masalan: u bir tirnoqqa zor edi. (farzand). Hozir qishlog‘imizda tuyoqlar soni ko‘paymoqda (uy hayvonlari) kabi. Sinekdohada butun orqali qism ham anglashilishi mumkin. Masalan: besh qo‘l baravar emas, qo‘l «butun», panja-barmoq anglashilmoqda. Urtog‘im buy il mashina sotib oldi, mashina – butun, avtomobil-qism. Ikkita chumchuq uchib kelib, olchaga qo‘ndi. Aslida ular olchaning biror shohiga qo‘ngan. Demak, olcha butun, uning shohlari qismlaridir. Motonimiya turli holatlarga ko‘ra ruyobga chiqadi: o‘ringa munosabatiga ko‘ra: bir choyrak ichdim (choy); vaqtga ko‘ra: unga kirdi (yosh); Navoiyni o‘qidim (asar) kabi. Sinekdoxada qism bilan butun munosabati asosida ma’no ko‘chishi yuz beradi. Masalan: u bir tirnoqqa zor edi )farzand). Hozir qishlog‘imizda tuyoqlar soni ko‘paymoqda (uy hayvonlari) kabi. Sinekdoxada butun orqali qism ham anglashilishi mumkin. Masalan: besh qo‘l baravar emas, qo‘l «butun», panja-barmoq anglashilmoqda. Urtog‘im buy il mashina sotib oldi, mashina-butun, avtomobil-qism. Ikkita chumchuq uchib kelib, olchaga qo‘ndi. Aslida ular olchaning biror shohiga qo‘ngan. Demak, olcha butun, uning shohlari qismlaridir. Vazifaviy (funksional) qo‘chishda biror narsa nomi boshqasiga, ular bajaradigan vazifadagi o‘xshashlikka asoslanib ko‘chiriladi. Demak, funksional ko‘chish ham uxshashlikka asoslanadi. Lekin unda tashqi o‘xshashlik, material jihatdan o‘xshashlik emas, balki vazifaviy o‘xshashlik mavjuddir. Qushning uchushi uchun xizmat qiladigan qism qanot deb ataladi. Xuddi shunday vazifani bajaruvchi qism ham samalyotda qanot deb nomlanadi. Esda tuting! Bir va ko‘p ma’noli so‘zlar. Birgina tushuncha yoki tasavvurni anglatadigan so‘zlar bir ma’noli yoki monosematik so‘zlar deyiladi. Masalan: shahar, qishloq, kesim, roman, non, suv, traktor kabi. Odatda fan va texnika sohasiga xos atamalar bir ma’noli so‘zlardir. Ikki va undan ortiq tushuncha yoki tasavvurlarni ifodalaydigan so‘zlar ko‘p ma’noli ya’ni polisemantik so‘zlardir. Masalan: bosh, qosh, ko‘z, til, qo‘l, bel, yo‘l, er kabilar. Polisemantik so‘zlarning ma’nolari matn tarkibida anglashiladi: Bobomning ko‘zi hali yaxshi ko‘radi (a’zo). Buloqning ko‘zi tiqildi. (teshik). Taxtaning ko‘zi doira shaklida (teshik). Uzukning ko‘zi yaqutdan (uzukka quyilgan tosh) kabi. Ko‘p ma’noli so‘zlar ikki xil yo‘l bilan hosil bo‘ladi. 1. So‘zning yangi ma’no kasb etish natijasida. 2. Ko‘p ma’noli so‘zdan yoki ko‘p ma’noli qo‘shimcha vositasida so‘z yasalishi natijasida. Bulardan birinchtst asosiydir. Masalan: Er kuyosh atrofida aylanadi (planeta). Ko‘rdingizku, qancha erga ekin ekilgan (maydon). U cho‘zilib yotgan eridan turib, tashqariga chiqdi (joy). Bu gaplar tarkibidagi er so‘zi dastlab bir ma’noli bo‘lgan, keyinchalik boshqa ma’nolari taraqqiy etgan. YAsovchi qo‘shimchalar yordamida ko‘p ma’no hosil bo‘lishi quyidagi misolda ko‘rinadi: U yog‘li qo‘lini sochiqqa artdi. (yog‘ yuqi). Oshpoz yog‘li palov pishirdi (yog‘ ko‘p) kabi. Polisemantik so‘zlar qancha ma’noga ega bo‘lmasin, bu so‘zlar ma’nosi o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Xuddi shu xususiyat ularni omonimlardan farqlaydi. Polisemantik so‘zlar o‘rtasida aloqa uzilsa, omonim vujudga keladi. Masalan: G‘ulomjon supadan pastga tushdi (M.I.). Mana, u mudirlikdan tushdi-yu, hiyla odamshavanda bo‘lib qoldi (P.T.) – ko‘p ma’noli so‘z. Ko‘chaning boshi, tog‘ning toshi, buloqning boshi polisemantik so‘z sanaladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling