1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari


savol. Xalqaro huquq prinsiplari mazmuni nimalardan iborat? Javob


Download 122.09 Kb.
bet27/36
Sana26.10.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1724734
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org

savol. Xalqaro huquq prinsiplari mazmuni nimalardan iborat?


Javob. Aytib o`tilganidek, xalqaro huquq prinsiplari 10 ta bo`lib, quyida ular to`g`risida batafsil ma`lumot beramiz:


  1. Davlatlarning suveren tengligi prinsipi davlatlar bir xildagi barcha huquq va majburiyatlarga ega bo‘lsa, xalqaro munosabatning teng huquqli a’zosi bo‘ladi: ular xalqaro munosabatlarning boshqa a’zolarining suverenitetini hurmat qilishlari lozimligini anglatadi. Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga muvofiq davlatlar o‘zlarining turli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy yoki boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar, bir xildagi huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar hamda xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi hisoblanadilar. Mazkur Deklaratsiyaga muvofiq davlatning suveren tengligi konsepsiyasi (mohiyati) quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi, jumladan: 1) barcha davlatlar yuridik jihatdan teng; 2) har bir davlat “odatdagi butun suverenitetlik” huquqidan foydalanadilar; 3) har bir davlat boshqa davlatning qonuniy subyektligini hurmat qilishi lozim; 4) davlatlarning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligi daxlsizdir; 5) har bir davlat o‘zining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tizimini mustaqil ravishda tanlashi va uni rivojlantirish huquqiga egadir; 6) har bir davlat o‘z xalqaro majburiyatlarini to‘liq va vijdonan bajarishi lozimdir.



  1. Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik prinsipi davlatlarning zo‘ravonlik tahdididan yoki xalqaro munosabatlarda uni hududiy daxlsizlikkka yoxud har qanday davlatning siyosiy mustaqilligiga qarshi qo‘llashdan o‘zini tiyishlarini anglatadi.

Mazkur prinsip obyekti insonning nozo‘ravon hayotdagi yashash huquqi, shuningdek nizoli masalalarni kuch ishlatish va tahdid qilish bilan hal qilishni cheklash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar hisblanadi. Munosabatlar predmeti BMT Nizomining 2-moddasi 4-bandiga binoan har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoxud siyosiy mustaqilligi, shu bilan birga, BMT maqsadlariga mos kelmaydigan boshqa xatti-harakatlar hisblanadi. Mazkur prinsip asosida davlatlarning majburiyatlari davlatlar BMT Nizomi talablarini buzgan holda bir-birlariga qarshi birinchilardan bo‘lib qurolli kuch ishlatmaslikdan iborat.


Hamjamiyatning barcha a’zolari vakolatli organlar bo‘lmish BMT Xavfsizlik kengashi, uning rahbarligidagi mintaqaviy siyosiy tashkilotlarning agressor (tajovuzkor) larga qarshi sanksiyalarda ishtirok etishga, shuningdek agressorni moddiy hamda ma’naviy jihatdan qo‘llamaslikka majburdirlar. Agressorga nisbatan qurolli kuch ishlatish prinsipi buzilgan deb hisoblanmaydi. Agressiya qurboni bo‘lgan davlat individual yoki kollektiv jihatdan mudofaalanish, agressor va uning hamkorlariga nisbatan moddiy va nomoddiy sanksiyalarni qo‘llash, urush harakatlarini rejalashtirish, moliyalashtirish va uni olib borishda aybdor bo‘lganlarni javobgarlikka tortish huquqiga egadirlar. Har qanday davlat jahon hamjamiyati e’tiborini xalqaro huquq normalari buzilishlarining har qanday holatlari yuzasidan jalb etish huquqiga egadirlar.




  1. Download 122.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling