1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval 2017 yil yanvar-dekabrida asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo’yicha taqsimlanishi


Download 3.09 Mb.
bet40/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

4.4-jadval
2017 yil yanvar-dekabrida asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo’yicha taqsimlanishi

2016 yil bilan solishtirganda Respublika budjeti mablag’larining ulushi 0,9 % punktga o’sdi, mos ravishda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi ulushi 3,6 % punktga oshgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar ulushi 0,3 % punktga kamaydi.





4.5-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning markazlashgan moliyalashtirish manbalari

4.6-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning markazlashmagan moliyalashtirish manbalari

Joriy davrda iqtisodiyotning nodavlat sektori investitsiyalari hajmi 2016 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 8,4 % punktga o’sdi. O’zbekiston Respublikasi bo’yicha jami investitsiyalardagi nodavlat sektorining ulushi 84,0 % ni tashkil etdi, jumladan, Qashqadaryo viloyatida 94,7 % ga etdi, Buxoro viloyatida 92,7 %, Toshkent viloyatida 90,3 %, Andijon viloyatida 88,4 %, Farg’ona viloyatida 84,9 % va Namangan viloyatida 79,4 % ni tashkil etdi.


Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning o’zlashtirilishi: tog’ – kon sanoatida 12405,3 mlrd. so’m (jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 20,4 %), shu jumladan xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarish faoliyat turida 11139,7 mlrd. so’m (18,3 %), ishlab chiqarish sanoatida 8746,8 mlrd. so’m (14,4 %), shu jumladan oziq – ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati turida 1265,4 mlrd. so’m (2,1 %), tekstil mahsulotlari va kiyim ishlab chiqarish faoliyati turida 1446,4 mlrd. so’m (2,3 %), kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati turida 838,9 mlrd. so’m (1,4 %), boshqa nometal nomineral mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyat turida 1102,8 mlrd. so’m (2,8 %), metallurgiya sanoatida 1305,6 mlrd. so’m (2,2 %), elektr, gaz, bug’ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash faoliyat turida 5262,5 mlrd. so’m, (8,7 %), qurilish faoliyati turida 2472,3 mlrd. so’m (4,1 %), tashish va saqlash faoliyat turida 5298,2 mlrd. so’m (8,7 %), ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlash faoliyat turida 2850,5 mlrd. so’m (4,7 %), axborot va aloqa faoliyat turida 1891,2 mlrd. so’m (3,1 %), professional, ilmiy va texnik faoliyat turida 781,7 mlrd. so’m (1,3 %), ta’lim sohasida 1188,4 mlrd. so’m (2,0 %), jami faoliyat turlaridan tashqari turar joy qurilishida 10874,5 mlrd. so’m (17,9 %) investitsiya va kreditlar o’zlashtirildi.






Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling